Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy jihatlari




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/47
Sana17.11.2023
Hajmi5,58 Mb.
#100483
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Bog'liq
амалий iIAKT (2)

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy jihatlari.
Tashkilotni boshqarishning mavtomatlashtirilgan axborot tizimi-tashkilotning 
maqsadidan kelib chiqadigan talablarga muvofiq axborotlarni yig‟ish, qayta ishlash
taqsimlash, taqdim etish uchun mo‟ljallangan standart protseduralar, xodimlar, dasturiy
vositalar, asbob-uskuna, ma„lumotlarning o‟zaro bog‟langan majmuidir. 
Konseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi - bu operatsiyani 
bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o‟rtasidagi vositachi sanaladi. 
Axborot tizimining funksional modeldan ko‟rinib turibdiki, axborot tizimining 
sohasi axborot obyektlari majmuidan iborat axborot makonini ifodalaydi. Umuman 
olganda axborot makoni bir xilda emas, chunki unda axborotlarning yuzaga kelishi, 
tashkil etilishi va joylashtirilishi jihatidan farqlanuvchi axborot obyektlarini o‟zida 
saqlaydi. 
Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kelishini quyidagi 
asosiy 
protseduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqarish. 
Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi, to‟rtinchi va beshinchilari esa mazkur tizim 
bilan axborot manbai va tashqi muhit o‟rtasidagi aloqani ta„minlaydi. 
Axborot muhiti o‟zaro bog‟langan uchta tarkibiy qismni o‟z ichiga oladi. Bular: 
foydalanuvchining 
axborot 
tuzilmasi, 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari, 
boshqaruvning ishtirok etuvchi obyektlari. 
Axborot infratuzilmasi axborotlarni o‟z maqsadlariga erishish uchun foydalanadi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilarni zarur texnologiyalar 
bilan ta„minlash vositasi sanaladi. 
Axborot 
infratuzilmasi 
doirasida 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
foydalanuvchilari ham o‟zaro harakatlanuvchi o‟ziga xos muhit sifatida ko‟rib 
chiqiladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam (xodim), texnik 
vositalar, axborot va dasturiy ta„minot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun 
ma„lumotlarni qayta ishlaydi. 


Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta„minlovchi va funksional qismlarga ega. 
Ta„minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, xuquqiy, uslubiy, 
ergonomik, psixologik va lingvinistik ta„minotdan iborat bo‟ladi. 

Download 5,58 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy jihatlari

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish