|
Tarix mo‘yqalamidan foydalanish
|
bet | 20/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMATarix mo‘yqalamidan foydalanish
Tarix mo‘yqalami uskunasi ^3 tasvir holati yoki tasvir holatining surati nusxasini joriy tasvir oynasiga chizish imkoniyatini beradi. Masalan, tasvirga o‘zgartirish kiritib ushbu holatning surati olinadi. Kiritilgan o‘zgarishlarni bekor qilib yaratilgan tasvir suratidan foydalanib tarix mo‘yqalami uskunasi yordamida o‘zgarishlami tasvirning ma’lum joylariga kiritish mumkin.
Tarix mo‘yqalami quyidagicha ishlatiladi:
Tarix mo‘yqalami uskunasi Q tanlanadi;
Xususiyatlar panelidan quyidagilar belgilab olinadi:
Tarix mo‘yqalam uchun asos bo‘adigan tarix panelidagi tasvir holati yoki tasvir holati suratining chap qismi tanlanadi:
Clone Stamp
"J1 New Type Layer
Tarix mo‘yqalami bilan tasvirga chiziladi.
Elementlarni pozitsiyalash
Photoshop dasturida elementni ish soha bo‘ylab aniq joylashtirish imkoniyati mavjud. Elementlarni aniq joylashtirish imkoniyatini faollashtirish uchun dasturning
View menyusidan Snap buyruq qatorini tanlash kerak. Elementlami nimaga nisbatan aniq joylashtirishini dasturning View menyusi Snap To bo‘limidan belgilab olish mumkin. Ushbu bo‘limdan quyidagilarni belgilash mumkin:
Guides - yo‘nalishlarga nisbatan joylashtirish;
Grid - to‘rga nisbatan joylashtirish;
Layer - qavatga nisbatan joylashtirish;
Slices - bo‘lak chegaralariga nisbatan joylashtirish;
Document Bounds - hujjatning chegaralariga nisbatan joylashtirish;
All - bo‘limdagi barcha elementlami belgilaydi;
None - bo‘limdagi barcha elementlami belgilashini bekor qiladi.
Photoshop dasturida elementlami chizg‘ich uskunasi E3 yordamida aniq
joylashtirish imkoniyati ham mavjud. Chizg‘ich uskunasi yordamida ish sohasidagi istalgan ikki nuqta orasidagi masofani o‘lchash mumkin. Chizg‘ich uskunasi yordamida masofa o‘lchamganda chop etilmaydigan chiziq hosil bo‘ladi, hususiyatlar paneli va ma’lumotlar panelida quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
boshlang‘ich nuqta (X va Y);
x va y o‘qlari bo‘ylab gorizontal (X) va vertikal (Y) masofa;
o‘qqa nisbatan burchak;
masofa (D1).
Ikkita nuqta orasidagi masifa quyidagicha hisoblanadi:
Chizg‘ich uskunasi Q tanlanadi;
Sichqon ko‘rsatkichini boshlang‘ich nuqtaga joylashtirib sichqon tugmasini bosib turgan holda ikkinchi nuqtaga joylashtirish kerak.
|
| |