• Kompetentsiyalar strategik markazlarini yaratish modeli
  • Raqamli operatsion model
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet273/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    Ajratigan servislar modeli. 
    Firma raqamli transformatsiyaning muhimligini 
    anglaganidan so’ng va raqamli strategiyani amalga oshirish bo’yicha birinchi 
    qadamlarni qo’yganidan keyin, kattaroq bo’lgan banklarda ajratilgan servislar 
    modelidan foydalanish mumkin bo’ladi. Bunda bir qanha o’xshash funktsiyalar 
    bitta markazlashgan bo’limga beriladi. U yoki bu operatsiyalarni bajarishga 
    mas’ul bo’lgan bo’lim bo’linadigan servislar Markazi bo’lib qoladi. Bunday 
    model bir qancha funktsiyalar tashqi kontragentlar tomonidan ta’minlab 
    beriladigan autsorsingning analogi bo’lib qoladi. Bunday operatsion model 
    yaratishning asosiy maqsadi - bank ichidagi amallar moslashuv darajasiining 
    oshirilishi (ratsionalizatsiyalash) hamda mavjud biznes-jarayonlarning standart 
    qaytarilib turuvchi operatsiyalar yo’qligi tufayli optimallashtirilishi hamda 
    ba’zi bir bank operatsiyalariga bo’lgan harajatlarning kamayishidir. 
    3.
    Kompetentsiyalar strategik markazlarini yaratish modeli -
    Raqamli 
    transformatsiya sharoitlarida bank operatsion modeli rivojlanishining keyingi 
    bosqichi tashkiliy birlik sifatidagi kompetentsiya markazlarini tashkil qilishdir. 
    Bunday markazlar ma’lumot yig’ish va tahlil qilish asosida information 
    tizimlarni hamda biznes jarayonlarni nazorat qiladilar va ularni maksimal 
    samarador ishlatish usullarini topadilar. Tashkiliy tuzilmaning bunday elmenti 
    raqamli strategiya yaratish bo’yicha harakatlarni koordinatsiya qiladi, 
    bozordagi tendentsiyalarni bashorat qiladi va raqobatbardoshlilikni oshirish 
    maqsadida bankka takliflar tayyorlaydilar. 
    4.
    Raqamli operatsion model
    – Bu model raqamli transformatsiyani tugallash 
    arafasida bo’lgan banklarda qo’llash uchun mo’ljallangan. Modelni bir 
    tarmoqli tashkilotlar uchungina ishlatish mumkin. Bankning faoliyatida 
    raqamli platformaning mavjudligi raqamli operatsion modelni ishlatish uchun 
    asos bo’la oladi. Hozirgi davrda bunday model mobil to’lov tizimlari 
    hizmatlari taqdim etadigan kompaniyalarda yoki zamonaviy on-layn 
    bankingdan foydalanadigan banklarda qo’llaniladi. Bank sektori operatsion 


    389 
    modellarning hozirgi rivojlanish bosqichida ular huddi shu bosqichga 
    intilayaptilar. Ko’pchilik mijozlar esa turli hildagi bank hizmatlaridan 
    foydalanish uchun bank filialiga borib o’tirmasdan, raqamli texnologiyalar 
    imkoniyatlaridan foydalanish ma’qulligini bilab bormoqdalar. 
    Moliyaviy sektorning rivojlanishi niqtai-nazaridan raqamli transformatsiya 
    yangi raqamlashtirilgan ish muhitini yaratish natijasida moliyaviy faoliyat 
    yuritishni mukammallashtirishdir. Bank jarayonlarini raqamlashtirish uchun 
    raqamli texnologiyalarni qo’llash asosida professional masalalarni hal qila 
    oladigan malakali kadrlar va yangi mansablar talab qilinadi. Bu mansablar qatoriga 
    raqamli texnologiyalar bo’yicha direktor va innovatsion rivojlanish bo’yicha 
    director lavozimlarini kiritish mumkin.
    Ekspertlarning aytishlaricha, bank sektorining raqamli transformatsiyasini 
    amalga oshirish uchun uch xil yondoshuvdan foydalanish mumkin: Jahondagi 26% 
    banklar foydalanadigan yondoshuv raqamli texnologiyalarni to’liq raqamli 
    transformatsiya sifatida emas, balki alohida loyiha sifatida tadbiq qilishni ko’zda 
    tutadi – bu brinchi yondoshuvdir. Bu holda raqamli transformatsiya uzoq muddatli 
    rejalashtirish asosida va pilot liyohalarni amalga oshirgan holatda qadam ba qadam 
    tadbiq qilinadi. Ikkinchi yondoshuv raqamli iqtisodiyotning talablarini hisobga 
    olgan holda yaratilgan kompaniya filialini tashkil qilish orqali amalga oshiriladi. 
    Raqamli transformatsiya usuli ancha ommabop hisoblanadi va u 42% banklar 
    tomonidan ishlatiladi. Bu yondoshuvning afzalliklari uzoq muddatli perspektivada 
    mijozlarning talablariga moslashganlik, tashkilot ichida turli yo’nalishlar bo’yicha 
    mutaxassislar (dasturchilar, information texnologiya mutaxassislari, analitiklar va 
    marketologlar)ni o’z ichiga olgan komandalar tashkil qilish hisoblanadi. Bular 
    natijasida tashkiliy tuzilmaning yuqori darajadagi moslashuvchanligiga erishiladi 
    hamda yangi faoliya yo’nalishlarini testlashtirish imkoniyati yaratiladi. Raqamli 
    trnsformatsiyaga bo’lgan uchinchi yondoshuv raqamli texnologiyalarni 
    tashkilotning asosiy boyligi deb hisoblashga asoslangan. Bu usul boshqa 
    yondoshuvlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin, ammo u bankdagi barcha ichki 
    va tashqi jarayonlarning to’liq raqamli transformatsiyasi strategiyasi asosida 


    390 
    amalga oshiriladi. Hozigri vaqtda ushbu usul vositasida raqamli transformatsiyani 
    amalga oshirish 32% banklar tomonidan amalga oshiriladi. Hozirgi davrda raqamli 
    transformatsiya jarayoni banklarning raqobatbardoshliligini saqlab turish uchun 
    kerakli bo’lgan bir muhim tadbir hisoblanadi va bugungi kunda bank 
    operatsiyalarning uchdan bir qismi raqamli texnologiyalar vositasida amalga 
    oshirilayapti. Bunday holat raqamli innovatsion texnologiyalarning afzalliklarini 
    tushuna boshlagan jamiyatning talablari tufayli ham yuzaga kelayapti. Shuni ham 
    aytish lozimki, raqamli transformatsiya jarayoni konkret bankning xususiyatlar va 
    talablarininhisobga olgan holdagi aniq strategiyaga asoslangan bo’lishi kerak. 
    Shundagina amalga oshirilgan raqamli strategiya bank sektorining samaradorligini 
    oshirish va moliya-kredit tashkilotlarida zamonaviy texnologiyalarni qo’llashga 
    imkon beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, jahon bozoridagi radikal 
    o’zgarishlarni hisobga olib, kompaniyalarga qisqa va o’rta muddatli 
    perspektivalarda quyidagilarni nazarda tutish maqsadga muvofiq bo’ladi: 

    Global raqamli iqtisodiyot ancha yetilib qoldi; 

    Ko’pchilik tarmoqlr raqamli transformatsiya jarayonini boshdan 
    kechirayapti; 

    Kompaniyalar orasidagi raqamli farq borgan sari kamayib borayapti; 

    Rivojlangan bozorlarda iste’molchi markaziy o’rinni egallab turibdi; 

    Biznes giper tezlikka o’tib borayapti; 

    Raqamli iqtisodiyotni qamrab olish uchun firmalar qayta tashkil 
    etilayaptilar; 

    Innovatsiyalarning tadbiq qilinishi hayotiy muhim ahamiyatga ega bo’lib 
    borayapti; 

    Innovatsion risklarni baholash va ularni boshqarish muvaffaqiyatga 
    erishishning asosiy faktorlari bo’lib bormoqda. 
    Raqamli innovatsiyalar raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini stimulyatsiya 
    qiladi va bir qancha sohalarda yangiliklarning tadbiq qilinishiga imkon berish 
    natijasida iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasiga olib keladi. Halqaro 
    consulting kompaniyasi 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish