|
Tasvir o‘lchami va piksellar zichligi
|
bet | 23/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMATasvir o‘lchami va piksellar zichligi
Tasvirning piksel o‘lchami undagi jami piksellar soni bilan ifodalanadi. Piksellar zichligi rastrli tasvirning sifatini belgilaydi va bir dyuymda piksellar soni (ppi) bilan o‘lchanadi. Bir dyuymda piksellar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa piksellar zichligi shunchalar yuqori bo‘ladi. Yuqori piksellar zichligiga ega tasvirlar yuqori sifatda chop etiladi. Quyida 72 ppi (chapda) va 300 ppi (o‘ngda) piksellar zichligiga ega tasvirlar keltirilgan:
Photoshop dasturida tasviming o‘lchamlari va piksellar zichligi bilan bog‘liqligini tasvirning o‘lchami dialog oynasida ko‘rib olish mumkin. Buning uchun dasturning Image menyusidan Image Size buyruq qatori tanlanadi. Ochilgan dialog oynasidan Resample elementidan belgilanish olib tashlanadi. Natijada tasvirning bo‘yi, eni yoki piksellar zichligining qiymati o‘zgartirilsa qolgan ikki qiymatlar ham mutanosib ravishda o‘zgaradi:
Fayl o‘lchami
Tasvir faylining o‘lchami kilo-, mega-, gigabaytlarda o‘lchanadi. Faylning o‘lchami tasvirning pikselli o‘lchamiga proportsional bog‘liq. Katta miqdordagi piksellardan iborat tasvirlar yuqori sifatga ega bo‘ladi, ammo ularni saqlash uchun diskda ko‘p miqdorda joy va tahrirlash uchun ko‘p kompyuter resurslari talab etiladi. Shuning uchun, tasvirning piksellar zichligini belgilashda tasvirning sifati va fayl hajmi o‘rtasida muvozanat ushlashga intilinadi.
Fayl hajmiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri bu fayl formati. Har xir fayl formatlarida ma’lumotlarni siqish algoritmlari har xir bo‘lganligi uchun bir xil o‘lchamdagi tasvirlarning fayl o‘lchamlari har xil bo‘ladi. Bundan tashqari fayl o‘lchamiga ranglar, qavatlar va kanallarning soni ham ta’sir qiladi. Photoshop dasturi maksimal 300 000 x 300 000 pixel o‘lchamga ega tasvirlar bilan ishla oladi.
|
| |