|
Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 43/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA^ Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Photoshop dasturida belgilash uchun qanday uskunalar qo‘llaniladi?
Marquee uskunasining qanday turlari mavjud?
Qanday turdagi lasso uskunalari mavjud?
Tekkis chegarali belgilanishlarni qaysi uskuna yordamida bajarish tavsiya etiladi?
Kompleks chegaraga ega va chegarasi yuqori kontrastli fondagi obyektlarni qaysi belgilash uskunalari yordamida belgilash tavsiya etiladi?
Tasvirning eng yorqin subyektini qanday belgilash mumkin?
O‘xshash rang piksellarini tanlashda qaysi uskunasidan foydalanish mumkin?
Joriy belgilanishni ma’lum bir pikselga kengaytirish yoki o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?
Tanlanishni mavjud tanlanish ichiga yoki tashqarisiga qo‘yich uchun nima qilish kerak?
Nusxa olish va qo‘yish jarayoni to‘g‘risida ma’lumot bering.
TASVIRNI SOZLASH
Perspektrivani o‘zgartirish
Photoshop dasturi tasvirning perspektivasini o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Tasvirda to‘g‘ri chiziqlar va silliq yuzalar, masalan binoning tasviri, mavjud bo‘lganda ushbu funksiya ayniqsa foydali xisoblanadi. Ushbu funksiya har xil perspektivaga ega tasvirlarni bitta tasvirga birlashtirilganida qo‘llanilishi mumkin.
Ba’zan obyektning tasvirdagi ko‘rinishi uning real xayotdagi ko‘rinishidan farqlanishi mumkin. Bunday farqlanishning sababi perspektivaning o‘zgarishida. Bir xil obyektning turli masofa va burchakdan olingan tasvirlari har xil perspektivaga ega bo‘ladi.
Perspektivani o‘zgartirishdan oldin tasvirdagi obyektning yuzalarini aniqlab olish kerak bo‘ladi. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Photoshop dasturida tasvirni ochish;
Dasturning Edit menyusi Perspective Wrap buyruq qatorini tanlash orqali obyekt yuzalarini tanlash rejimiga o‘tish;
Obyektning bir yoki bir nechta yuzalari bo‘ylab perspektiva maydonlarini chizish kerak:
- bitta perspektiva maydonini belgilash:
- ikkita bog‘langan perspektiva maydonini belgilash:
Dastuming xususiyatlar panelidan Warp tugmasini bosib yuzani tanlash rejimidan perspektivani o‘zgartirish rejimiga o‘tiladi va obyektning belgilangan yuzalarini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi:
B
|
| |