|
Rashid turgunbaev
|
bet | 65/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMAGLOSSARIY
Alfa kanal - maskalami saqlash uchun mo‘ljallangan tasviming qo‘shimcha kanali.
Andoza - oldindan tayyorlangan hujjat yoki element.
Asosiy rang - tasvirdagi birlamchi rang.
Belgilash - biror bir amal bajarish maqsadida tasvirdagi piksellarni ajratish. Deformatsiyalash - tasvir shaklini ixtiyoriy o‘zgartirish.
DPI - piksellar zichligini o‘lchov birligi.
Gradiyent - bir nechta ranglarni bosqichma bosqich aralashishi.
Hujjat - dasturning asosiy ishlash obyekti.
Kengaytma - fayl turini belgilovchi va fayl nomida (.) nuqtadan keyin keladigan qism.
Klonlash - tasvirning qismini nusxalash.
Kontent - tasvir qavatida joylashgan piksellar to‘plami.
Metadata - biror bir axborot to‘g‘risida ma’lumot bernvchi axborotlar to‘plami. Natija rangi - aralashtirish jarayonidan keyingi rang.
Nisbiy nuqta - barcha o‘zgartirishlar amalga oshiriladigan belgilangan nuqta. Nuqtalar zichligi - tasvirning bo‘yi va eni bo‘ylab umumiy piksellar soni. O‘lcham andozasi - oldindan belgilangan o‘lcham va xususiyatlar.
O‘rta tonlar - tasvirning yorqin va soya ranglari o‘rtasidagi ranglar. Perspektiva yuzasi - tasvirni uning perspektivasiga mos ravishda tahrirlash maqsadidagi Vanishing Point dialog oynasida belgilanadigan yuza.
Piksel - tasvirning eng kichik elementi.
Posterlash - tasvirning ranglar sonini kamaytirish.
Qavat - ustma ust joylashgan, tasvirni tashkil etuvchi elementlar.
Qavat maskasi - piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lgan rastrli tasvir.
Qorishma rang - chizish yoki tahrirlash uskunalari ta’sirida joriy etiladigan
rang.
Ranglar balansi - tasvirdagi ranglar nisbati.
Ranglar palitrasi - old va orqa fon rangini belgilash uchun qo‘llaniladigan soha.
Rastrli tasvir - piksellardan tashkil topgan tasvir.
Retush - tasvirni to‘g‘irlash uchun mo‘ljallangan qayta ishlash amali.
Shovqin - rang qiymatlari ixtiyoriy ravishda taqsimlanuvchi piksellar to‘plami.
Soya - tasvirning to‘q ranglari.
To‘ldirish - tasvirning belgilangan maydonini rang yoki andoza bilan to‘ldirish.
Ton - kul rangning darajasi.
Transformasiya - belgilangan maydonni o‘zgartirish.
Tugmalar kombinatsiyasi - biror bir amalni bajarish uchun belgilangan klaviaturaning ikki yoki undan ortiq tugmalarini bir vaqtda bosilishi.
Uskuna - biror bir amalni bajarish uchun mo‘ljallangan element.
Vektorli maska - piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lmay va pero yoki shakl uskunalari yordamida yaratiladigan element.
Vektorli tasvir - vektorlar yordamida ifodalanuvchi chiziqlar va egrilardan tashkil topgan tasvir.
Xolst - rasm chizishga tayyorlab qo‘yilgan oq rangdagi yuza.
Yo‘l - to‘g‘ri yoki egri vektorli shakl.
Yorug‘lik - rangning keskinligini belgilovchi rang xususiyati.
Yorug‘lik - tasvirning yorug‘ ranglari.
|
| |