• Tasvirlarni yaratish va ochish
  • Tasvirlarni ko‘rish
  • Rashid turgunbaev




    Download 2,01 Mb.
    bet24/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Qayta namunalash
    Tasvirning o‘lchami yoki piksellar zichligi o‘zgartirilganda tasvirdagi ma’lumotlar sonini o‘zgartirishga qayta namunalash deyiladi. Qayta namunalash
    Image Size dialog oynasining Resample elemeti yordamida amalga oshiriladi. Tasviming o‘lchami yoki piksellar zichligi qiymati pasaytirilsa tasvirdan ortiqcha piksellar o‘chirib tashlanadi. Tasvirning o‘lchami yoki piskellar zichligi qiymati oshirilsa tasvirga qo‘shimcha piksellar qo‘shiladi. Quyidagi tasvirning original holati a), piksellar zichligi pasaytirilgan holati b) va piksellar zichligi oshirilgan holati c) aks ettirilgan:



    Qayta namunalashda piksellar qay tarzda qo‘shilishi yoki o‘chirilishini interpolyatsiya usuli orqali belgilanadi.


    Tasvirlarni yaratish va ochish
    Yangi tasvir yaratish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:

    1. Dasturning File menyusidan New buyruq qatorini tanlanadi;

    2. Natijada ochilgan dialog oynasida tasvirning nomi kiritiladi;

    3. Tasvirning bo‘yi va eni qiymatlarini kiritiladi yoki mavjud andozalardan tanlanadi;

    4. Piksellar zichligi, rang rejimi va ranglar miqdori qiymatlari belgilanadi;

    5. Tasvirning orqa foni belgilanadi:

    • White - oq rangdagi orqa fon;

    • Background Color - joriy tanlangan orqa fon rangidagi fon;

    • Transparent - shaffof orqa fon;

    • Other - fon rangini tanlash dialog oynasi yordamida tanlanadi;

    1. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.

    Tasvirni barcha uning elementlari (qavatlar, qavat maskalari va kanallari) bilan birgalikda dublikatini yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Dublikat qilinishi kerak bo‘lgan tasvir ochiladi;

    2. Dasturning Image menyusidan Duplicate buyruq qatori tanlanadi;

    3. Natijada ochilgan dialog oynasida dublikat tasvirning nomi kiritiladi:


    Duplicate Image

    X

    Duplicate: Original tasvir.psd As: Dublikat tasvir)
    Q Duplicate Merged Layers Only

    ( OK ) Cancel







    1. Tasvirning barcha qavatlari birlashtirilib dublikat qilinishi kerak bo‘lsa dialog oynasining Duplicate Merged Layers Only elementini belgilash kerak;

    2. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.

    Photoshop dasturida fayllarni Open yoki Open Recent buyruqlari yordamida ochish mumkin.
    Faylni ochish uchun quyidagilar bajarilishi kerak:

    1. Dasturning File menyusidan Open buyruq qatori tanlanadi;

    2. Ochilgan dialog oynasidan kerakli fayl tanlanadi;

    3. Dialog oynasining Open tugmasi bosiladi.

    Oxirgi ishlangan fayllarni ochish uchun dasturning File menyusidan Open Recent bo‘limidan oxirgi ishlangan fayllardan biri tanlanadi.
    Tasvirlarni ko‘rish
    Tasvirni ko‘rish usulini o‘zgartirish uchun ekran rejimidan foydalanish mumkin. Ekran rejimida dasturning menyu qatori, sarlavha satri, gorizontal va vertikal o‘tkazgichlarni aks ettirish yoki berkitish mumkin.
    Photoshop dasturida quyidagi ekran rejimlari mavjud:
    - Standart ekran rejimi - dastur oynasining yuqori qismida menyu qatori, hujjat sarlavhasi, uning yonlarida gorizontal va vertikal o‘tkazgichlar aks ettiriladi. Ushbu ekran rejimiga o‘tish uchun dasturning View menyusi Screen Mode bo‘limidan

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




    Download 2,01 Mb.