Belgilanish, qavat va yo‘llarni to‘ldirish va chegaralarini belgilash




Download 2,01 Mb.
bet60/66
Sana13.06.2024
Hajmi2,01 Mb.
#263336
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Belgilanish, qavat va yo‘llarni to‘ldirish va chegaralarini belgilash
Uskunalar panelidagi Paint Bucket ^ uskunasi yordamida belgilangan pikselning rangiga yaqin rangga ega bo‘lgan qo‘shni piksellarni to‘ldirish imkoniyatini beradi. Uskunadan quyidagicha foydalaniladi:

  1. Dastuming uskunalar panelidan old fon rangi tanlanadi.

  2. Dastuming uskunalar panelidan Paint Bucket И uskunasi tanlanadi.

  3. Dastuming xususiyatlar panelidan uskuna yordamida rang yoki andoza bilan to‘ldirish belgilab olinadi.

  4. Dastuming xususiyatlar panelidan Mode elementi yordamida rangni aralashish rejimini, Opacity elementi yordamida to‘ldirishning shaffoflik darajasini belgilab olinadi.

  5. Dastuming xususiyatlar panelida Tolerance elementi yordamida belgilangan pikselning rangiga yaqin rangga ega bo‘lgan qo‘shni piksellarning yaqinlik darajasi belgilab olinadi.

  6. To‘ldirishning chegaralarini silliqligini ta’minlash uchun dastuming xususiyatlar panelidan Anti-alias elementi belgilab olinadi.

  7. Belgilangan pikselga qo‘shni bo‘lgan piksellarni to‘ldirish uchun dasturning xususiyatlar panelidan Contiguous elementini belgilash kerak. Element belgilanmasa belgilangan pikselning rangiga yaqin rangga ega bo‘lgan tasvirning barcha piksellari to‘ldiriladi.

  8. Barcha aks ettirilgan qavatlarning piksellariga ta’sir qilish uchun dasturning xususiyatlar panelidan All Layers elementi belgilanadi.

  9. Tasvirning to‘ldirilishi kerak bo‘lgan maydoniga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib chap tugmasi bosiladi.

Dasturning Stroke buyrug‘i yordamida belgilash, yo‘l va qavatning chegarasini rang bilan belgilash mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Old fon rangi belgilanadi.

  2. Maydon yoki qavat tanlanadi.

  3. Dasturning Edit menyusidan Stroke buyruq qatori tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:







  1. Dialog oynasining Stroke bo‘limida Width elementi yordamida belgilanish qalinligi va Color elementi yordamida uning rangi ko‘rsatib o‘tiladi.

  2. Dialog oynasining Location bo‘limida belgilanishning chegaraga nisbatan joylashi belgilanadi.

  3. Dialog oynasining Blending bo‘limida Mode elementi yordamida belgilanish rangining element rangi bilan aralashish rejimi va Opacity elementi yordamida belgilanishning shaffoflik darajasi belgilanadi.


Download 2,01 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   66




Download 2,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Belgilanish, qavat va yo‘llarni to‘ldirish va chegaralarini belgilash

Download 2,01 Mb.