• Ranglarni aralashtirish rejimlari
  • Rashid turgunbaev




    Download 2,01 Mb.
    bet28/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Sample All Layers elementi belgilangan pikselning rangini tasvining o‘sha joydagi barcha qavatlarning piksellari ranglari kombinatsiyasi orqali belgilaydi;

    - Opacity elementining qiymati o‘chirishning xiraligini belgilaydi. Opacity elementining 100% qiymati piksellarni butunlay o‘chiradi. Opacity elementining kichik qiymati piksellarni qisman o‘chiradi.

    1. Magic Eraser uskunasi tasvir qavatining o‘chirilishi kerak bo‘lgan joyiga bosiladi.

    Background Eraser uskunasi tasvirning qavatidagi belgilangan namunadagi piksellarni shaffofga o‘zgartiradi. Background Eraser uskunasi rang namunasini o‘chirg‘ich markazidan oladi va o‘chirg‘ich doirasidagi barcha shu rangdagi piksellarni o‘chiradi. Uskunadan foydalanish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Q
      2. Uskunalar panelidan Backgroud Eraser uskunasi



      tanlanadi;

      avatlar panelidan o‘chirilishi kerak bo‘lgan qavat tanlanadi;


    3
    bosiladi va


    . Xususiyatlar panelidan o‘chirg‘ich andozalari tugmasi quyidagi panel ochiladi:

    Size:

    px







    Hardness:

    100%




    *

    Spacing:

    Z5%

    A




    Angle: 0C



    Bound ness: 100%






    Size: Off v
    Tolerance: Pen Pressure ^ Д
    Ochilgan paneldan o‘chirg‘ichning o‘lchami (Size),
    qattiqligi (Hardness), o‘chirishda joy tashlanishi (Spacing), burchagi (Angle) va yumaloqligi (Roundness) kabi xususiyatlari belgilanadi.

    1. Xususiyatlar panelidan rang namunasini olishning quyidagi usullarini belgilab olish mumkin:

    • Continuous н1 - o‘chirg‘ich yurgizilganda o‘chirish uchun rang namunasi doimiy ravishda o‘chirg‘ich markazidan olinadi;

    • Once ^ - rang namunasi o‘chirg‘ich markazidan bir marta olinadi;

    • Background Swatch Eli - uskunalar panelida tanlangan orqa fon rangi olinadi;

    1. O‘chirg‘ich tasvirning o‘chirilishi kerak bo‘lgan maydonlarida yurgiziladi.

    Ranglarni aralashtirish rejimlari
    Photoshop dasturining xususiyatlar panelida belgilanadigan ranglarni aralashtirish rejimlari tasvirdagi piksellarga chizish yoki tahrirlash uskunalarini ta’sirini belgilaydi. Ranglarni aralashtirish jarayoni quyidagi ranglar farqlanadi:

    • asosiy rang - tasvirdagi birlamchi rang;

    • qorishma rang - chizish yoki tahrirlash uskunalari ta’sirida joriy etiladigan

    rang;

    • natija rangi - aralashtirish jarayonidan keyingi rang.

    Dasturda quyidagi ranglarni aralashtirish rejimlari mavjud:

    • Normal - chiziladigan yoki tahrirlanadigan har bir piksel natija rangini belgilangan rangga o‘zgartiradi;

    • Dissolve - chiziladigan yoki tahrirlanadigan har bir piksel natija rangini belgilangan rangga o‘zgartiradi. Lekin, natija rangi asosiy yoki qorishma ranglar bilar tasodifiy almashtiriladi;

    • Behind - qavatning faqat shaffof maydonlariga chizadi yoki tahrirlaydi;

    • Clear - har bir pikselni chizganda yoki tahrirlaganda uni rangini shaffofga o‘zgartiradi;

    • Darken - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va ulardan eng to‘qini natija rangi sifatida belgilaydi;

    • Multiply - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va natija rang qiymatini qorishma rang qiymatiga ko‘paytiradi;

    • Color Burn - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va natija rangini qorishma rang bilan orasidagi kontrastni oshirib to‘q qiladi;

    • Linear Burn - tasviming har bir rang kanallari tahlil qiladi va natija rangini qorishma rang yorqinligini pasaytirib to‘q qiladi;

    • Lighten - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi, asosiy va qorishma ranglardan qaysi biri ochroq bo‘lsa ushbu rangni natija rangi sifatida belgilaydi;

    • Screen - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi, qorishma va asosiy ranglarning aksi qiymatini ko‘paytiradi;

    • Color Dodge - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va asosiy rangni qorishma rang bilan orasidagi kontrastni kamaytirib yorqin qiladi;

    • Linear Dodge - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va asosiy rangni qorishma rang yorqinligini oshirib yorqin qiladi;

    • Overlay - asosiy rangga bog‘liq holda rang qiymatlarini ko‘paytiradi yoki pasaytiradi;

    • Soft Light - qorishma rangga bog‘liq holda ranglarni to‘q yoki och qiladi;

    • Hard Light - qorishma rangga bog‘liq holda rang qiymatlarini ko‘paytiradi yoki pasaytiradi;

    • Vivid Light - qorishma rangga bog‘liq holda kontrastni oshirib yoki pasaytirib ranglarni o‘zgartiradi;

    • Linear Light - qorishma rangga bog‘liq holda yorqinlikni oshirib yoki pasaytirib ranglarni o‘zgartiradi;

    • Pin Light - qorishma rangga bog‘liq holda ranglarni almashtiradi;

    • Hard Mix - qorishma rangning qizil, yashil va ko‘k kanallarining qiymatlarini asosiy rangning RGB qiymatlariga qo‘shadi;

    • Difference - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi, asosiy rang qiymatidan qorishma rang qiymatini ayiradi yoki aksincha;

    • Exclusion - kontrasti past Difference rang aralashtirish rejimiga o‘xshash effekt yaratadi;

    • Subtract - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi, asosiy rang qiymatidan qorishma rang qiymatini ayiradi;

    • Divide - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi, asosiy rang qiymatini qorishma rang qiymatiga bo‘ladi;

    • Hue - natija rangni asosiy rangning yorug‘lik va to‘yinish qiymatlari va qorishma rangning tuslanish qiymatlari asosida yaratadi;

    • Saturation - natija rangni asosiy rangning yorug‘lik va to‘yinish qiymatlari va qorishma rangning to‘yinish qiymatlari asosida yaratadi;

    • Color - natija rangni asosiy rangning yorug‘lik qiymati va qorishma rangning tuslanish va to‘yinish qiymatlari asosida yaratadi;

    • Luminosity - natija rangni asosiy rangning tuslanish va to‘yinish qiymatlari va qorishma rangning yorug‘lik qiymati asosida yaratadi;

    • Lighter Color - asosiy va qorishma ranglarning barcha rang kanallarining qiymatlarini solishtiradi va yuqoriroq qiymatini aks ettiradi;

    • Darker Color - asosiy va qorishma ranglarning barcha rang kanallarining qiymatlarini solishtiradi va kamroq qiymatini aks ettiradi.


    Download 2,01 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




    Download 2,01 Mb.