|
Tasvir holatini suratga olish
|
bet | 19/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMATasvir holatini suratga olish
Snapshot buurug‘i tasvirning joriy holatini vaqtinchalik nusxasini olish imkoniyatini beradi. Tasvir holatining surati tarix panelining yuqori qismida joylashadi. Tarix panelidan tasvir holatining suratini tanlash orqali tasvirning ushbu holatidan ishni davom ettirish mumkin.
Tasvir holatining surati tarix panelidagi tasvir holatidan tashqari quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlar beradi:
tasvir holatining suratini qayta nomlash mumkin;
tasvir holatining surati butun ish sessiyasi davomida saqlanadi;
tasvirga effektlarni qo‘yishni solishtirish mumkin. Masalan, tasvir holatining surati effekt qo‘yishdan oldin va keyin olinadi. Effektning tasvirga ta’siri tasvir holatining suratlari orasida o‘tish orqali solishtirib olinadi;
tasvir holatining surati yordamida tasvirni ushbu holatga tiklab olish mumkin.
Tasvir holatining suratini yaratish uchun tasvir holatini tanlab quyidagilardan
birini bajarish kerak:
suratni avtomatik ravishda yaratish uchun tarix panelidan Create New Snapshot ^3 tugmasini bosish kerak;
surat yaratishda ba’zi xususiyatlarni belgilash uchun tarix panelining menyusidan New Snapshot buyruq qatorini tanlash yoki klaviaturining Alt tugmasini
bosib turgan holda tarix panelidagi Create New Snapshot О tugmasini bosish kerak. Natijada ochilgan dialog oynasida Name sohasiga tasvir holati suratining nomi kiritiladi.
Name: Snapshot 1
From: Full Document
Full Document
Merged Layers Current Layer
Dialog oynasining From menyusidan quyidagilami tanlash mumkin:
Full Document - tasviming barcha qavatlarining holati suratini yaratadi;
Merged Layers - tasvirning barcha qavatlarini birlashtirilgan holatdagi suratini yaratadi;
Current Layer - tasvirning joriy tanlangan qavat holatining suratini yaratadi.
|
| |