|
Rashid turgunbaev
| bet | 47/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMAReverse
Dither - tasodifiy shovqin qo‘shib gradiyent to‘ldirilishni silliqlaydi;
Reverse - gradiyent to‘ldirilishning yo‘nalishini akslantiradi.
Quyida Gradient Map sozlamasida ikkita rangli gradiyent qo‘llanilgan tasvir ko‘rsatilgan:
Ranglar balansi sozlamalarini qo‘llash
Color Balance buyrug‘i tasvirning umumiy ranglar aralashmasini o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Ranglar balansi sozlamalarini qo‘llash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
-
Channels panelida barcha rang kanallari tanlanganligiga ishonch hosil qilinadi;
-
Panellar boMimining xususiyatlar panelidan ranglar balansi ^ yorlig‘ini bosish yoki dasturning Layer menyusi New Adjustment Layer bo‘limidan Color Balance buyruq qatorini tanlash kerak. Ochilgan dialog oynasida OK tugmasini bosish kerak;
-
Panellar bo‘limining xususiyatlar panelida Tone elementiga ranglar balansi sozlanishi kerak bo‘lgan tasvirning ranglar to‘plami, jumladan, soya, yorug‘lik yoki o‘rta ranglari belgilanadi;
-
Panellar bo‘limining xususiyatlar panelidagi ranglar slayderlarining qiymatlarini o‘zgartirish orqali tasvirning ranglar balansi o‘zgartiriladi. Slayder ko‘rsatkichini tasvirda ko‘paytirilishi kerak bo‘lgan rang tomon siljitish kerak bo‘ladi:
|
| |