• Digital Transformation
  • 11-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDA ELEKTRON TIJORAT MODELLARI 11.1. Elektron tijoratning asosiy modellari
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet277/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    10-bob uchun savol va topshiriqlar: 
    1.
     
    Elektron tijoratda bank-moliya hizmatlarini raqamlashtirish nima uchun 
    kerak va qanday amalga oshirilishini tushuntirib bering. 
    2.
     
    Moliyaviy hizmatlarni raqamlashtirish jarayoni qanday tartibda amalga 
    oshiriladi? 
    3.
     
    FinTex
     degan tushuncha nimani anglatadi va uning ma’no-mohiyati 
    nimadan iboratligini misollar vovitasida tushuntiring? 
    4.
     
    Elektron tijoratda raqamli bank faoliyati qanday amalga oshadi va u 
    nimalardan iborat?; 


    396 
    5.
     
    Digital Transformation
     qanday amalga oshirilishini iqtisodiyotdan 
    misollar vositasida tushuntiring. 
    6.
     
    Elektron tijoratdagi moliyaviy hizmatlar spektrinimalardan iborat 
    ekanligini hayotiy misollar yordamida tushuntirib bering. 
    11-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDA ELEKTRON TIJORAT 
    MODELLARI 
    11.1. Elektron tijoratning asosiy modellari 
    Ushbu bo’limda elektron tijorat bilan bog’liq bo’lgan quyidagi savollar 
    ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi: 

    Biznes modellar nima va ularning qanday turlari mavjud? 

    Qanday qilib kompaniyalarning muvaffaqiyatli biznes-modellari tashkil 
    qilinadi? 

    Informatsion agentliklar va messenjerlr qanday qilib pul topadilar? 

    Ijtimoiy saytlar va mobil ilovalarning turli xildagi monetizatsiya 
    tuzilmalarida qanday kuchli va kuchsiz tomonlar mavjud? 

    Qanday qilib bu soxadagi muvaffaqiyatsizliklardan samarali homoyalanish 
    mumkin? 
    Biznes model kompaniyaga samarali tijorat foaliyatini yuritish va o’z oldiga 
    qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun qo’llaniladigan asosiy va qo’shimcha biznes 
    jarayonlar to’plamidir. Kompaniyalar biznes modelni tovar va hizmatlar yaratish 
    va buning qandaydir miqdorda oqibatida foyda olish uchun ishlatadilar. Biznes 
    model kompaniyaning qanday qilib pul ishlashi bo’yicha ishga yondoshuvidir.
    Maqsadga muvofiq bo’lgan va foyda keltiradigan biznes-model qurish uchun 
    quyidagi bir qancha savollarga javob berish kerak bo’ladi: 

    Kompaniya qanday xizmat yoli mahsulot sotadi uning qimmatliligi nimada? 

    Iste’molchilar ushbu mahsulot nyoki xizmatlardan qanday naf ko’rishlari 
    mumkin? 

    Iste’molchilar ushbu mahsulot yoki xizmatdan o’zlarining qanday 
    muammolarini hal qilishlari mumkin? 


    397 

    Mahsulotning sifati va bahosi bozordagi shunday mahsulot yoki 
    xizmatlarning sifati bilan qanday munosabatda? 

    Kompaniya qanday bozor segmantiga kirishni rejalashtirayapti? 

    Kompaniya qanday qilib o’z mahsulot yoki hizmatlarini sotadi? 

    Mahsulot va xizmatlarni sotish uchun qanday kanallar mavjud? 

    Kompaniya faoliyatini ta’minlash uchun qanday zahiralar kerak bo’ladi? 

    Biznes-modelni tadbiq etish uchun kompaniya qanday harajatlar qilishi 
    kerak? 

    Mijozlar bilan aloqalar qanday qilib amalaga oshiriladi? 

    Kompaniya mijozlarni qanday qilib o’ziga jalb qiladi? 

    Mijozlar uchun qanday yengilliklar yaratiladi? 

    Mijozlarni jalb qilish va ushlab turish uchun qanday tadbirlar amalga 
    oshiriladi? 

    Mijozlarning vaqtinchalikdan doimiyga aylanishi uchun qanday tadbirlar 
    majmuasidan foydalaniladi (chunki doimiy mijozlar kompaniyaga asosiy 
    foydani keltiradi)? 

    Zahiralar yetkazib beraidgan, xizmat ko’rsatadigan va information tizimlar 
    ishnichliligini ta’minlab beradigan hamkorlar hamda raboqatchilar bilan 
    aloqalar qanday amalga oshiriladi? 
    Kompaniya biznes-modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar bo’lishi 
    mumkin (
    Tools for Business Model Generation, Alexsander Osterwalder. 
    http://ecorner.stanford.edu/authorMatrialInfo.html?mid=2875
    ):qiymatyaratadigan
    taklif, asosiyresurslar, faoliyatningasosiyturi, asosiyhamkorlar, iste’molsektorlari, 
    mijozlarbilano’zaroaloqa, sotuvkanallari, puloqimlarivasarf-harajalarttarkibi.
    Internetda ishlaydigan biznes modellarning eng ommabop tasnifi AQSH 
    Shimoliy Karolina shtati universiteti professori Maykl Rappniki hisoblanadi [6]. 
    Intenet biznesi modellarining ushbu tasnifi o’z tarkibiga 41 ta modelni qamrab 
    oladi va u to’qqizta kategoriyaga bo’lingan: 
    1.

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish