|
Rashid turgunbaev
|
bet | 32/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMAQD
Cancel
s: Layer 1 copy Destination
Hocument: Birinchi hujjat.psd
Birin chi hujjat.psd
Ikkinchi hujjat.psd New
Qavat dublikatini yangi hujjatda yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Qavatlar panelidan qavat yoki guruh tanlanadi;
Dasturning Layer menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan Duplicate Layer yoki Duplicate Group buyruq qatori tanlanadi;
Natijada ochilgan dialog oynasining Destination qismida Document elementining ochiladigan menyusidan New qiymati tanlanadi va OK tugmasi bosiladi.
Qavatlar va qavat guruhlarini yaratish va boshqarish
Yangi yaratilayotgan qavat qavatlar panelida joriy belgilangan qavatning ustida yoki joriy belgilangan qavatlar guruhining uchida joylashadi. Yangi qavat yoki qavatlar guruhini yaratish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
qavatlar panelidan yangi qavat yaratish В tugmasi yoki yangi qavatlar
guruhini yaratish D tugmasini bosish kerak;
dasturning Layer menyusi New bo‘limidan Layer yoki Group buyruq qatorini tanlash kerak;
qavatlar panelining menyusidan New Layer yoki New Group buyruq qatorini tanlash kerak;
qavat yoki qavatlar guruhining xususiyatlarini belgilab yangi qavat yoki qavat guruhini yaratish uchun klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda qavatlar
panelidan yangi qavat yaratish В tugmasi yoki yangi qavatlar guruhini yaratish I tugmasini bosish kerak;
yaratilayotgan qavat yoki qavatlar guruhini joriy belgilangan qavatning tagida joylashtirish uchun klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda qavatlar
panelidan yangi qavat yaratish В tugmasi yoki yangi qavatlar guruhini yaratish I tugmasini bosish kerak.
Mavjud fayl yordamida qavat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Mavjud tasvir faylini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab Photoshop dastirida ochiq tasvir ustiga qo‘yish kerak;
Import qilingan tasvirning joylashishi va masshtabi o‘zgartiriladi;
Klaviaturaning Enter tugmasi bosiladi.
Mavjud qavat asosida ushbu qavatning effektlarini saqlab qolgan holda yangi qavat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Qavatlar panelidan qavat belgilanadi;
Belgilangan qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab qavatlar panelidagi
yangi qavat yaratish Q tugmasi ustiga qo‘yiladi.
Tasvirdagi belgilangan maydonni qavatga aylantirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Tasvirda biror bir maydon belgilanadi;
Dasturning Layer menyusi New bo‘limidan Layer Via Copy yoki Layer Via Cut buyruq qatorlarini tanlash kerak.
Qavatlar guruhidagi qavatlarni ko‘rish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
qavatlar panelida qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tarafidagi ko‘rsatkichni
HJbosish kerak;
qavatlar panelida qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tarafidagi ko‘rsatkich ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst menyusidan Open This Group buyruq qatorini bosish kerak;
klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tarafidagi ko‘rsatkichni sichqon ko‘rsatkichi bilan bosib qavatlar guruhini va uning ichidagi boshqa qavatlar guruhini bir vaqtning o‘zida ochib beradi.
Photoshop dasturida tahrirlashni osonlashtirish uchun ma’lum bir qavat, qavatlar guruhi yoki qavat effektini aks ettirish yoki yashirish mumkin. Buning uchun qavatlar panelidan quyidagilardan birini bajarish kerak:
qavat, qavatlar guruhi yoki qavat effektini ish sohasidan yashirish uchun
qavatlar panelida uning chap qismidagi aks ettirish В tugmasini bosish kerak. Aks ettirish tugmasi qayta bosilsa ushbu element ish sohasida aks ettiriladi;
dasturning Layers menyusidan Hide Layers yoki Show Layers buyruq qatorlarini tanlash kerak;
qolgan qavatlarni yashirib faqatgina belgilangan qavatni aks ettirish uchun klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelida qavatning chap
qismidagi aks ettirish В tugmasini bosish kerak;
qavatlar penelida bir nechta elementlarni aks ettirish В tugmasi ustida sichqon ko‘rsatkichini bosib turgan holda yurgizib ushbu elementlarni aks ettirish holatini bir vaqtda o‘zgartirib olish mumkin.
Photoshop dasturida qavatlarni hujjat ichida va hujjatlararo nusxasini olish va qo‘yish mumkin. Belgilangan qavatning nusxasini olish uchun dasturning Edit menyusidan Copy buyruq qatorini tanlash yoki klaviaturadan Ctrl + C tugmalar kombinatsiyasini bosish kerak. Edit menyusining Paste buyruq qatori yordamida nusxasi olingan qavatni joriy hujjatning markaziga qo‘yadi. Edit menyusining Paste In Place buyruq qatori yordamida nusxasi olingan qavatni joriy hujjatga dastlabki hujjatdagi qavatning joylashishiga qarab qo‘yadi.
|
| |