Rashid turgunbaev




Download 2,01 Mb.
bet52/66
Sana13.06.2024
Hajmi2,01 Mb.
#263336
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Vanishing Point dialog oynasida bufer xotiradidan ma’lumot qo‘yilishi kerak bo‘lsa Vanishing Point uskunasi ishga tushirilishidan oldin ma’lumot bufer xotirasiga joylab olinadi.

  • Vanishing Point uskunasini qo‘llash natijasini tasvirning ma’lum maydoniga qo‘llash uchun uskuna ishga tushirilishidan oldin tasvirning ushbu maydoni belgilash uskunalari yordamida tanlab olinadi.

    Vanishing Point uskunasi bilan quyidagicha ishlanadi

    1. Dasturning Filter menyusidan Vanishing Point buyruq qatori tanlanadi;

    2. Yuza yaratish uskunasi Ш0 yordamida perspektiva yuzasi hosil qilib olinadi:







    1. Tasvimi tahrirlash uchun quyidagilami bajansh mumkin:

    • Belgilash. Belgilash hosil qilib olinganidan so‘ng uni klonlash, siljitish, aylantirish, masshtabini o‘zgartirish, bo‘yash yoki shaklini o‘zgartirish mumkin;

    • Bufer xotirasidan ma’lumot qo‘yish. Qo‘yilgan ma’lumot perspektiva yuzasi ichiga siljitilsa ushbu perspektivaga mos ravishda o‘zgaradi:







    • Rang yoki namuna piksellar yordamida chizish;

    • Perspektiva yuzasidagi elementlarni o‘lchash.

    1. Dialog oynasining Ok tugmasi bosiladi.

    Vanishing Point dialog oynasida tahrirlash ishlarini boshlashdan oldin tasvirning perspektivasiga mos ravishda perspektiva yuzasi belgilab olinadi. Perspektiva yuzasining aniqligi tahrirlash natijasi tasvir perspektivasiga moshligini belgilaydi. Perspektiva yuzasining to‘rt burchak nuqtalari qo‘yilganidan so‘ng perspektiva yuzasi faollashadi, uning chegarasi va to‘ri aks ettiriladi. Perspektiva yuzasini o‘lchimini o‘zgartirish, siljitish yoki shaklini o‘zgartirish mumkin. Bundan tashqari perspektiva yuzasining to‘r zichligini ham sozlab olish ham mumkin.
    Perspektiva yuzasini tahrirlash uskunasi E yordamida quyidagi o‘zgartirishlarni amalga oshirish mumkin:

    • perspektiva yuzasining shaklini o‘zgartirish uchun burchak nuqtalarini siljitish kerak;

    • to‘r zichligini o‘zgartirish uchun Vanishing Point dialog oynasining xususiyatlar panelidan Grid Size elementiga qiymat kiritish kerak;

    • perspektiva yuzasini siljitish uchun yuzani sichqon tugmasi bilan ushlab siljitish kerak;

    • perspektiva yuzasining o‘lchamini o‘zgartirish uchun yuza yon nuqtalarini siljitish kerak.

    Vanishing Point dialog oynasida yangi perspektiva yuzasi yaratilganidan keyin ushbu yuza bilan bog‘liq yangi perspektiva yuzasini yaratib olish mumkin. Perspektiva yuzasi asosida yaratilayotgan yangi bog‘liq perspektiva yuzasi unga nisbatan 90D burchakda yaratiladi. Ushbu burchak tasvirdagi mavjud yuzalarga mos ravishda o‘zgartirilishi mumkin.
    Bog‘liq perspektiva yuzasi quyidagicha yaratiladi:

    1. Vanishing Point dialog oynasida yuza yaratish uskunasi Ш0 yordamida yangi perspektiva yuzasi yaratiladi:







    1. Klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda yuza yaratish uskunasi Ш0

    yoki yuzani tahrirlash uskunasi B yordamida yuzaning yon nuqtasi siljitiladi. Natijada yangi bog‘liq perspektiva yuzasi yaratiladi:






    1. Yangi bog‘liq perspektiva yuzasining burchagini o‘zgartirish uchun uning yon nuqtasini sichqon tugmasi bilan siljitish yoki Vanishing Point dialog oynasining xususiyatlar panelidagi Angle elementiga burchak qiymatini kiritish kerak:






    Perspektiva yuzasining chegara va to‘r chiziqlari yuzaning joriy holatiga ko‘ra rangini o‘zgartiradi. Agar yuzaning holati yaroqsiz bo‘lsa uning burchak nuqtasini siljitib holatni o‘zgartirib olish kerak. Perspektiva yuzasining holatini bildiruvchi quyidagi ranglari mavjud:

    Download 2,01 Mb.
  • 1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




    Download 2,01 Mb.