Rashid turgunbaev




Download 2,01 Mb.
bet53/66
Sana13.06.2024
Hajmi2,01 Mb.
#263336
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Moviy yuzani yaroqliligini bildiradi.
Qizil yaroqsiz yuzani bildiradi. Vanishing Point uskunasi yuzaning tomonlari nisbatini aniqlay olmadi.
Sariq yaroqsiz yuzani bildiradi. Perspektiva yuzasining ba’zi nuqtalari aniq emas.
Odatda Vanishing Point dialog oynasidagi perspektiva yuzasining to‘r chiziqlari Photoshop dasturida aks ettirilmaydi. Perspektiva yuzasining to‘r chiziqlarini Vanishing Point dialog oynasidan chiqib ketganda ham aks ettirish uchun Vanishing Point dialog oynasining menyusidan Render Grids To Photoshop buyruq qatorini tanlash kerak.
Vanishing Point dialog oynasida belgilash uskunasi В tasviming ma’lum maydoniga perspektiva yuzasi yordamida belgilangan perspektivaga amal qilgan holda chizish yoki bo‘yash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari belgilanish yordamida perspektivaga amal qilgan holda tasvirning ma’lum maydonlarini klonlash yoki ko‘chirish mumkin. Vanishing Point dialog oynasida Marquee uskunasi В bilan perspektiva yuzasi ichida belgilanish hosil qilinadi. Belgilanish yaratilganidan so‘ng ushbu maydonni perspektivani inobatga olgan holda tasvirning istalgan joyija ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Agar tasvirda ikkita perspektiva yuzalari mavjud bo‘lsa belgilangan tasvir maydoni joriy turgan perspetivani inobatga olgan holda joylashadi:





Vanishing Point dialog oynasida belgilanish yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Dialog oynasining uskunalar panelidan Marquee uskunasini H tanlash kerak;

  2. Dialog oynasining xususiyatlar panelidan belgilash uskunasining quyidagi xususiyatlarini belgilab olish mumkin:

Feather - belgilanish chegaralarining aniqligini belgilaydi.
Opacity - belgilanishning shaffofligini belgilaydi.
Heal menu - belgilanishni atrof tasvir bilan qorishish darajasini belgilaydi.

  1. Belgilash uskunasi sichqon tugmasini bosib turgan holda tasvirning kerakli maydoni ustida yurgiziladi. Belgilanishni bir nechta perspektiva yuzalari ustidan yurgizish ham mukin:






Vanishing Point dialog oynasida belgilanishni siljitish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Perspektiva yuzasi ichida belgilanish yaratish kerak;

  2. Vanishing Point dialog oynasining xususiyatlar panelida Move Mode elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni belgilash mumkin:

- Destination - belgilanish siljitilgan joyni belgilash;
- Source - belgilash uskunasi ko‘rsatkichi joylashgan maydonning piksellari bilan belgilanishni to‘ldirish;

  1. Belgilanish siljitiladi.

Belgilanishni tasvirning boshqa maydoni piksellari bilan to‘ldirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Perspektiva yuzasida belgilanish hosil qilinadi;

  2. Zarurat bo‘lsa belgilanishni boshqa joyga siljitiladi. Belgilanish siljitilganda Vanishing Point dialog oynasining xususiyatlar panelida Move Mode elementiga Destination qiymatini belgilash kerak;

  3. Marquee uskunasini В tanlab klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasini bosib ko‘rsatkichini tasvirning kerakli maydoniga siljitish kerak. Natijada belgilanish belgilangan tasvir maydonining piksellari bilan to‘ldiriladi:







Download 2,01 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Download 2,01 Mb.