|
Xususiyatlar panelidan foydalanish
|
bet | 16/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMAXususiyatlar panelidan foydalanish
Xususiyatlar paneli dasturning asosiy menyusi ostida ish sohasining yuqori qismida joylashgan. Xususiyatlar paneli o‘zgaruvchan bo‘lib joriy tanlangan uskunaga qarab o‘zgaradi. Xususiyatlar panelidagi ba’zi elementlar aksariyat uskunalar uchun umumiy bo‘lsa, ba’zi elementlar faqat ma’lum uskunaga tegishli bo‘ladi.
Xususiyatlar panelini panel ushlagichini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab siljitish va ish sohasining yuqorisiga yoki ostiga joylashtirish mumkin. Xususiyatlar panelini aks ettirish yoki yashirish uchun dasturning Windows menyusidan Options qatorini tanlash kerak.
Panel ushlagichi
Uskuna xususiyatlarini dastlabki holatga qaytarish uchun xususiyatlar panelida joylashgan uskuna tugmasining ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasini bosish kerak. Ochilgan kontekst menyusidan Reset Tool yoki Reset All Tools qatorini tanlash kerak.
Uskuna andozalari
Uskuna andozalari uskuna xususiyatlarini saqlash va qayta ishlash imkoniyatini beradi. Xususiyatlar panelidagi uskuna andozasini tanlash tugmasi, uskuna andozalari paneli va andozalar menedjeri yordamida uskuna andozalari bibliotekalarini yaratish, yuklash va tahrirlash mumkin.
Uskuna andozasini tanlash uchun xususiyatlar panelidagi uskuna andozasini tanlash tugmasini bosish va ochilgan paneldan kerakli andozani tanlash kerak.
Uskuna andozasini dasturning Windows menyusi Tool Presets qatorini tanlab ochilgan uskuna andozalari panelidan tanlab olish ham mumkin.
KOMPYUTER GRAFIKASI ADOBE PHOTOSHOP CC DASTURIDA ISHLASH 1
O‘QUV QO‘LLANMA 1
P Search 13
QD 124
Uskuna andozasini yaratish uchun quyidagilami bajarish kerak:
Uskunani tanlab, xususiyatlar panelidan ushbu uskuna uchun kerakli xususiyatlar belgilan olinadi;
Xususiyalar panelining chap qismida joylashgan uskuna andozasi tugmasini bosish yoki dasturning Windows menyusidan Tool Presets qatorini tanlab andozalar paneli ochiladi;
Yangi uskuna andozasini yaratish tugmasini 131 bosish yoki panel menyusidan New Tool Preset qatorini tanlash kerak;
Yaratilayotgan uskuna andozasining nomi kiritiladi va OK tugmasi bosiladi.
Metadata va izohlar
Metadata fayl to‘g‘risidagi standartlashtirilgan ma’lumotlar to‘plami hisoblanadi. Jumladan, ushbu ma’lumotlarga muallifning nomi, nuqtalar zichligi, ranglar miqdori, mualliflik huquqi va biriktirilgan kalit so‘zlar kiradi. Masalan, aksariyat raqamli foto kameralar rasm fayllariga uning eni va bo‘yi o‘lchami, formati, rasm olingan vaqti kabi asosiy ma’lumotlar birikt iradi. Metadatalar ishni tashkil etishda va fayllarni tartiblashda ishlatilishi mumkin.
Metadata ma’lumotlari Extensible Metadata Platform (XMP) standarti asosida saqlanadi. XMP standarti XML standarti asosida yaratilgan bo‘lib aksariyat hollarda metadata rasm faylida saqlanadi. Agar metadata rasm faylida saqlash imkoniyati mavjud bo‘lmasa u alohida faylda saqlanadi.
Photoshop dasturida tasvirga izohlar qo‘shish mumkin. Izohlar taqriz berish va izoh qoldirishda qo‘l keladi. Izohlar tasvirda chop etilmaydigan, kichik yorliq ko‘rinishda aks ettiriladi. Izohlar tasvirda biriktirilgan joyiga bog‘langan bo‘ladi. Izohlarni aks ettirish, yashirish, ochish va tahrirlash mumkin.
Photoshop dasturida izohlami xolstning istalgan joyiga qo‘shish mumkin. Izoh yaratilganda tasvirda tegishli yorliq paydo bo‘ladi. Izoh qo‘shish uchun quyidagilar bajarilishi kerak:
Uskunalar panelidan U Note tool uskunasi tanlanadi;
Xususiyatlar panelida quyidagilar belgilanadi:
Author - izohning muallifini blgilaydi;
Color - izoh yorlig‘ining rangini belgilaydi;
Tasvirga izoh qo‘yiladigan joyga sichqon bilan bosiladi;
Izoh kiritish uchun kursor faollashadi.
Izohlarni aks ettirish yoki yashirish uchun dasturning View menyusi Show bo‘limidan Notes qatorini tanlash kerak.
Tasvirlar bilan ulashish
Photoshop dasturi yaratilgan tasvirlarni bir nechta servislarga ulashish imkoniyatini beradi. Elektron pochta orqali ulashilganda Photoshop dasturi tasvirning asl nusxasini (.psd fayl ko‘rinishida) jo‘natadi. Ma’lum servislar va ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashilganda Photoshop dasturi tasvirni avtomatik ravishda JPEG formatiga o‘girib beradi.
Tasvirni ulashish uchun dasturning File menyusidan Share qatorini tanlash yoki
t
xususiyatlar panelidan
ugmasini bosish kerak. Natijada ulashish
imkoniyatlarini aks ettiruvchi dialog oynasi ochiladi:
|
| |