• MATN BILAN ISHLASH Xarflarni formatlash
  • Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar




    Download 2,01 Mb.
    bet61/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    ^ Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

    1. Shakl chegarasining xususiyatlari qanday o‘zgartiriladi?

    2. Shakl chegarasining xususiyatlari qanday qilib boshqa shaklga ko‘chirib o‘tiladi?

    3. Photoshop dasturida qaysi uskunalar yordamida chiziladi?

    4. Vektorli shakllar qaysi uskuna yordamida chiziladi?

    5. Shakllar qanday chiziladi?

    6. Bitta qavatda qanday bir nechta shakllar chiziladi?

    7. Chizish uskunalari uchun dasturning xususiyatlar panelida qanday sozlamalar mavjud?

    8. Tasvirning bir qismi asosida mo‘yqalam qanday yaratiladi?

    9. Standart mo‘yqalam uchun mo‘yqalam sozlamalari panelidan nimalarni belgilash mumkin?

    10. Yo‘lning joriy Fill Path sozlamalari bilan to‘ldirish uchun qanday amallar bajarilishi kerak?

    11. Gradient uskunasi qanday qo‘llaniladi?

    12. Paint Bucket uskunasidan qanday foydalaniladi?

    13. Mixer Brush uskunasi to‘g‘risida ma’lumot bering.

    14. Mo‘yqalam va qalam uskunalari bilan ishlash to‘g‘risida ma’lumot bering.

    MATN BILAN ISHLASH
    Xarflarni formatlash
    Photoshop dasturida matn kiritishdan oldin uning formatini belgilash yoki mavjud matnning formatini o‘zgartirib olish mumkin. Matndagi biror bir xarfning formatini o‘zgartirish uchun ushbu xarfni belgilab olish kerak bo‘ladi. Bunda bitta xarf, bir nechta xarf yoki matndagi barcha xarflarni belgilash mumkin.
    Mavjud matnning xarflarini belgilash uchun quyidagilami bajarish kerak bo‘ladi:

    1. Dastuming uskunalar panelidan gorizontal matn 0 yoki vertikal matn EU uskunasi tanlanadi.

    2. Qavatlar panelidan matn joylashgan qavat tanlanadi yoki ish sohasida matn ustiga sichqon ko‘rsatkichi bilan bir marta bosiladi.

    3. Tanlangan matnning belgilanishi kerak bo‘lgan xarf ustiga sichqon ko‘rsatkichi joylashtiriladi va quyidagilardan biri bajariladi:

    • sichqon tugmasini bosib turgan holda xarflar belgilanadi;

    • bir nechta xarflar ketma-ketligini belgilash uchun ketma-ketlik boshiga sichqon tugmasi bir marta bosiladi, keyin klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda ketma-ketlikning oxiriga sichqon ko‘rsatkichini joylab chap tugmasi bosiladi;

    • matndagi barcha xarflarni belgilash uchun sichqon tugmasini bir marta bosib dastuming Select menyusidan All buyruq qatori belgilanadi;

    • sichqon tugmasini ikki marta bosib matndagi so‘z belgilanadi, uch marta bosib matndagi qator belgilanadi, to‘rt marta bosib matndagi paragraf belgilanadi, besh marta bosib matnning barcha xarflari belgilanadi;

    • sichqon tugmasini bir marta bosiladi va klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holdan klaviaturadan kursorni boshqarish tugmalaridan {, |, ^, ^ foydalanib matnning kerakli qismini belgilab olish mumkin.

    1. Matn ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirmagan holda matndagi barcha xarflarni belgilab olish uchun qavatlar panelidan matn qavati tanlanadi va sichqon ko‘rsatkichini qavat yorlig‘i ustiga joylashtirib chap tugmasi ikki marta bosiladi.

    Panellar maydonida joylashgan formatlash paneli matnning formatini o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi sozlamalami taqdim etadi. Ba’zi formatlash sozlamalari dastuming xususiyatlar panelida joylashgan. Formatlash panelini quyidagi usullar yordamida aks ettirish mumkin:

    - matn uskunasi tanlangan holda dastuming xususiyatlar panelidan tugmasini bosish.
    N
    atijada quyidagi formatlash paneli aks ettiriladi:

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar

    Download 2,01 Mb.