• Maska qavatlari
  • Qavatlarni tanlash, guruhlash va bog‘lash




    Download 2,01 Mb.
    bet33/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Qavatlarni tanlash, guruhlash va bog‘lash
    Bir nechta qavatlar bilan ishlash uchun ularni bir vaqtda belgilab olish mumkin. Chizish va rang qiymatlarini o‘zgartirish kabi amallar uchun bir vaqtning o‘zida faqatgina bitta qavat bilan ishlash mumkin. Joriy tanlangan qavat faol qavat deyiladi. Faol qavatning nomi joriy hujjatning sarlavha qismida aks ettiriladi. Siljitish, tartiblash, shaklini o‘zgartirish va stillar panelidan stil qo‘llash kabi amallar uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta qavatlarni tanlab ishlash mumkin.
    Qavatlar panelida qavatlarni tanlash uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:

    • qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan tanlash;

    • bir nechta ketma-ket qavatlarni tanlash uchun birinchi qavat tanlanadi, so‘ng, klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda belgilanishi kerak bo‘lgan oxirgi qavat tanlanadi;

    • bir nechta ketma-ket bo‘lmagan qavatlarni tanlash uchun klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda ushbu qavatlarni sichqon ko‘rsatkichi bilan tanlash kerak;

    • barcha qavatlarni tanlash uchun dasturning Select menyusidan All Layers buyruq qatorini tanlash kerak;

    • belgilangan qavatga o‘xshash qolgan barcha qavatlarni tanlash uchun dasturning Select menyusidan Similar Layers buyruq qatorini tanlash kerak;

    • qavatning tanlanishini bekor qilish uchun klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda ushbu qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan tanlash kerak.

    Ish sohasida qavatlarni tanlash uchun uskunalar panelidan siljitish uskunasini I tanlab quyidagilami bajarish kerak:

    • dasturning xususiyatlar panelidan Auto Select elementini belgilab ochiladigan menyudan Layer qatorini tanlanadi. Ish sohasida tanlash kerak bo‘lgan qavat ustiga sochqon ko‘rsatkichi bilan bosiladi. Sichqon bosilgan joyda pikselga ega eng yuqoridagi qavat tanlanadi;

    • dasturning xususiyatlar panelidan Auto Select elementini belgilab ochiladigan menyudan Group qatorini tanlanadi. Ish sohasida tanlash kerak bo‘lgan kontent ustiga sochqon ko‘rsatkichi bilan bosiladi. Sichqon bosilgan joyda pikselga ega eng yuqoridagi qavatlar guruhi tanlanadi;

    • tasvir ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst menyusidan kerakli qavat tanlab olinadi. Sichqon bosilgan joyda pikselga ega barcha qavatlarning ro‘yxati kontekst menyusida aks ettiriladi.

    Qavatlar guruhidagi biror bir qavatni tanlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Qavatlar panelida qavatlar guruhi tanlanadi;

    2. Qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tomonidagi ko‘rsatkich Q bosiladi;

    3. Qavatlar guruhining ochilgan ro‘yxatidan kerakli qavatni tanlab olish mumkin.

    Qavatlarni guruhlash loyihani tashkil etishda yordam beradi va qavatlar panelini tartibli saqlaydi. Qavatlarni guruhlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Qavatlar panelida bir nechta qavatlar tanlanadi;

    2. Dasturning Layer menyusidan Group Layers buyruq qatorini tanlash yoki sichqon ko‘rsatkichi bilan qavatlarni ushlab qavatlar panelining yangi qavatlar

    guruhini yaratish tugmasr ushga qo‘y1Sh kerak;
    Qavatlarning guruhlanishini bekor qilish uchun qavatlar guruhini tanlab dasturning Layer menyusidan Ungroup Layers buyruq qatorini tanlash kerak.
    Qavatlar guruhiga qavat qo‘shish uchun quyidagilarni bajarish mumkin:

    • Qavatlar panelida qavatlar guruhi tanlanadi va yangi qavat yaratish 0 tugmasini bosish kerak;

    • Qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab qavat ustiga qo‘yish kerak;

    • Qavatlar guruhini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab boshqa qavat guruhi ustiga qo‘yish kerak;

    • Qavat guruhini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab yangi qavatlar guruhini

    yaratish D tugmasi ustiga qo'yish kerak.
    Qavatlar ketma ketligining har xil joyida joylashgan bo‘lsa ham qavatlarni bog‘lash orqali ular o‘rtasida munosabat o‘rnatish mumkin. Ikki va undan ortiq qavatlarni yoki qavat guruhlarini bog‘lash mumkin. Bir vaqtning o‘zida tanlangan bir nechta qavatlardan farqli ravishda bog‘langan qavatlar ushbu bog‘lanish olib tashlanmagunicha bog‘langan bo‘lib turadi. Bog‘langan qavatlarni siljitish yoki shaklini o‘zgartirish mumkin. Qavatlarni bog‘lash uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Qavatlar panelida bir nechta qavatlar yoki qavat guruhlari tanlanadi;

    2. Qavatlar panelida bogdash I tugmasini bosish kerak.

    Qavatlarning bog‘liqligini bekor qilish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:

    • bogdangan qavatlami tanlab bogdash I tugmasini bosish kerak;

    • qavatning bogdanishini vaqtinchalik bekor qilish uchun klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda qavatning o‘ng tomonidagi bogdanish yorligdni sichqon ko‘rsatkichi bilan bosish kerak. Natijada yorliq ustiga qizil chiziqlar chiziladi.

    Qavat kontentining chegaralarini aks ettirish ushbu kontentni siljitish va tartiblashni osonlashtiradi. Bundan tashqari tanlangan qavatni odchamini o‘zgartirish yoki burish uchun uning boshqarish tutgichlarini aks ettirish mumkin.
    Qavatning chegaralarini aks ettirish uchun dasturning View menyusi Show bodimidan Layer Edges buyruq qatorini tanlash kerak. Qavatning chegaralarini aks ettirish quyidagi ko‘rinishga ega bodadi:





    Qavatning boshqarish tutgichlarini aks ettirish uchun uskunalar panelidan
    siljitish uskunasini I tanlab dasturning xususiyatlar panelidan Show Transform Controls elementini tanlash kerak. Qavatning boshqarish tutgichlarini aks ettirish quyidagi ko‘rinishga ega bodadi:



    Maska qavatlari


    Qavatga maska qo‘yish orqali ushbu qavatning qismini yashirib uning tagida joylashgan qavatni aks ettirish mumkin. Photoshop dasturida ikki turdagi maskalarni yaratib olish mumkin:

    1. Qavat maskalari - piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lgan rastrli tasvir bo‘lib chizish yoki tanlash uskunalari yordamida tahrirlanadi;

    2. Vektorli maska - piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lmay va pero yoki shakl uskunalari yordamida yaratiladi.

    Qavatlar panelida qavat va vektorli maskalar qavat yorlig‘iga qo‘shimcha yorliq sifatida aks ettiriladi. Qavat maskasi uchun qo‘shimcha yorliq kulrang diagramma ko‘rinishiga ega. Vektorli maska uchun qo‘shimcha yorliq maska shaklida qavatdan qirqib olingan shakl ko‘rinishiga ega.


    Download 2,01 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qavatlarni tanlash, guruhlash va bog‘lash

    Download 2,01 Mb.