|
Rasulev. A. X, O‟ngboyeva. D. O‟, Tadjibayeva. D. ABog'liq амалий iIAKT (2)Axborot ta’minoti
- tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli,
joylashtirilish
hajmi
(axborotlarni
tasniflash
va
kodlashtirish,
hujjatlarni
unifikatsiyalashtirish tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‟yicha loyiha
qarorlarining shuningdek, ma„lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
Texnik ta’minot.
Texnik ta„minot - axborot tizimlari ishi uchun mo‟ljallangan texnik
vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga tegishli
hujjatlardir.
Matematik ta’minot
. Matematik ta„minot - axborot tizimlarida vazifalarni hal
etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi va modellari, matematik
uslublari majmui.
Dasturiy ta’minot
- axborot tizimlarining maqsad va vazifalarini amalga oshirish
uchun dasturlar majmui, shuningdek, texnik vositalar kompleksining me'yorida ishlab
turishi demakdir.
Uslubiy ta’minot va tashkiliy ta’minot
- axborot tizimlarini ishga tushirish va
ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o‟zaro
ta'sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
Ergonomik ta’minot (sharoit)
- ish joylariga, axborot modellariga, xodimning ish
faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga
oshirish usullari to‟plamidir. Maqsad - xodim ishining yuqori samaradorligini
ta„minlash.
Huquqiy ta’minot
- axborot tizimlarining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni
belgilovchi huquqiy me'yorlar majmuidir.
Lingivinistik ta’minot
- axborot tizimlari xodimlari va texnik, dasturiy va axborot
ta„minoti xodimlarining muloqat tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot
tizimlarida foydalaniladigan atamalar majmui kiradi.
|
| |