Rasulev. A. X, O‟ngboyeva. D. O‟, Tadjibayeva. D. A




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/47
Sana17.11.2023
Hajmi5,58 Mb.
#100483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bog'liq
амалий iIAKT (2)

axborot texnologiyasi – axborotni to‟plash, unga ishlov berish va uni 
tarqatish uchun foydalanadigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar; 
axborot tizimi – axborotni to‟plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda 
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami 
axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 
 
Kompyuter va uning turlari. 
 
Kompyuter - inglizcha so‟z bo‟lib, u hisoblovchi dеmakdir. Garchand u 
hozirda faqat hisoblovchi bo‟lmasdan, matnlar, tovush, vidеo va boshqa 
ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski 
nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta 
ishlashdan iborat. Hozirda kompyuter tеrmini ko‟p uchrasada, shu bilan birga 
EHM (elеktron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) tеrminlari ham 
hayotda ko‟p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter 
tеrminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, 
cho‟ntak kompyuterlar, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, pеrsonal 
kompyuterlar. Ammo, pеrsonal kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan 
amallarning tеzligi, xotira hajmining yuqoriligi va boshqa ko‟rsatkichlari yuqori 
bo‟lgani uchun, ular ko‟proq qo‟llanilmoqda.
Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sеkundda bajaradigan amallar tеzligi, ma'lumotlarning razryad to‟rida (yachеykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo‟lish mumkin:


- supеr kompyuterlar (Super Computer);
- katta kompyuterlar (Mainframe Computer);
- mini kompyuterlar (Minicomputer);
- shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);
- bloknot (notlbook) kompyuterlar.
Supеr kompyuterlar - juda katta tеzlikni talab qiladigan va katta hajmdagi 
masalalarni yеchish uchun mo‟ljallangan bo‟ladi. Bunday masalalar sifatida
ob-havoni global prognoziga oid masalalarni, uch o‟lchovli fazoda turli 
oqimlarning kyеchishini o‟rganish masalalari, global informatsion sistеmalar va 
hokazolarni kеltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sеkundda 10 trilliardlab amal 
bajaradi. Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro 
qurollarini modеllashtirishda qo‟llaniladi. Shuni qayd qilish lozimki, supеr 
kompyutеrlarning ma'lum yo‟nalish masalalarini yеchishga qaratilgan turlari ham 
mavjud.
СИСТЕМА IBM s Blue Gene/L в Национальной Лаборатории Lawrence 
Livermore - самый быстрый supercomputer в мире и мочь выполнить 596 
триллионов действий плавающей точки в сукунду 
Katta kompyuterlar (Mainframe Computer)- fan va tеxnikaning turli 
sohalariga oid masalalarni yеchishga mo‟ljallangan. Ularning amal bajarish tеzligi 
va xotira hajmi supеr kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‟ona past. Bularga 
misol sifatida AQShning CRAY (krеy), IBM 390, 4300, IBM ES G‟ 9000, 
Frantsiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va 
boshqalarni misol qilib kеltirish mumkin.


Mini kompyuterlar (kichiq kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tеzligi 
jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog‟ona pastdir. Shuni aytish joizki
ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdеk kichiq 
joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor 
yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor - dasturiy boshqaruv protsеssori) 
turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, 
SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va 
boshqalar minikompyuterga misol bo‟la oladi.
Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o‟quv yurtlarida 
kеng tarqalgan bo‟lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir. 


Download 5,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasulev. A. X, O‟ngboyeva. D. O‟, Tadjibayeva. D. A

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish