|
Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 56/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA^ Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
O‘zbartirish komandalari dasturning qaysi menyusida joylashgan?
Nisbiy nuqta deganda nima tushiniladi?
Nisbiy nuqtaning joylashishini qanday o‘zgartirish mumkin?
Belgilangan elementni aniq darajaga qanday aylantirish mumkin?
Tasvirni qaysi buyruq yordamida kaltalash mumkin?
Xols o‘lchami qanday o‘zgartiriladi?
Tasvirni egish uchun qaysi buyrug‘dan foydalanish mumkin?
Vanishing Point uskunasi nima uchun qo‘llaniladi?
Vanishing Point uskunasi qanday qo‘llaniladi?
Bog‘liq perspektiva yuzasi qanday yaratiladi?
Shtamp uskunasi qanday vazifalar bajaradi?
Erkin o‘zgartirish qanday bajariladi?
Puppet Warp buyrug‘ini qo‘llash to‘g‘risida gapirib bering.
CHIZISH
Shakllarni o‘zgartirish
Photoshop dasturida to‘rtburchak va aylana burchakli to‘rtburchaklarning o‘lchami va joylashishini o‘zgartirib olish mumkin. Bundan tashqari aylana burchakli to‘rtburchaklarning aylana burchak radiusini ham o‘zgartirib olish mumkin. To‘rtburchak va aylana burchakli to‘rtburchakni o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dastuming uskunalar panelidan Path Selection Tool 1Э uskunasi yordamida bir yoki birnechta to‘rtburchak yoki aylana burchakli to‘rtburchaklar tanlab olinadi;
To‘rtburchakning o‘lchamini o‘zgartirish uchun dasturning xususiyatlar panelidan W va H elementlariga kerakli o‘lcham qiymatlari kiritiladi. Xususiyatlar panelida bogMash О tugmasini bosib qo‘yish element oMcham nisbatini saqlab qoladi.
To‘rtburchakning joylashishini o‘zgartirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
qavat kontentini siljitish uchun dasturning uskunalar panelidan siljitish uskunasidan ЕЭ foydalanish;
dastuming uskunalar panelidan Path Selection Tool 1Э uskunasi yordamida to‘rtburchakni siljitish;
dasturning xususiyatlar panelida joylashgan X va Y elementlariga qiymat kiritish;
Aylana burchakli to‘rtburchakning burchak radiusini o‘zgartirish uchun panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelida har bir burchak uchun radius qiymatini kiritish kerak:
Shakl chegarasining xususiyatlarini o‘zgartirish uchun quyidagilami bajarish kerak:
Dastuming uskunalar panelidan Path Selection 19 uskunasi yordamida shakl tanlanadi;
Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelida yoki dastuming xususiyatlar
panelida shaklning chegarasini belgilash menyusi yorlig‘i LzJ bosiladi va natijada quyidagi shakl chegarasini belgilash paneli ochiladi:
Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelida yoki dastuming xususiyatlar panelida shakl chegarasining quyidagi xususiyatlarini o‘zgartirib olish mumkin:
chegara turini tanlash Hi
shakl chegarasining unga nisbatan joylashishini belgilash ^3
chegaraning boshi va oxirisining ko‘rinishini belgilash I
shakl chegarasining burchak kohinishini belgilash
Shakl chegarasining xususiyatlari belgilab olinganidan so‘ng ushbu xususiyatlami boshqa shaklga ham ko‘chirib o‘tish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Shakl chegarasini belgilash panelidan sozlamalar tugmasi Q bosiladi va natijada ochilgan menyudan Copy Stroke buyruq qatori tanlanadi;
Mo‘ljallangan shakl tanlanadi;
Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan yoki dasturning xususiyatlar
panelidan shaklning chegarasini belgilash menyusi yorlig‘i LzJ bosiladi va shakl chegarasini belgilash paneli ochiladi;
Shakl chegarasini belgilash panelida sozlamalar tugmasi Q bosiladi va natijada ochilgan menyudan Paste Stroke buyruq qatori tanlanadi.
|
| |