• Tasvirga maxsus rang effektlarini qo‘llash
  • Ton o‘zgarishlarini tez bajarish




    Download 2,01 Mb.
    bet46/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Ton o‘zgarishlarini tez bajarish
    Auto Contrast buyrugd yordamida tasvirning kontrastini avtomatik sozlab olish mumkin. Buyruq yordamida tasvirning soya darajasi toza qora (0 qiymat) va yorugdik darajasi toza oq (255 qiymat) ranglarga tenglashtiradi. Natijada tasvirning yorug‘lik darajalari yorqinroq, soya darajasi qoraroq ko‘rinishga o‘zgaradi.
    Tasvirga Auto Contrast buyrug‘ini quyidagicha qo‘llash mumkin:

    1. Panellar bodimining sozlamalar panelidan darajalar Ш yoki egriliklar El yorliqlarini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bodimidan Levels yoki Curves buyruq qatorlarini tanlash kerak;

    2. Panellar bodimidagi xususiyatlar panelidan klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda Auto tugmasini bosish kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:







    1. Dialog oynasining Algorithms bo‘limidan Enhance Monochromatic Contrast elementi belgilanadi;

    2. Dialog oynasining Target Colors & Clipping bo‘limidan soya (Shadows) va yorug‘lik (Highlights) ranglari belgilanadi;

    3. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.

    Auto Color buyrug‘i tasvirning kontrasti va rangini avtomatik sozlash imkoniyatini beradi. Tasvirga Auto Color buyrug‘ini quyidagicha qo‘llash mumkin:

    1. Panellar bodimining sozlamalar panelidan darajalar II yoki egriliklar II yorliqlarini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Levels yoki Curves buyruq qatorlarini tanlash kerak;

    2. Panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda Auto tugmasini bosish kerak;

    3. Natijada ochilgan dialog oynasining Algorithms bo‘limidan Find Dark & Light Colors va Snap Neutral Midtones elementlarini belgilash kerak;

    4. Dialog oynasining Target Colors & Clipping bo‘limidan soya va yorug‘lik ranglari belgilanadi va o‘rta ton uchun maqsad rangi tanlanadi;

    5. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi:




    Tasvirga maxsus rang effektlarini qo‘llash


    Photoshop dasturining Desaturate buyrug‘i rangli tasvimi kulrang tasvirga o‘giradi va tasvirning rang rejimini o‘zgartirmaydi. Masalan, RGB rang rejimida pikselning qizil, yashil va moviy ranglariga bir xil qiymat qo‘yadi. Pikselning yorug‘lik qiymati o‘zgarmaydi. Desaturate buyrug‘i tasvirning ma’lumotlarini butunlay o‘zgartirib yubopradi. Tasvir ma’lumotlariga ta’sir ko‘rsatmagan holda tasvirga o‘zgartirish kiritish uchun Hue/Saturation buyruqlaridan foydalanish mumkin.
    Rangli tasvirni kulrang tasvirga o‘girish uchun dasturning Image menyusi Adjustments bo‘limidan Desaturate buyruq qatorini tanlash kerak.
    Dasturning Invert buyrug‘i tasvirning ranglarini akslantirish imkoniyatini beradi. Tasvirning ranglari akslantirilganda har bir pikselning yorug‘lik qiymati aks qiymatga o‘zgartiriladi. Masalan, tasvirda yorug‘lik qiymati 255 teng pikselning qiymati akslantirilganda 0 ga teng, yorug‘lik qiymati 5 ga teng bo‘lsa akslantirilganda qiymati 250 teng bo‘ladi.
    Tasvirning ranglarini akslantirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:

    • panellar bo dimming sozlamalar panelidan akslantirish yorligdni bosish kerak;

    • dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Invert buyruq qatorini tanlash va ochilgan dialog oynasidan OK tugmasini bosish kerak:






    Dastuming Threshold buyrug‘i kulrang yoki rangli tasvirlami yuqori kontrastli oq-qora tasvirga o‘giradi. O‘girish jarayonida uning chegarasini belgilash mumkin. Chegara qiymatidan yorug‘roq bo‘lgan barcha piksellar oq rangga, chegar qiymatidan qoraroq bo‘lgan barcha piksellar qora rangga o‘zgaradi.
    Kulrang yoki rangli tasvirni oq-qora rangga o‘girish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Panellar boMimining sozlamalar panelidan oq-qora ragga o‘girish S yorlig‘ini bosish yoki dastuming Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Threshold buyruq qatorini tanlash kerak;

    2. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan o‘girish chegarasini belgilash uchun slayderni siljitish kerak.

    Quyida o‘girish chegarasining qiymati 128 teng bo‘lgan o‘girish ko‘rsatilgan:





    Photoshop dasturining Gradient Map sozlamasi belgilangan gradiyent ranglarini tasvirning kulrang qiymatlariga biriktiradi. Agar gradiyent ikkita rangdan tashkil topgan bo‘lsa tasvirning soya ranglari gradiyentning birinchi rangiga, tasvirning yorug‘lik ranglari gradiyentning ikkinchi rangiga biriktiriladi.
    Tasvirga Gradient Map sozlamasini qo‘llash uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Panellar bodimining sozlamalar panelidan Gradient Map H yorligdni bosish yoki dastuming Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Gradient Map buyruq qatorini tanlash kerak;

    2. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan kerakli gradiyent tanlab olinadi:







    1. Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidan quyidagi elementlarni tanlash mumkin:

    Dither

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ton o‘zgarishlarini tez bajarish

    Download 2,01 Mb.