|
Matn effektlarini yaratish
|
bet | 63/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMAMatn effektlarini yaratish
M atn ko‘rinishini o‘zgartirish uchun uning ustida turli amallarni bajarish mumkin. Pero yoki shakl uskunasi yordamida yaratilgan yo‘l bo‘ylab yoki yo‘l ichida matnni joylashtirish mumkin. Matn yo‘l bo‘ylab kiritilganda matn yo‘nalishi yo‘l hosil qilinish yo‘nalishi bilan bir xil bo‘ladi:
Y o‘l bo‘ylab gorizontal matn kiritilsa matndagi xarflar yo‘lga nisbatan perpendikulyar ravishda joylashadi:
Y o‘l bo‘ylab vertikal matn kiritilsa matndagi xarflar yo‘lga nisbatan parallel ravishda joylashadi:
Yo‘l bo‘ylab matn kiritish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
D astuming uskunalar panelidan gorizontal matn H yoki vertikal matn uskunasi tanlanadi;
Sichqon ko‘rsatkichi yo‘l ustiga joylashtiriladi (bunda sichqon ko‘rsatkichi
Л' ko‘rinishga o‘zgaradi) va chap tugmasi bosiladi. Natijada yo‘l bo‘ylab matn oqimi hosil bo‘ladi:
Matn elementiga kerakli matn kiritiladi:
Maxsus effekt yaratish uchun matnni qiyshaytirish mumkin. Matnni qiyshaytirish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo‘ladi:
Matn qavati tanlanadi:
Quyidagilardan biri bajariladi:
dasturning uskunalar panelidan matn uskunasini tanlab dasturning
xususiyatlar menyusidan qiyshaytirish tugmasi S bosiladi;
dasturning Type menyusidan Warp Text buyruq qatori tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
Warp Text
|
|
X
|
Style: None
|
|
|
|
|
( OK )
|
|
Vertical
|
|
|
|
Reset
|
Rend:
|
|
|
|
%
|
|
Vertical Distortion:
|
%
|
|
|
|
|
Dialog oynasining Style elementi uchun kerakli qiyshaytirish stili tanlanadi va tanlangan stil xususiyatlari, masalan, qiyshaytirish yo‘nalishi Horizontal yoki Vertical elementlari orqali, qiyshaytirish darajasi Bend elementi orqali, qiyshaytirish
perspektivasini Horizontal Distortion va Vertical Distortion elementlari orqali belgilanadi:
Warp Text
|
|
|
X
|
Style: Q Arc
|
v
|
|
|
О Horizontal
|
Vertical
|
|
C °0
|
|
|
Reset
|
Send:
|
+50
|
%
|
|
Horizontal Distortion:
|
0
|
%
|
|
•
|
Vertical Distortion:
|
0
|
%
|
|
|
|
|
|
D ialog oynasining OK tugmasi bosiladi va matnga qiyshaytirish effekti qo‘llaniladi:
Qiyshaytirish amali qo‘llanilgan matnni dastlabki holatiga qaytarish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Qiyshaytirish qo‘llanilgan matn qavati tanlanadi.
Dasturning uskunalar panelidan matn uskunasini tanlab dasturning
xususiyatlar menyusidan qiyshaytirish tugmasi S bosiladi yoki dasturning Type menyusidan Warp Text buyruq qatori tanlanadi.
Ochilgan dialog oynasida Style elementi uchun None qiymati tanlanadi va OK tugmasi bosiladi.
Tasvirda joylashgan matnga soya effektini qo‘shish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Q avatlar panelidan matn qavati tanlanadi:
Q avatlar panelining pastki qismida joylashgan qavat stili tugmasini bosiladi va ochilgan menyudan Drop Shadow buyruq qatori tanlanadi.
Natijada ochilgan quyidagi dialogoynasida matnga qo‘yiladigan soya xususiyatlari belgilab olinadi:
Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi va matnga soya effekti qo‘llaniladi:
Photoshop dasturida maska yordamida matnni rasm bilan to‘ldirish imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Matnni to‘ldirish kerak bo‘lgan rasm ochiladi:
Dastuming uskunalar panelidan gorizontal matn I yoki vertikal matn IS uskunasi tanlanadi.
Dasturning Window menyusidan Character buyruq qatorini tanlab formatlash paneli aks ettiriladi.
Formatlash panelida matnning shrifti, o‘lchami, stili belgilab olinadi.
Dasturning ish sohasida kerakli matn kiritiladi. So‘ng, klaviaturadan Ctrl + Enter tugmalar kombinatsiyasi bosiladi:
Dastuming Window menyusidan Layers buyruq qatorini tanlab qavatlar paneli aks ettiriladi.
Qavatlar panelida rasmni matn qavati ustiga joylashtiriladi:
Propert Layers 3D Channel Paths
Q, Kind v Ш Q T n fi
v Opacity:! 100%
8. Rasm qavatini tanlab dastuming Layer menyusidan Create Clipping Mask buyruq qatori belgilanadi. Natijada rasm matn ichini to‘ldiradi:
9. Dastuming uskunalar panelidan siljitish uskunasi u yordamida toMdiruvchi rasmni siljitish mumkin.
Matnni tahrirlash
Photoshop dasturida mavjud matnni tahrirlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dastuming uskunalar panelidan gorizontal matn E9 yoki vertikal matn ЕЕЭ uskunasi tanlanadi.
Qavatlar panelidan matn qavati tanlanadi.
Sichqon ko‘rsatkichini matn ustiga joylashtirib sichqonning chap tugmasi bosiladi.
Kerakli matn kiritiladi yoki o‘chiriladi.
Dastuming xususiyatlar panelidan quyidagilarni bajarish kerak:
bajarilgan o‘zgarishlami qoMlash uchun qoMlash tugmasi Q bosiladi;
bajarilgan o‘zgarishlarni bekor qilish uchun bekor qilish tugmasi ^ yoki klaviaturaning ESC tugmasi bosiladi.
Matnning dastlabki o‘lchamiga nisbatan uning bo‘yi va eni nisbatini belgilab olish mumkin. Matn masshtabini o‘zgartirish uchun quyidagilami bajarish kerak:
Matn tanlanadi.
Formatlashpanelidanvertikal masshtablash S3 yoki gorizontal masshtablash
Ea elementlariga qiymat belgilanadi.
^ Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Photoshop dasturida matnning formatini belgilashning qanday usullari mavjud?
Mavjud matnning xarflarini qanday belgilanadi?
Formatlash panelida qanday elementlar joylashgan?
Paragrafni formatlash panelida qanday elementlar joylashgan?
Yo‘l bo‘ylab matn kiritish uchun qanday amallar bajariladi?
Matnni qiyshaytirish uchun qanday amallarni bajarish kerak?
Qiyshaytirilgan matnni dastlabki holatga qaytarish uchun qanday amallar bajarish kerak?
Matnga soya effekti qanday qo‘yiladi?
Maska yordamida matn rasm bilan qanday to‘ldiriladi?
Mavjud matn qanday tahrirlanadi?
Matnni yo‘l bo‘ylab joylashtirish to‘g‘risida ma’lumot bering.
Matnni belgilash usullari to‘grisida ma’lumot bering.
SAQLASH VA EKSPORT QILISH
Photoshop dasturida bajarilgan o‘zgarishlarni joriy faylga saqlash uchun dasturning File menyusidan Save buyruq qatorini tanlash kerak. Bajarilgan o‘zgarishlarni boshqa faylga saqlash uchun File menyusidan Save As buyruq qatori tanlanadi.
Faylni boshqa nom, joylashish va formatda saqlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Dasturning File menyusidan Save As buyruq qatori tanlanadi.
Natijada ochilgan dialog oynasidan Format elementiga fayl turi, File name elementiga fayl nomi va fayl joylashishi ko‘rsatiladi.
Dialog oynasining Save tugmasi bosiladi.
Photoshop dasturi quyidagi kengaytmali grafik fayl turlarini qo‘llaydi: PSD, PSB, BMP, GIF, DCM, EPS, IFF, JPEG, PCX, PDF, RAW, PNG, TIFF.
Photoshop dasturi eni va bo‘yi 300 000 piksel o‘lchamigacha bo‘lgan tasvirlar bilan ishlay oladi. Tasvirning eni va bo‘yi 30 000 pikseldan yuqori bo‘lganda saqlash uchun quyidagi uch turdagi fayl kengaytmasi qo‘llaniladi:
PSB - istalgan hajmdagi fayllarni qo‘llaydi;
RAW - istalgan hajmdagi fayllarni qo‘llaydi, ammo qavatlarni saqlamaydi;
TIFF - 4GB o‘lchamgacha bo‘lgan fayllarni qo‘llaydi.
Dastur yordamida tasvirdagi qavatlarni PSD, BMP, JPEG, PDF va TIFF kengaytmasiga ega alohida fayl sifatida saqlash imkoniyati mavjud. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Dasturning File menyusi Export bo‘limidan Layers To Files buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
2. Dialog oynasining Destination bo‘limida eksport qilinayotgan fayllar joyi belgilanadi. Belgilanmagan holda eksport qilinayotgan fayllar joriy fayl joylashgan papkaga j oylanadi.
Dialog oynasining File Name Prefix bo‘limida eksport qilinayorgan fayllar uchun umumiy nom prefiksi belgilanadi.
Visible Layers Only elementini belgilash orqali faqatgina aks ettirilgan qavatlar eksport qilinadi.
Dialog oynasining File Type bo‘limida eksport qilinayotgan fayllarning kengaytmasi belgilanadi.
Dialog oynasining Run tugmasini bosib eksport jarayoni amalga oshiriladi.
|
| |