|
Tasvirning qismini o‘chirish
|
bet | 27/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMATasvirning qismini o‘chirish
Photoshop dasturida Eraser (o‘chirg‘ich) uskunasi piksellarni fon rangiga yoki shaffofga o‘zgartiradi. Agar tasvirning fon qavati yoki shaffoflik xususiyati o‘chirilgan qavati bilan ishlanganda piksellarning rangi fon rangiga o‘zgaradi, qolgan hollarda shaffofga o‘zgaradi.
Bundan tashqari, Eraser uskunasini tasvirning belgilangan joylarini uning tarix panelida belgilangan holatiga qaytarish uchun ham ishlatiladi. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Uskunalar panelidan Eraser uskunasi H tanlanadi;
Tasvirning fon qavati yoki shaffofligi o‘chirilgan qavat o‘chirilishi kerak bo‘lsa orqa fon rangi belgilanadi;
Dasturning xususiyatlar panelidan Mode elementiga qiymat belgilanadi. Mode elementining Brush va Pencil qiymatlari o‘chirg‘ichni mo‘yqalam va qalam ko‘rinishiga keltiradi. Block qiymati o‘chirg‘ichni o‘zgarmas o‘lchamga ega to‘rtburchak ko‘rinishiga o‘zgaradi;
Brush va Pencil qiymatlari uchun mo‘yqalam andozasi, xiralik (Opacity) va bosish kuchi (Flow) xususiyatlari belgilanadi;
Tasvirning belgilangan holatiga o‘chirib qaytarish uchun tarix panelidan tasvirning kerakli holati yoki holat surati belgilanadi. Xususiyatlar panelidan Erase To History elementi belgilanadi.
Tasvirning kerakli maydonlaridan o‘chirg‘ich uskunasi yurgiziladi.
Photoshop dasturi mo‘yqalam bilan ishlaganda intellektual silliqlashni amalga
oshirishi mumkin. Buning uchun Brush (mo‘yqalam), Pencil (qalam), Mixer Brush (Aralashtirgich mo‘yqalami) yoki Eraser (o‘chirg‘ich) uskunalari bilan ishlaganda dasturning xususiyatlar panelidan Smoothing elementiga 0 dan 100 gacha bo‘lgan qiymatlarni kiritish kerak. 0 qiymati intellektual silliqlashni bajarmaydi, qiymat yuqori bo‘lgani sari intellektual silliqlash darajasi ha yuqori bo‘ladi.
Magic Eraser uskunasi yordamida tasvir qavatining bir xil piksellar rangi shaffofga o‘zgaradi. Agar belgilangan qavatning shaffoflik xususiyati o‘chirilgan bo‘lsa piksellarning rangi fon rangiga o‘zgaradi. Magic Eraser uskunasi yordamida qavatning ma’lum chegarasidagi piksellarni o‘chirish yoki qavatdagi barcha bir xil piksellarni o‘chirishni tanlab olish mumkin.
Magic Eraser uskunasidan foydalanish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Uskunalar panelidan Magic Eraser uskunasi ЁЯ tanlanadi;
Dasturning xususiyatlar panelidan quyidagilar belgilanadi:
- piksellar bir xilligini belgilovchi Tolerance qiymati belgilanadi. Kichik qiymat piksellarning rangini belgilangan piksel rangiga yaqin bo‘lishini, katta qiymat piksellarning rangini belgilangan piksel rangiga o‘xshash boshqa piksellarni ham o‘chiradi;
Anti-aliased elementi o‘chrilayotgan maydon chegaralarini silliqlaydi;
Contiguous elementini belgilanishi tanlangan piksel joylashgan maydonga chegaradosh piksellarni o‘chiradi, Contiguous elementini belgilanmasa tasvir qavatidagi tanlangan pikselga o‘xshash barcha piksellarni o‘chiradi;
|
| |