192
holda to’laqonli ta’lim olishiga imkon beradigan masofaviy ta’lim (
distance
education
) tizimini rivojlangan chet ellarning “
distance education – MOOC
– massive open online cources
” platformalari andozalari asosida tashkil
qilish va ularni zudlik bilan ishga tushirish. Bu – birinchidan barcha ta’lim
olishni istovchilar uchun teng imkoniyatlar yaratsa, ikkinchidan, ta’lim
tizimi uchun sarflanayotgan mablag’larni ancha kamaytirishga imkon beradi
va uchinchidan, yosh yigit-qizlar uchun davlat tomonidan sarf-harajat talab
qilmaydigan juda ko’p miqdordagi yangi ish joylarini yaratadi;
Ta’lim
muassasalaridagi
professor-o’qituvchilarning
ish
faoliyati
monitoringi ba baholovida ularning raqamli interaktiv elektron kitoblar,
interaktiv o’quv qo’llanmalar hamda ta’lim bilan bog’liq komp’yuter
o’yinlarini ishlab chiqishlari va ulardan foydalanishlarini ham hisobga olish;
Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan (
yoki tarjima qilingan,
moslashtirilgan
)
raqamli
interaktiv
elektron
kitoblar va o’quv
qo’llanmalardan barcha talabalar va o’qituvchilar foydalana olishlari uchun
ularni mahsus ta’lim portaliga (
shu jumladan, vazirliklar va ta’lim
muasasalari saytlariga, kutubxonalarga, resurs markazlariga
) joylashtirish
maqsadga muvofiq bo’lar edi;
Raqamli interaktiv kitoblar, masofaviy ta’lim platformalari va elektron
o’quv qo’llanmalar yaratgan kimsalarni yaxshilab moddiy va ma’naviy
taqdirlash ham ularning soni va sifati oshishiga ijobiy ta’sir qilgan bo’lar
edi.