Kaltalash, aylantirish va xolst o‘lchamini sozlash




Download 2,01 Mb.
bet49/66
Sana13.06.2024
Hajmi2,01 Mb.
#263336
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Kaltalash, aylantirish va xolst o‘lchamini sozlash
Photoshop dasturi umumiy hujjatni kaltalash, aylantirish va o‘lchamini o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
Tasvirni Crop buyrug‘i yordamida kaltalash uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Belgilash uskunalari yordamida tasvirning saqlab qolinadigan qismi belgilanadi;

  2. Dasturning Image menyusidan Crop buyruq qatori tanlanadi.

Dastuming Trim buyrug‘i Crop buyrug‘idan farqli ravishda tasvirning keraksiz qismlarini kaltalash imkoniyatini beradi. Trim buyrug‘i yordamida tasvir atrofidagi shaffof piksellarni, orqa fon rangidagi piksellarni yoki belgilangan rangdagi piksellarni qirqib tashlash mumkin.
Tasvirni Trim buyrug‘i yordamida kaltalash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Dasturning Image menyusidan Trim buyruq qatori tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:






  1. Ochilgan dialog oynasidan quyidagilarni tanlash mumkin:

  • Transparent Pixels tasvirning chegaralaridagi shaffof piksellarni qirqib tashlaydi;

  • Top Left Pixel Color tasvirdan yuqori chap piksel rangiga teng bo‘lgan piksellarni o‘chiradi;

  • Bottom Right Pixel Color tasvirdan pastki o‘ng piksel rangiga teng bo‘lgan piksellarni o‘chiradi;

  1. Tasvirdan qirqib tashlanadigan bir yoki bir nechta maydonlar tanlanadi: yuqori, past, chap, o‘ng.

Bir nechta kichik o‘lchamdagi rasmlarni bir vaqtda skaner qurilmasida skanerlab yagona tasvirni yaratib olish mumkin. Photoshop dasturining Crop and Straighten Photos buyrug‘i yordamida avtomatik ravishda bir-nechta rasmlardan tashkil topgan tasvirdan alohida tasvirlarni yaratib olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Bir-nechta rasmlardan iborat tasvirni dastur yordamida ochish kerak;

  1. Tasvir joylashgan qavatni tanlash kerak;

  2. Dasturning File menyusi Automate bo‘limidan Crop and Straighten Photos buyruq qatorini tanlash kerak.

Natijada har bir rasm alohida oynada ochiladi.
Ruler uskunasining Straighten xususiyati tasvirni undagi asosiy chiziqlarga nisbatan to‘g‘irlash imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Dasturning uskunalar panelidan Ruler ^3 uskunasini tanlash;

  2. Uskuna yordamida tasvirda asosiy gorizontal yoki vertikal chiziqlar bo‘ylab chiziladi:







  1. Dasturning xususiyatlar panelida Straighten Layer tugmasini bosish kerak. Natijada tasvir belgilangan chiziq bo‘ylab to‘g‘rilanadi:






Image Rotation buyruqlari yordamida butun tasvirni aylantirish yoki akslantirib olish mumkin. Image Rotation buyruqlari dasturning Image menyusi Image Rotation bo‘limidan tanlanadi va ular quyidagilardan iborat:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   66




Download 2,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kaltalash, aylantirish va xolst o‘lchamini sozlash

Download 2,01 Mb.