|
Chizish to‘g‘risida tushuncha
|
bet | 57/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMAChizish to‘g‘risida tushuncha
Photoshop dasturida chizish jarayoni vektorli shakllar va yo‘llarni yaratishni o‘z ichiga oladi. Photoshop dasturida istalgan shakl uskunalari, pero uskunasi 0
yoki erkin pero uskunasi Шж yordamida chizish mumkin.
Chizishni boshlashdan oldin dasturning xususiyatlar panelidan chizish rejimini tanlab olish kerak. Tanlangan rejim chizish jarayonida alohida qavatiga ega vektorli shakl yaratilishi, mavjud qavatda yo‘l yaratilishi yoki mavjud qavatda rastrli shakl yaratilishini belgilab beradi.
Vektorli shakllar shakl uskunalari yoki pero uskunalari yordamida chiziladigan chiziq va egrilar hisoblanadi. Vektorli shakllar piksellar zichligiga bog‘liq emas. Yo‘llar belgilanishlar yoki rang bilan to‘ldirilishlarga o‘girilishi mumkin bo‘lgan chegara hisoblanadi. Yo‘llarni quyidagicha ishlatish mumkin:
qavatning ma’lim maydonlarini yashirish uchun yo‘lni vektorli maska sifatida ishlatish;
yo‘lni belgilanishga o‘girish;
yo‘lni rang bilan to‘ldirish yoki chegarasini belgilash.
Shakl yoki pero uskunalari bilan ishlaganda uch xil rejimda chizish mumkin bo‘ladi. Shakl yoki pero uskunalari tanlanganda chizish rejimini dasturning xususiyatlar panelidan belgilab olish mumkin. Quyidagi chizish rejimlari mavjud:
Shape alohida qavatda shakl yaratish. Shakl chizish uchun shakl yoki pero uskunalaridan foydalanish mumkin. Shakl qavati shakl rangini belgilab beruvchi to‘ldiruvchi qavat va shakl chegarasini belgilab beruvchi bog‘langan vektorli maskadan iborat. Shaklning chegarasi yo‘l xisoblanadi va panellar bo‘limining Paths panelida aks ettiriladi.
Path joriy qavatga ishchi yo‘l chizadi va ushbu yo‘l belgilanish, vektorli maska yoki rastrli grafika yaratish uchun qo‘llanilishi mumkin. Yo‘llar panellar bo‘limining Paths panelida aks ettiriladi.
Pixels joriy qavatga chizadi. Ushbu rejimda chizilganda rastrli tasvir xosil bo‘ladi. Ushbu rejimda faqatgina shakl uskunasi ishlaydi.
Shakllarni chizish
Shakl qavatida shakl yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dasturning uskunalar panelidan pero uskunasi 0 tanlanadi. Dasturning xususiyatlar panelidan Shape chizish rejimi tanlab olinadi.
Shaklning rangini belgilash uchun dasturning xususiyatlar panelidan shaklning to‘ldirilish va chegara ranglarini tanlash tugmalari bosiladi va ochilgan dialog oynasidan kerakli rang tanlab olinadi.
Dasturning xususiyatlar panelidan shaklning boshqa xususiyatlari belgilab olinadi.
Sichqon tugmasini bosib turgan holda sichqon ko‘rsatkichini surib shakl chiziladi. Klaviaturaning Shift tugmasi bosib turgan holda chizilsa shaklning bo‘yi va eni o‘lchamlari bir xil holda chiziladi. Shaklning markazidan chizish uchun klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda chizish kerak.
Bitta qavatda bir nechta shakllarni chizish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Shakllar qo‘shilishi kerak bo‘lgan qavat tanlanadi.
Dasturning uskunalar panelidan shakl uskunasi tanlanadi va uning xususiyatlari belgilanadi.
Dastuming panellar bo‘limidan quyidagilardan biri tanlanadi: - shaklni mavjud shaklga qo‘shish:
- shaklning kesishgan maydonini mavjud shakldan ayirish:
- shakllarning kesishgan maydonidan shakl yasaydi:
- shakllarning kesishgan maydonidan tashqari maydonlaridan shakl
y asaydi:
Shakl chiziladi.
Photoshop dasturida turli ko‘rinishdagi shakllarni dasturning Custom Shape
Е&Й uskunasi yordamida chizib olish mumkin. Buning uchun quyidagilami bajarish kerak:
Dastuming uskunalar panelidan Custom Shape Е&Я uskunasi tanlanadi;
Dasturning xususiyatlar panelidan Shape elementiga kerakli shakl quyidagi dialog oynasi orqali tanlanadi:
Ushbu dialog oynasida barcha shakllar kategoriyalar bo‘yicha bo‘lib chiqilgan bo‘lib ular o‘rtasida o‘tish uchun dialog oynasining yuqori o‘ng burchagidagi menyu tugmasini bosib ochilgan menyudan kerakli kategoriyani tanlab olish mumkin. Shakllar quyidagi kategoriyalar bo‘yicha guruhlangan:
All
Animals
Arrows
Artistic Textures Banners and Awards Film Frames
Grime Vector Pack
LightBulb
Music
Nature
Objects
Ornaments
Shapes
Symbols
Talk Bubbles
Ties
Web
Kerakli shaklni tanlab ish sohasida ushbu shaklni chizib olish mumkin. Shakl vektorli maska bilan bog‘langan rang bilan to‘ldirilgan qavat xisoblanadi. Shaklning rangini uning to‘ldirilgan qavat rangini o‘zgartirish orqali o‘zgartirib olish mumkin. Bunda qavatni bir rangda, gradiyent rangda yoki andoza bilan to‘ldirib olish mumkin. Bundan tashqari shaklning vektorli maskasini o‘zgartirib shakl chegarasini ham o‘zgartirib olish va qavatga stil qo‘llash mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish mumkin:
- shaklning rangini o‘zgartirish uchun qavatlar panelida shakl qavatining yorlig‘iga sichqon ko‘rsatkichini joylab sichqon tugmasini ikki marta bosish kerak. Natijada ochilgan rang tanlash dialog oynasidan kerakli rang tanlab olinadi.
145
shaklni gradiyent rang yoki andoza bilan to‘ldirish uchun qavatlar panelidan shaklning qavati tanlanadi va dasturning Layer menyusi Layer Style bo‘limidan Gragient Overlay buyruq qatori tanlanadi.
shaklning chegara chiziq qalinligini o‘zgartirish uchun qavatlar panelidan shaklning qavati tanlanadi va dasturning Layer menyusi Layer Style bo‘limidan Stroke buyruq qatori tanlanadi.
shaklning chegarasini o‘zgartirish uchun dasturning uskunalar panelidan Path Selection 1Э uskunasi yordamida shakl belgilanadi. Dasturning uskunalar panelidan
pero uskunasi 0 yordamida shaklning boshqarish to‘rtburchaklarini siljitish yordamida shakl chegarasi o‘zgartirib olinadi.
Chizish uskunalari
Photoshop dasturi chizish va tasvirning rangini o‘zgartirish uchun bir nechta uskunalami taqdim etadi. Mo‘yqalam! va qalam I Я uskunalari an’anaviy chizish uskunalari bo‘lib ish sohasiga tanlangan rang bilan chizadi. 0‘chirg‘ich I,
xiralashtirgich I va bulash ЕЯ uskunalari tasvirdagi mavjus ranglami o‘zgartiradi. Barcha chizish uskunalari uchun dasturning xususiyatlar panelida tasvirga rangni qo‘llash usuli va mo‘yqalam andozalarini tanlab olish mumkin.
Mo‘yqalam va qalam uskunalari tasvirga old fon rangi bilan chizadi. Mo‘yqalam uskunasi yordamida yonshoq chegarali chiziqlar qalam uskunasi yordamida qattiq chegarali chiziqlar chiziladi. Mo‘yqalam va qalam uskunalari yordamida quyidagicha foydalaniladi:
Old fon rangi tanlanadi.
Mo‘yqalam I ! yoki qalam uskunasi tanlanadi.
Panellar boMimining mo‘yqalamlar paneli tugmasini bosib quyidagi ochilgan mo‘yqalamlar panelidan mo‘yqalam tanlab olinadi:
Brush Settings
|
Brushes
|
»i =
|
Size:
|
|
61 px
|
|
|
| |