Rashid turgunbaev




Download 2,01 Mb.
bet31/66
Sana13.06.2024
Hajmi2,01 Mb.
#263336
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66
Bog'liq
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

yorlig‘i
Qavatlar panelini aks ettirish uchun dastuming Window menyusidan Layers buyruq qatorini tanlash kerak.
Oq yoki rangli orqa fonga ega yangi tasvir yaratilganida qavatlar panelidagi eng pastki qavati orqa fon deyiladi. Har bir tasvir faqatgina bitta orqa fonga ega bo‘ladi. Orqa fon qavatining qavatlar panelidagi joylashishi, ranglarni aralashtirish rejimi va xiraligini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Orqa fon qavatini oddiy qavatga o‘zgartirib uning ushbu xususiyatlarini o‘zgartirib olish mumkin.
Shaffof kontentga ega tasvir yaratilganda tasvir orqa fon qavatiga ega bo‘lmaydi. Tasvirning eng pastki qavati orqa fon qavati kabi cheklovlarga ega bo‘lmaydi.
Orqa fon qavatini oddiy qavatga o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Qavatlar panelida orqa fon qavatini sichqon ko‘rsatkichi bilan ikki marta bosish yoki dastuming Layer menyusining New bo‘limidan Layer From Background buyruq qatorini tanlash kerak;

  2. Ochilgan dialog oynasidan qavatning xususiyatlari belgilanadi:







  1. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.

Oddiy qavatni orqa fon qavatiga o‘zgartirish uchun kerakli qavat tanlanasi va dastuming Layer menyusining New bo‘limidan Background From Layer buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada qavatning barcha shaffof piksellari joriy orqa fon rangiga o‘zgaradi va qavatlar panelining eng pastiga joylashadi.
Qavatlarni bir tasvir doirasida, boshqa bir tasvirga yoki yangi tasvirga diblikat qilish mumkin.
Qavatni bir tasvir doirasida dublikat qilish uchun quyidagilami bajarish kerak:

  1. Qavatlar panelidan qavat yoki guruh tanlanadi;

  2. Tanlangan qavat yoki guruh sichqon ko‘rsatkchi bilan ushlab qavatlar

panelining В tugmasi ustiga tashlanadi yoki dastuming Layer menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan Duplicate Layer yoki Duplicate Group buyruq qatorini tanlash kerak. Ochilgan dialog oynasida qavat yoki guruh uchun nom kiritiladi va OK tugmasi bosiladi:





Qavatni boshqa tasvirga dublikat qilish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Manba va qabul qiluvchi tasvirlar ochiladi;

  2. Qavatlar panelidan manba tasvirning bir yoki bir nechta qavatlari yoki guruh tanlanadi;

  3. Quyidagilarning biri bajariladi:

  • qavatlar panelida belgilangan qavat yoki guruhni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab qabul qiluvchi qavatga o‘tkaziladi;

  • uskunalar panelidan siljitish I uskunasini tanlab manba tasvirdan qabul qiluvchi tasvirga siljitish kerak. Dublikat qilingan qavat yoki guruh qabul qiluvchi tasvirning joriy qavatining ustiga tushadi;

  • dasturning qavatlar menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan Duplicate Layer yoki Duplicate Group buyruq qatorlari tanlanadi. Natijada ochilgan dialog oynasining Destination qismida Document elementining ochiladigan menyusidan qabul qiluvchi tasvir hujjati tanlanadi:

Duplicate: Layer 1
A

Download 2,01 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66




Download 2,01 Mb.