|
Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar
|
bet | 21/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA^ Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Photoshop dasturining ish maydoni qanday elementlardan tashkil topgan?
Dasturda barcha panellarni yashirish uchun qanday amal bajarish kerak?
Foydalanuvchi ish sohasini saqlash uchun qanday amallarni bajarish kerak?
Uskuna yo‘riqnomasini qanday aks ettirish mumkin?
Photoshop dasturining izlash funksiyasi yordamida nimalarni topish mumkin?
Uskunalar panelida joylashgan uskunalami shartli ravishda qanday guruhlarga bo‘lish mumkin?
Tanlash uskunalar guruhiga nimalar kiradi?
Bo‘yash uskunalar guruhiga nimalar kiradi?
Berkitilgan uskunalar qanday aks ettiriladi?
Chizg‘ichlar qanday vazifa bajaradi?
Chop etilmaydigan qo‘shimchalar deganda nimalar tushiniladi?
Tarix hilatini suratga olish deganda nima tushiniladi?
Tarix mo‘yqalami bajaradigan amallarni tushintirib bering.
Xususiyatlar panelining asosiy vazifalarini tushuntirib bering.
Lasso uskunasining bajaradigan amalini tushuntirib bering.
TASVIR VA RANG ASOSLARI Tasvirlarning o‘lchamini o‘zgartirish
Photoshop dasturida tasvirning o‘lchamini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Dasturning Image menyusidan Image Size buyruq qatori tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:
Tasvirning ko‘rinishi ochilgan dialog oynasining chap qismida aks ettiriladi;
Dialog oynasining o‘ng qismida tasvirning o‘lchamlari va o‘lchov birliklari aks ettiriladi:
Tasviming eni va bo‘yini mutanosib ravishda o‘zgartirish uchun dialog oynasida proporsiyani saqlash tugmasini bosib qo‘yish kerak:
Tasvirning o‘lchami yoki nuqtalar zichligi umumiy nuqtalar soni bilan mutanosib ravishda o‘zgarishi uchun dialog oynasida Resample elementini belgilab qo‘yish kerak:
Resample: Automatic
Tasvirning o‘lchami yoki nuqtalar zichligini umumiy nuqtalar soniga ta’sir qilmasdan o‘zgartirish uchun Resample elementidan belgilashni olib qo‘yish kerak.
Dialog oynasining Fit To menyusidan tasvir o‘lchamini oldindan belgilangan o‘lcham andozalari asosida o‘zgartirib olish mumkin;
Dialog oynasining Width va Height elementlariga qiymat kiritib tasvir o‘lchamini o‘zgartirib olish mumkin.
Tasvirning o‘lchami o‘zgartirilganidan keyingi tasvir faylining hajmi dialog oynasining yuqori qismida aks ettiriladi.
Tasvirdagi nuqtalar zichligini Resolution elementiga qiymat kiritish orqali o‘zgartiriladi.
Agar tasvirning qavatlariga biror-bir stil qo‘llanilgan bo‘lsa ushbu stillarni tasvirning o‘zgargan o‘lchamiga mos ravishda o‘zgarishini ta’minlash uchun dialog
oynasining yuqori-o‘ng burchagida joylashgan menyudan I Scale Styles buyruq qatorini tanlash kerak.
Kerakli o‘zgartirishlar kiritilganidan so‘ng dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.
Kompyuter grafikasi asoslari
Rastrli tasvirlar to‘rtburchak tasvir elementlari, piksellardan tashkil topadi. Har bir pikselga uning joylashuv va rang qiymati belgilanadi. Rastrli tasvirlar piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lib belgilangan miqdordagi piksellardan iborat. Shu sababdan rastrli tasvirlar kattalashtirilganda o‘z sifatini yo‘qotadi.
Rastrli tasvirlarning fayllari katta hajmga ega bo‘ladi va fayl hajmini kichraytirish uchun maxsus algoritmlar qo‘llaniladi.
Vektorli grafika vektorlar deb nomlanuvchi matematik obyektlar yordamida ifodalanuvchi chiziqlar va egrilardan tashkil topadi. Vektorli grafika piksellar zichligiga bog‘liq emasligi sababli kattalashtirilganda o‘z sifatini yo‘qotmaydi.
Hujjatda vektorli grafika va rastrli tasvirlarni birga qo‘llaganda shuni yodda tutish kerakki hujjatni ekranda tasvirlanish sifati chop etilganidan farqlanishi mumkin. Quyidagi faktorlar hujjatning sifatiga ta’sir qiladi:
|
| |