Tashkent Institute of Economics and Pedagogy
Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики
Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
Ilm-fan, ta‟lim-tarbiya, innovatsiya: zamonaviy vazifalari va istiqbollari
392
May 3, 2024
https://tipi.uz/ International Scientific and Practical Conference
XORIJIY TIL O„RGANISHDA QO„LLANILADIGAN ILOVA VA
LOYIHALARDAN FOYDALANISHNING YUTUQ VA KAMCHILIKLARI
I. F. To„ymanova
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o‗qituvchisi
M. X. Urazimbetova
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi, O‗zbekiston
―Pen Pal‖ (xat yozishadigan do‗st) internet tarmog‗idagi
keng tarqalgan
saytlardan bo‗lib, xorijiy tilni o‗rganishda dunyoda ko‗p qo‗llaniladigan usullardan
biridir. Bu yo‗ nalishda dunyo olimlari orasida ilmiy ishlar olib borilgan va ―Pen Pal‖
loyihasini alohida til o‗rgatish va o‗rganishning samarali
metodi sifatida tan
olinganligi takidlangan.
―Pen Pal‖ tushunchasi 20-asrning boshlarida, 1930-yillarda
madaniy
almashinuv va til amaliyotini rivojlantirish usuli sifatida paydo bo‗lgan. Turli
mamlakatlardagi tengdoshlari bilan xat yozishadigan maktab o‗quvchilari
orasida
keng tarqalgan faoliyat bo‗lib, nafaqat ularning yozish mahoratini oshiribgina
qolmay, balki turli madaniyatlar va turmush tarzi
haqidagi tushunchalarini
kengaytirgan.
Jumladan, 1920-yildan buyon Qiz Skautlarning Butunjahon Assotsiatsiyasi
turli mamlakat qizlarini ―Pen Pal‖ loyihasi orqali bir-biriga bog‗lab keladi. Bu
tashabbus turli millatdagi qizlar o‗ rtasida do‗stlik va o‗zaro
tushunishni
rivojlantirishga qaratilgan.
Internet va ijtimoiy tarmoqlarning paydo bo‗lishi bilan ―Pen Pal‖ an‘anasi
raqamli burilish oldi. ―Pen Pal‖ga ega bo‗lish har qanday yoshdagi odamlar uchun
foydali tajriba bo‗lishi mumkin. Agar siz yangi tilni o‗rganayotgan bo‗lsangiz, ushbu
tilda ona tilida so‗zlashuvchi ―Pen Pal‖ juda foydali bo‗lishi mumkin,
o‗rganilayotgan
tilida yozishni mashq qilish, yangi iboralarni o‗rganish va yozish
haqida fikr-mulohaza olish mumkin. (What is Pen Pal? Admin, June 1, 2023,
What is
a Pen Pal? | Letter in the Post
). ―Pen Pal‖ orqali til o‗rganishda nafaqat yozish balki
muloqotni ham rivojlantirish mumkin.
Ushbu maqsadda Pen Pals‖ loyihasi doirasida
tajriba katta yoshli til
o‗rganuvchilarda o‗tkazildi va bu o‗z ijobiy ta‘sirini berdi, ya‘ni ularda til o‗rganish
sifati yaxshilandi. Bu jarayonda til o‗ rganuvchi volontyor autentik til egasi bilan xat
yozishish orqali muloqot olib bordi. Xat almashinuvining asosiy mavzusi
adabiyotlarni ijtimoiy-madaniy muhokama qilish bo‗ldi.
Maqolada autentik til