|
Rashid turgunbaev
|
bet | 29/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMARanglarni tanlash
Photoshop dasturida chizish va bo‘yash uchun old fon rangini, gragiyent bo‘yash va tasvirning o‘chirilgan maydonlarni bo‘yash uchun orqa fon rangidan foydalaniladi. Old va orqa fon ranglari ba’zi maxsus effektlar va filterlar tomonidan ishlatiladi. Old va orqa ranglarni Eyedropper uskunasi, ranglar paneli, rang andozalari paneli va Adobe Color Picker oynadi yordamida tanlab olish mumkin. Old fon rangining birlamchi qiymati qora rang, orqa fon rangining birlamchi qiymati oq rang.
R
C
A
4 П
anglarni uskunalar panelida tanlab olish mumkin. Joriy old fon rangi rang tanlash maydonining yuqoridagi maydonda, joriy orqa fon rangi pastki maydonda joylashgan:
A - old fon rangi maydoni, B - orqa fon rangi maydoni, C - old va orqa fon rangini birlamchi qiymatga qaytarish, D - old va orqa fon ranglarini almashtirish Old fon rangini o‘zgartirish uchun yuqorida joylashgan rang maydoni tanlanadi va ochilgan Adobe Color Picker oynasidan kerakli rang tanlanadi. Orqa fon rangini
o‘zgartirish uchun pastda joylashgan rang maydoni tanlanadi va ochilgan Adobe Color Picker oynasidan kerakli rang tanlanadi.
Old va orqa fon ranglarini belgilash uchun Eyedropper uskunasidan foydalanish mumkin. Uskuna yordamida rang qiymatini joriy tasvirning ixtiyoriy joyidan tanlab olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Uskunalar panelidan Eyedropper uskunasi fl tanlanadi;
Dasturning xususiyatlar panelidan namuna o‘lchamini Sample Size elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni tanlash orqali:
Point Sample - tanlangan pikselning aniq qiymatini oladi;
3 by 3 Average, 5 by 5 Average, 11 by 11 Average, 31 by 31 Average, 51 by 51 Average, 101 by 101 Average - tanlangan maydondagi belgilangan miqdordagi piksellarning o‘rtacha qiymatini oladi.
Sample elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni belgilash mumkin:
All Layers - rang qiymatini hujjatdagi barcha qavatlardan olinadi;
Current Layer - rang qiymatini joriy faol qavatdan oladi;
Eyedropper uskunasini tanlangan old fon rangini aks ettiruvchi doirani aks ettirish uchun xususiyatlar panelidan Show Sampling Ring elementini belgilash kerak:
Quyidagilardan birini bajarish kerak:
old fon rangini tanlash uchun tasvirning kerakli joyiga sichqon tugmasini bosish;
orqa fon rangini tanlash uchun tasvirning kerakli joyiga klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda sichqon tugmasini bosish.
Adobe Color Picker dialog oynasi yordamida ranglarni to‘rtta rang rejimidan foydalanib tanlash mumkin: HSB, RGB, Lab va CMYK. Adobe Color Picker dialog oynasini old fon, orqa fon va matn ranglarini belgilash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari turli uskunalar, buyruqlar va xususiyatlar uchun maqsadli ranglarni belgilash mumkin. Adobe Color Picker dialog oynasi quyidagi ko‘rinishga ega:
A - tanlangan rang, B - dastlabki rang, C - o‘zgartirilgan rang, D - diapazondan tashqariga chiqish ogohlantiruvchisi, E - web sahifalar uchun tog‘ri kelmaslik ogohlantiruvchisi, F - faqat web sahifalar uchun to‘g‘ri keladigan ranglarni aks ettirsh, G - rang maydoni, H - rang slayderi, I - rang qiymatlari
Adobe Color Picker dialog oynasini aks ettirish uchun quyidagilarni bajarish mumkin:
uskunalar panelidagi old yoki orqa fon rangini tanlash maydonchasini sichqon ko‘rsatkichi bilan bosish kerak;
ranglar panelidagi old yoki orqa fon rangini tanlash maydonchasini sichqon ko‘rsatkichi bilan bosish kerak.
Adobe Color Picker paneli yordamida rangni HSB, RGB va Lab qiymat maydonlariga kerakli rangning qiymatini kiritish, rang maydoni va rang slayderida rang tanlash yordamida belgilash mumkin.
|
| |