• Qavat effektlari va stillari
  • Properties
  • Qavatlar va guruhlarni boshqarish




    Download 2,01 Mb.
    bet36/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Qavatlar va guruhlarni boshqarish
    Photoshop dasturida bajarilayotgan loyihani tartibli saqlash maqsadida qavatlar va qavat guruhlarini boshqarish kerak bo‘ladi. Qavatlarni qayta nomlash, o‘xshash qavatlarni oson topish maqsadida ularni rangga bo‘yash, qavatlarni o‘chirish va eksport qilish imkoniyatlari mavjud.
    Tasvirga yangi qavat yoki qavatlar guruhini qo‘shganda undagi kontentning mazmunini aks ettiruvchi nom berish maqsadga muvofiq. Mazmunli nomga ega qavatlarni qavatlar panelida oson topish mumkin bo‘ladi. Qavat yoki qavatlar guruhini qayta nomlash uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:

    • qavatlar panelida qavat yoki qavatlar gurihining nomi ustiga sochqon ko‘rsatkichini joylashtirib ikki marta bosib yangi nom kiritiladi va klaviaturaning Enter tugmasi bosiladi;

    • qavatlar panelida qavat yoki qavatlar guruhi tanlanadi, dasturning Layer menyusidan Rename Layer yoki Rename Group buyruq qatorlari tanlanadi. Qavat yoki qavatlar guruhining yangi nomi kiritiladi va klaviaturaning Enter tugmasi bosiladi.

    Qavatlar panelida qavat yoki qavatlar guruhining rangini o‘zgartirish uchun qavat yoki qavatlar guruhi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst menyusidan kerakli rang (qizil, qovoqrang, sariq, yashil, moviy, siyoxrang, kulrang) tanlab olinadi.
    Vektorli ma’lumotlarga ega qavatlarda chizish uskunalarini yoki filtrlami qo‘llab bo‘lmaydi. Buning uchun ushbu qavatlarni rasterlash kerak bo‘ladi. Vektorli ma’lumotlar mavjud qavatlarni rasterlash uchun dasturning Layer menyusi Rasterize bo‘limidan quyidagi buyruq qatorlarini tanlash mumkin:

    • Type - matn qavatida matnlarni rasterlaydi. Qavatdagi boshqa vektorli ma’lumotlarni rasterlamaydi;

    • Shape - shakl qavatini rasterlaydi;

    • Fill Content - shakl qavatining to‘ldiruvchisini rasterlaydi. Vektorli maska rasterlanmaydi;

    • Vector Mask - qavatdagi vektorli maskani rasterlaydi va uni qavat maskasiga o‘zgartiradi;

    • Smart Object - Smart Object elementini rasterli qavatga o‘zgartiradi;

    • Video - joriy video kadrni rasterlab tasvir qavatini hosil qiladi;

    • 3D - uch o‘lchamli obyektning joriy ko‘rinishini rasterlab ikki o‘lchamli qavat hosil qiladi;

    • Layer - belgilangan qavatdagi barcha vektorli ma’lumotlarni rasterlaydi;

    • All Layers - vektorli ma’lumotga ega barcha qavatlarni rasterlaydi.

    Belgilangan qavat yoki qavatlar guruhini o‘chirish uchun quyidagilardan birini
    bajarish kerak:

    • tasdiqlovchi xabar bilan o‘chirish uchun qavatlar panelidan o‘chirish K9 tugmasini bosish kerak; dasturning Layer menyusi Delete bo‘limidan Layer yoki Group buyruq qatorlarini tanlash kerak; qavatlar panelining menyusidan Delete Layer yoki Delete Group buyruq qatorlarini tanlash kerak;

    • tasdiqlovchi xabarsiz o‘chirish uchun qavat yoki qavatlar guruhini sichqon

    ko‘rsatkichi bilan ushlab qavatlar panelidagi o‘chirish О tugmasi ustiga qo‘yish kerak; klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelidagi o‘chirish
    О tugmasi bosish kerak; klaviaturaning Delete tugmasini bosish kerak;

    • yashirilgan qavatlarni o‘chirish uchun dasturning Layer menyusi Delete bo‘limidan Hidden Layers buyruq qatorini tanlash kerak.

    Barcha qavatlarni yoki barcha ko‘rinuvchi qavatlarni alohida faylga eksport qilish uchun File menyusi Scripts bo‘limidan Export Layers To Files buyruq qatorini tanlash kerak.
    Qavatlar bilan ishlab bo‘lingandan so‘ng tasvir faylining hajmini kamaytirish uchun qavatlarni birlashtirish mumkin. Qavatlar birlashtirilganda yuqorida joylashgan qavatning ma’lumotlari uning ostidagi qavat ma’lumotlarmi almashtiradi. Birlashtiriladigan qavatlarning umumiy shaffof maydonlari shaffofligini saqlab qoladi.
    Ikkita qavat yoki qavatlar guruhini birlashtirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Birlashtirilishi kerak bo‘lgan qavatlar aks ettirilganligiga ishonch hosil qilish kerak;

    2. Birlashtirilishi kerak bo‘lgan qavatlar yoki qavat guruhlarini tanlash kerak;

    3. Dasturning Layer menyusidan Merge Layers buyruq qatorini tanlash kerak. Barcha aks ettirilgan qavatlarni birlashtirish uchun qavatlar panelining

    menyusidan Merge Visible buyruq qatorini tanlash kerak.
    Photoshop dasturida qavatlarni saqlagan holda ularni birlashtirib yangi qavat hosil qilish mumkin. Buning uchun muxrlash jarayonidan foydalanish mumkin. Bir
    nechta qavatlar muxrlanganida qavatlarning ma’lumotlarini birlashtirnvchi yangi qavat hosil qilinadi.
    Bir nechta qavatni muxrlash uchun quyidagilami bajarish kerak:

    1. Muxrlanadigan qavatlar tanlanadi;

    2. Klaviaturadan Ctrl+Alt+E tugmalar kombinatsiyasi bosiladi.

    Barcha aks ettirilgan qavatlarni muxrlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Birlashtirilishi kerak bo‘lgan barcha qavatlarni aks ettirilganligiga ishonch hosil qilish kerak;

    2. Klaviaturadan Shift+Ctrl+Alt+E tugmalar kombinatsiyasini bosish kerak.

    Qavat effektlari va stillari
    Photoshop dasturi qavatdagi ma’lumotlarini o‘zgartirmagan holda uning ko‘rinishini o‘zgartiruvchi turli effektlarni taqdim etadi. Qavat effektlari qavatning kontentiga bog‘liq bo‘ladi. Qavatning joylashishi yoki undagi ma’lumotlar o‘zgartirilsa bir xil effekt o‘zgartirilgan ma’lumotlarga qo‘yiladi. Masalan, matn qavatiga soya effekti qo‘yilgan bo‘lsa, matn o‘zgartirilganda bir xil soya effekti o‘zgartirilgan matnga ham qo‘yiladi.
    Qavat stili deb qavat yoki qavatlar guruhiga qo‘yilgan bir yoki bir nechta effektlarga aytiladi. Qavat yoki qavatlar guruhiga dastur tomonidan taqdim etiladigan stillar andozasini qo‘llash yoki qavat stili dialog oynasi yordamida yangi stil yaratish mumkin. Qavatga effekt qo‘yilganda qavatlar panelida qavatning o‘ng qismida qavat eggekti yorlig‘i aks ettiriladi. Yorliqning o‘ng qismida joylashgan ko‘rsatkich yordamida qavatga qo‘yilgan effektlar ro‘yxatini aks ettirish yoki yashirish mumkin.
    A

    Properties Layers 3D Cha

    nnets Ш


    Download 2,01 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66




    Download 2,01 Mb.