• QAVATLAR Qavatlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar
  • Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar




    Download 2,01 Mb.
    bet30/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    ^ Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

    1. Photoshop dasturida tasviming o‘lchami qanday o‘zgartiriladi?

    2. Piksel deganda nima tushiniladi?

    3. Qanday faktorlar tasviming sifatiga ta’sir qiladi?

    4. Piksellar zichligi deganda nima tushiniladi?

    5. Rang kanallari qanday turdagi ma’lumotlarni saqlaydi?

    6. Har bir rang kanali uchun ranglar miqdori 8 bit qiymatga ega RGB rang rejimidagi tasvirda jami qancha rang ma’lumotlari mavjud?

    7. Piksellar zichligi tasvir sifatiga qanday ta’sir qiladi?

    8. Photoshop dasturi ishlay oladigan tasvirlarning maksimal o‘lchami qanday?

    9. Photoshop dasturida tasvirga o‘zgartirish kiritmagan holda qanday qilib aynaltirib ko‘rish mumkin?

    10. Tasvirning rang rejimini o‘zgartirishdan oldin qanday amallarni bajarish maqsadga muvofiq?

    11. Qanday rang rejimlari mavjud?

    12. Ranglarni aralashtirish jarayoni qanday ranglar farqlanadi?

    13. Photoshop dasturida mavjud ekran rejimlari to‘g‘risida ma’lumot bering.

    14. Qayta namunalash jarayoning mazmuni to‘g‘risida tushuncha bering.

    15. Rang rejimlariga misollar keltiring.

    QAVATLAR
    Qavatlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar
    Photoshop dasturidagi qavatlar ustma-ust taklangan shaffof qog‘ozlarga o‘xshaydi. Qavatning shaffof maydonlari orqali uning tagidagi qavatlarni ko‘rish mumkin. Qavatdagi tasvirni boshqa qavatlarga nisbatan joylashuvini o‘zgartirish uchun ushbu qavatni siljitish mumkin. Bundan tashqari qavatning xiralik darajasini o‘zgartirib uni qisman shaffof qilish mumkin. Odatda qavatlardan bir nechta tasvirdan kompozitsiya tayyorlanganda, tasvirga matn yoki vektorli grafik figuralar qo‘shganda foydalaniladi. Qavatlarga maxsus effektlar qo‘shish mumkin.
    Yangi tasvir bitta qavatga ega. Tasvirga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan qavatlar, qavat effektlari va qavat to‘plamlarining soni faqatgina kompyuterning texnik
    imkoniyatlari bilan chegaralanadi. Qavatlar bilan Qavatlar paneli yordamida ishlanadi. Qavat guruhlari qavatlarni tartiblash va boshqarishga yordam beradi. Qavat guruhlaridan paneldagi qavatlarni mantiqiy tartiblashda foydalaniladi. Xususiyatlar va maskalarni bir vaqtning o‘zida guruhdagi barcha qavatlarga qo‘llash mumkin.
    Ba’zi hollarda qavatlar aniq bir kontentga ega bo‘lmaydi. Masalan, sozlama qavatlar undan pastdagi qavatlarga ta’sir qiladigan rang va ton sozlamalarini o‘z ichiga oladi. Tasvir joylashgan qavatga tegmagan holda sozlama qavatga o‘zgartirish kiritish orqali tasvirni o‘zgartirish mumkin.
    Smart Object deb nomlanadigan maxsus turdagi qavatlar bir yoki bir nechta qavatlarni o‘z ichiga oladi. Smart Object qavatini tasvir piksellariga o‘zgartirish kiritmasdan o‘zgartirish (masshtablash, qiyshaytirish yoki shaklini o‘zgartirish) mumkin.
    Photoshop dasturida qavatlar paneli barcha qavatlar, qavat guruhlari va qavat effektlari ro‘yxatini aks ettiradi. Qavatlar paneli orqali qavatlarni aks ettirish yoki yashirish, yangi qavat yaratish va qavat guruhlari bilan ishlash mumkin. Qavatlar paneli quyidagi ko‘rinishga ega:

    Q, Kmd

    P j т ri ^

    Normal

    v Opacity: 100%

    Lode S3

    / ♦$* £$ О Як 100%


    Layers


    О
    О


    jiai Group 1


    Layer 1



    L
    О
    ayer
    2
    О Effects О Stroke О Drop Shadow
    О Background
    oo fxdjm
    A - qavatlar panelining menyusi, B - filtr, C - qavatlar guruhi, D - qavat, E -
    qavat effektlari ro‘yxatini aks ettirish/yashirish, F - qavat effekti, G - qavat


    Download 2,01 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   66




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar

    Download 2,01 Mb.