• Vanishing Point uskunasi
  • Rashid turgunbaev




    Download 2,01 Mb.
    bet51/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Mode ko‘rgazmali to‘rning umumiy elastikligini belgilaydi;

  • Density ko‘rgazmati to‘r kataklarining o‘lchamini belgilaydi;

  • Expansion ko‘rgazmali to‘rning tashqi chegarasini belgilaydi;

  • Show Mesh ko‘rgazmali to‘rni aks ettiradi yoki yashiradi.

    Natijada tanlangan element ustida ko‘rgazmali to‘r aks ettiriladi:






    1. Tasvirda o‘zgartiriladigan va o‘zgartirilmaydigan maydonlarga maxsus belgilar sichqon ko‘rsatkichi bilan qo‘yib chiqiladi:







    1. Sichqon tugmasi bilan maxsus belgini ushlab siljitiladi:







    1. O‘zgartirish kiritib bo‘linganidan so‘ng klaviaturaning Enter tugmasi bosiladi:




    Vanishing Point uskunasi


    Photoshop dasturining Vanishing Point uskunasi tasvimi uning perspektivasiga mos ravishda tahrirlash imkoniyatini beradi. Vanishing Point uskunasi yordamida tasvirning yuzalari aniqlab olinadi va shundan keyin unga tahrirlash amallari qo‘llaniladi. Barcha o‘zgarishlar belgilangan yuza perspektivasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
    Vanishing Point dialog oynasi dasturning Filter menyusi Vanishing Point buyruq qatori yordamida ochiladi. Ushbu dialog oynasida perspektiva yuzalarini belgilash uskunalari, tasvirni tahrirlash uskunalari, o‘lchash uskunalari va tasvirni ko‘rib olish uskunalari joylashgan:
    A В





    A - dialog oyna menyusi, B - dialog oyna xususiyatlar paneli, C - uskunalar paneli, D - ko‘rib olish oynasi, E - masshtab xususiyatlari
    Vanishing Point uskunalar panelida quyidagi uskunalar joylashgan:

    • Yuzani tahrirlash uskunasi u perspektiva yuzasini belgilaydi, tahrirlaydi, siljitadi va o‘lchamini o‘zgartiradi;

    • Yuza yaratish uskunasi Ш0 perspektiva yuzasining to‘rt burchak nuqtalarini belgilaydi, yuzaning o‘lchami va shaklini sozlaydi;

    • Belgilash uskunasi H to‘rtburchak belgilanishlar qiladi, belgilanishlami siljitadi yoki klonlaydi;

    • Shtamp uskunasi Q tasvirdan namuna olib chizadi;

    • Mo‘yqalam uskunasi Ы yuzaga belgilangan rangda chizadi;

    • 0‘zgartirish uskunasi И belgilanishning masshtabini o‘zgartiradi, aylantiradi va siljitadi;

    • Pipetka uskunasi H ko‘rib olish oynasidagi tasvirdan rang tanlab oladi;

    • 0‘lchash uskunasi О yuzadagi element burchak va masofalami oMchaydi;

    • Masshtab uskunasi «3 ko‘rib olish oynasidagi tasvir masshtabini o‘zgartiradi;

    • Siljitish uskunasi ЕЭ ko‘rib olish oynasida tasvimi siljitadi.

    Vanishing Point uskunasi bilan ishlashdan oldin tasvir tayyorlab olinadi. Buning uchun quyidagilardan biri bajariladi:

    • Vanishing Point uskunasi bilan ishlash natijasini alohida qavatga joylash uchun yangi qavat yaratib olinadi.

    • Tasvir kontentini uning chegaralaridan tashqarisiga klonlash rejalashtirilgan bo‘lsa xolstning o‘lchamini kattalashtirib olinadi.


    • Download 2,01 Mb.
  • 1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




    Download 2,01 Mb.