Rashid turgunbaev




Download 2,01 Mb.
bet54/66
Sana13.06.2024
Hajmi2,01 Mb.
#263336
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Vanishing Point dialog oynasida belgilanishning nusxasini olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Perspektiva yuzasida belgilanish hosil qilinadi;

  2. Marquee uskunasini В tanlab klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasini bosib belgilanishning nusxasi yuzaning kerakli joyiga siljitiladi.

  3. Belgilanishning tashqarisiga sichqon ko‘rsatkichi bilan bir marta bosib belgilanish bekor qilinadi.

Vanishing Point dialog oynasida bufer xotirasidan ma’lumot qo‘yish mumkin. Bufer xotirasidagi ma’lumot bir xil yoki boshqa hujjatdan olingan bo‘lishi mumkin. Bufer xotirasidan qo‘yiladigan ma’lumot perspektiva yuzasi ichiga qo‘yiladigan bo‘lsa ma’lumot perspektivani inobatga olgan holda o‘zgartiriladi.
Vanishing Point dialog oynasida bufer xotirasidan ma’lumot qo‘yish uchun quyidagilami bajarish kerak:

  1. Asosiy tasvirda perspektiva yuzasi yaratib olinadi:







  1. Bufer xotirasiga ma’lumot ko‘chirib olinadi:







  1. Zarurat bo‘lsa asosiy tasvirda yangi qavat yaratib olinadi;

  2. Dasturning Filter menyusidan Vanishing Point buyruq qatori tanlanadi;

  3. Klaviaturadan Ctrl+V tugmalar kombinatsiyasi bosib bufer xotirasidagi ma’lumotni Vanishing Point dialog oynasining ish sohasiga qo‘yiladi:







  1. Marquee uskunasini H tanlab qo‘yilgan ma’lumotni perspektiva yuzasi ichija siljitib olinadi va natijada bufer xotirasida qo‘yilgan tasvir perspektiva asosida o‘zgartirib olinadi:






7. Vanishing Point dialog oynasining Transform uskunasi II yordamida qo‘yilgan tasvir o‘lchamlari o‘zgartirib olinadi:





8. Vanishing Point dialog oynasining OK tugmasi bosiladi:





Vanishing Point diaolog oynasida chizish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Dialog oynasining uskunalar panelidan mo‘yqalam uskunasi В tanlanadi;

  2. Mo‘yqalam rangi uskunalar panelidagi pipetka uskunasi В yoki xususiyatlar panelidagi Brush Color rang tanlash dialog oynasi yordamida tanlanadi;

  3. Dialog oynasining xususiyatlar panelida mo‘yqalam diametri Diameter elementi orqali, qattiqligi Hardness elementi orqali va rangning shaffoflik darajasi Opacity elementi orqali belgilab olinadi;

  4. Dialog oynasining xususiyatlar panelidagi Heal elementiga quyidagi qiymatlar tanlash mumkin:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   66




Download 2,01 Mb.