• 10.3. Elektron tijoratda moliyaviy hizmatlarning raqamli transformatsiyasi (Digital Transformation)
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet269/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    RIA Reyting
    agentligi ekspertlarining 
    fikriga ko’ra, kelajakda aynan bank sektori kapitalning asosiy manba’i bo’lib 
    qoladi. Rossiya bank sektorining foydasi esa, ba’zi bashoratlarga ko’ra bir trillion 


    384 
    rublga yetishi mumkin. Shuning uchun ham katta moliyaviy yo’qotishlarning 
    oldini olish uchun raqamli banking kontekstida kredit tashkilotlarining samarali 
    havfsizlik tizimini yaratish talab etiladi. Yuqorilardan kelib chiqqan holda, raqamli 
    iqtisodiyot sharoitlarida banklarning havfsiz va to’xtovsiz ishlashini ta’minlash 
    bo’yicha quyidagi tadbirlarni hulosa sifatida keltirishimiz mumkin: 
    1.
    Raqamli iqtisodiyotga o’tish sharoitlarida kredit tashkilotlarining iqtisodiy 
    havfsizlik darajasini oshirish eng birinchi navbatdagi ishlardan biridir; 
    2.
    Raqamli banking bank iqtisodiy havfsizligi tizimida zaruriy elementlardan 
    biri bo’lib qoladi; 
    3.
    Raqamli banking – moliyaviy sektorning rivojlanish yo’nalishi bo’lib, 
    zamonaviy analitika vositasida turli hildagi chakana bank hizmatlarining 
    raqamli transformatsiyasiga olib keladi, turli darajadagi kredit tashkilotlari 
    orasidagi hamkorlikni rivojlantiradi va eng yangi ilg’or texnologiyalar va 
    raqamli innovatsiyalarning bank sektoriga kirib kelishiga sabab bo’ladi.
    10.3. Elektron tijoratda moliyaviy hizmatlarning raqamli transformatsiyasi 
    (Digital Transformation) 
    Moliyaviy investitsiyalar moliyaviy bozorlarning samarador ishlashi va 
    raqamli iqtisodiyotga o’tish jarayonida juda katta axamiyatga egadir. Raqamli 
    iqtisodiyot 
    davlat 
    organlarining, 
    kompaniyalarning, 
    tadbirkorlarning 
    va 
    fuqarolarning ish uslublarini o’zgartirib yuborib, ularga turli xildagi vazifalarni 
    bajarishni ancha yengillashtiradi. Raqamli innovatsiyalar raqamli iqtisodiyotning 
    va jamiyatning rivojlanishiga turtki beradi hamda yangi texnologiyalarni turli 
    yo’nalishlarda ishlatishga imkon beradi va bu orqali iqtisodiyotning raqamli 
    transformatsiyasiga olib keladi. Yuqori darajadagi tashkiliy va insoniy kapitalga 
    ega bo’lgan kompaniyalar katta ehtimollik bilan raqamli texnologiyalarga bo’lgan 
    investitsiyalardan katta miqdorda foyda olishlari mumkin. Bunday kompaniyalar 
    yetarli darajada moslashuvchan bo’lib, o’z investitsiyalaridan keladigan foydani 
    maksimallashtirisa oladilar, sotuvlarni ko’paytirish uchun imkoniyatlari mavjud, 
    jarayonlarni qayta tashkil eta oladilar hamda ishlab chiqarish samaradorligini 


    385 
    oshira oladilar. Bunday shart-sharoitlarda moliyaviy investitsiyalar raqamli 
    iqtisodiyotga o’tishning asosiy drayveri bo’lib hisoblanadilar. Raqamli 
    transformatsiya (

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish