• Qavatlarga vektorli maska qo‘yish
  • Qavatlarni siljitish, tartiblash va qulflash




    Download 2,01 Mb.
    bet35/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Qavatlarni siljitish, tartiblash va qulflash
    Qavatlar yoki qavat guruhlarining joylashish ketma-ketligini o‘zgartirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:

    • qavatlar panelida qavat yoki qavatlar guruhini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab turib joylashish tartibini o‘zgartirish;

    • qavatni qavatlar guruhiga joylashtirish uchun ushbu qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab turib guruh yorlig‘i I ustiga qo‘yish kerak;

    • qavat yoki qavatlar guruhini tanlab dasturning Layer menyusi Arrange bo‘limidan Bring to Front (eng yuqoriga joylash), Bring Forward (bir pog‘ona yuqoriga joylash), Send Backward (bir pog‘ona pastga joylash) yoki Send to Back (eng pastiga joylash) buyruq qatorlarini tanlash mumkin. Agar tanlangan qavat qavatlar guruhi ichida joylashgan bo‘lsa qavatning joylashish ketma-ketligi ushbu qavat joylashgan guruh miqyosida bo‘ladi;

    • tanlangan bir nechta qavatlarni teskari tartibda joylashtirish uchun dasturning Layer menyusi Arrange bo‘limidan Reverse buyruq qatorini tanlash kerak.

    Qavatning kontentini siljitish uchun qavatlar panelidan kerakli qavat tanlanadi.
    Uskunalar panelidan siljitish uskunasini H tanlab quyidagilardan birini bajarish kerak:

    • ish sohasida qavatning elementini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab erkin siljitish mumkin;

    • qavatning elementini 1 piksel qiymatga siljitish uchun klaviaturaning ko‘rsatkich tugmalaridan (|, j, ^, ^) foydalanish mumkin;

    • qavatning elementini 10 piksel qiymatga siljitish uchun klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda ko‘rsatkich tugmalaridan (|, |, ^, ^) foydalanish mumkin.

    Qavatni aylantirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
    1. Qavatlar panelidan kerakli qavat belgilanadi;

    1. Tasviming biror maydoni belgilanmaganligiga ishonch hosil qilinadi, agar belgilangan bo‘lsa dasturning Select menyusidan Deselect buyruq qatori tanlanadi;

    2. Dasturning Edit menyusi Transform bo‘limidan Rotate buyruq qatori tanlanadi. Natijada qavatning boshqarish tutgichlari aks ettiriladi;

    3. Sichqon ko‘rsatkichini boshqarish tutgichlarining tashqarisiga joylashtirsa sichqon ko‘rsatkichi yoysimon, ikki taraflama ko‘rsatkichga o‘zgaradi. Shunda sichqon tugmasini bosib qavatni erkin aylantirish mumkin. Klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda aylantirilsa qavat har vaqt 15o qiymatga aylanadi;

    4. Qavat kerakli darajaga aylantirib bo‘lingandan so‘ng klaviaturaning Enter tugmasini bosish yoki xususiyatlar panelidan qoMlash II tugmasini bosish kerak. Aylanishni bekor qilish uchun klaviaturaning Esc tugmasini bosish yoki xususiyatlar

    panelidan bekor qilish U tugmasini bosish kerak.
    Qavatning kontentini muxofaza qilish uchun qavatni to‘liq yoki qisman qulflash mumkin. Masalan, qavatni tahrirlashni to‘liq tugatgandan so‘ng uni to‘liq qulflash mumkin. Qavatning biror bir xususiyatini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun uni qisman qulflash kerak. Qavat qulflanganda uning o‘ng qismida qulf belgisi aks ettiriladi. Qavat to‘liq qulflangan bo‘lsa qulf belgisi oq rangga bo‘yalgan 0, qisman qulflangan bo‘lsa qulf belgisi bo‘yalmagan II bo‘ladi.
    Qavatning barcha xususiyatlarini qulflash uchun qavat yoki qavatlar guruhini tanlab qavatlar panelining yuqori qismidan barchasini qulflash 0 tugmasini bosish kerak.
    Qavatning ma’lum xususiyatlarini qulflash uchun kerakli qavatni tanlab quyidagilarning biri yoki bir nechtasini bajarish kerak:

    • shaffof piksellarni qulflash - qavatning faqatgina shaffof bo‘lmagan piksellarini tahrirlashga ruxsat beriladi;

    • chizishni qulflash - chizish uskunalari yordamida qavatdagi piksellarni o‘zgartirishni taqiqlaydi;

    • siljitishni qulflash - qavatdagi piksellarni siljitishni taqiqlaydi.

    Qavatlarga vektorli maska qo‘yish
    Vektorli maska piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lmagan qavatning kontentini qirqib oluvchi yo‘l xisoblanadi. Vektorli maskalar pero yoki shakl uskunalari yordamida yaratiladi.
    Butun qavatni yashiruvchi yoki aks ettiruvchi vektorli maska qo‘shish uchun qavatlar panelida kerakli qavatni tanlanadi va quyidagilardan birini bajarish kerak:

    • butun qavatni aks ettiruvchi vektorli maskani qo‘shish uchun dasturning Layer menyusi Vector Mask bo‘limidan Reveal All buyruq qatorini tanlash kerak;

    • butun qavatni yashiruvchi vektorli maskani qo‘shish uchun dasturning Layer menyusi Vector Mask bo‘limidan Hide All buyruq qatorini tanlash kerak.

    Shakl ko‘rinishidagi vektorli maska qo‘shish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Qavatlar panelidan vektorli maska qo‘yilishi kerak bo‘lgan qavat tanlanadi;

    2. Yo‘l chizish uchun pero yoki shakl uskunalaridan foydalanish kerak. Shakl uskunasi yordamida yo‘l chizish uchun shakl uskunasini tanlab dasturning xususiyatlar panelining ochiluvchi menyusidan Path qiymatini tanlash kerak:






    3. Dasturning Layer menyusi Vector Mask bo‘limidan Current Path buyruq qatorini tanlash kerak.
    Vektorli maskaning shaffoflik va chegaralarining aniqlik darajalarini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Qavatlar panelida vektorli maska qo‘yilgan qavat tanlanadi;

    2. Vektorli maska yorlig‘i tanlanadi, natijada uning atrofida oq chegara paydo bo‘ladi;

    3. Maskaning shaffoflik darajasini o‘zgartirish uchun panellar bo‘limidagi xususiyatlar panelidan Density slayder qiymatini o‘zgartirish kerak. Maska chegarasining aniqlilik darajasini o‘zgartirish uchun Feather slayder qiymatini o‘zgartirish kerak.

    Quyida Density slayderining qiymati 100% ga va Feather slayderining qiymati 0 px ga teng vektorli maska (a), Density slayderining qiymati 50% ga va Feather slayderining qiymati 10 px ga teng vektorli maska (b) va Density slayderining qiymati 100% ga va Feather slayderining qiymati 10 px ga teng vektorli maska (c) ko‘rsatilgan:


    a b) c)



    Vektorli maskani o‘chirish uchun qavatlar panelida vektorli maska qo‘yilgan qavatning vektorli maska yorlig‘i tanlanadi va panellar bo‘limidagi xususiyatlar
    panelining pastki qismida joylashgan maskani o‘chirish I tugmasini bosish kerak.
    Vektorli maskani qavat maskasiga o‘zgartirish uchun qavatlar panelidan vektorli maska qo‘yilgan qavat tanlanadi va dasturning Layer menyusi Rasyerize bo‘limidan Vector Mask buyruq qatorini tanlash kerak. Ushbu jarayon bir tomonlama bo‘lib vektorli maskani qavat maskasiga o‘zgartirgandan so‘ng maskani qayta vektorli maskaga o‘zgartirib bo‘lmaydi.

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qavatlarni siljitish, tartiblash va qulflash

    Download 2,01 Mb.