-avlod (1980 yillar o„rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila  boshlandi




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/47
Sana17.11.2023
Hajmi5,58 Mb.
#100483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
амалий iIAKT (2)

5-avlod (1980 yillar o„rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila 
boshlandi. 
 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – (ingl: information and 
communication technologies (ICT) -rus: informatsionno-kommunikatsionnыe 
texnologii (IKT)) – bu : 
1 Xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar 
tayyorlash, qayta ishlash va yetkazish bilan bog‟liq bo‟lgan ob‟ektlar, harakatlar va 
qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab o‟tilgan jarayonlarni 
birlashgan ravishda ta‟minlovchi sohalar majmuasi. AKT tushunchasiga 
mikroelektronika, kompьyuter va dasturiy ta‟minot, telekommunikatsiyalar ishlab 
chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan foydalanishni ta‟minlash, Internetning 
axborot resurslarini ta‟minlash, shuningdek sanab o‟tilgan sohalar bilan bog‟liq 
bo‟lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar 
(rasmiylari kabi norasmiylari ham) kiradi. 
2 Axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog‟liq 
bo‟lgan texnologiyalar. 
3 Xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qo‟llanmaga nisbatan 
ishlatiluvchi umumiy atama, jumladan: radio, televidenie, mobil telefonlar, 
kompьyuterlar va tarmoq uskunalari va dasturiy ta‟minot, yo‟ldosh tizimlari va 
h.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, videoanjuman 
va masofaviy ta‟lim. AKT, shuningdek, torroq ma‟noda ham ishlatiladi, masalan, 
AKT ta‟limda, tibbiyotda, kutubxonada va h.k. Yevropa Komissiyasi fikricha, 
AKT muhimligi texnologiyaning o‟zida emas, balki AKTning aholi orasida 
ko‟proq axborot va kommunikatsiyasidan foydalanish qobiliyatidadir. Dunyoning 
ko‟p mamlakatlari AKT rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki 
rivojlangan 
mamlakatlarning 
texnologiya 
jihatidan 
kamroq 
rivojlangan 
mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yo‟q 
hududlar o‟rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jahon 
miqyosida BMT raqamli tabaqalanishga qarshi vosita sifatida “AKT rivojlanish 
uchun” dasturini aktiv ravishda olg‟a surmoqda. 

Download 5,58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-avlod (1980 yillar o„rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila  boshlandi

Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish