• Raqamli banking
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet268/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    Disruption Index
    ning ma’ruzasida ham bu holat 
    tasdiqlanadi: 

    68% respondentlar besh yildan so’ng pullar bilan ishlash butunlay 
    boshqacha bo’lishiga ishonadilar; 

    33% respondentlar besh yil davomida ularga bankka boorish kerak 
    bo’lamydi deb hisoblaydilar; 

    70% respondentlar esa besh yildan so’ng mahsulot va hizmatlarga bo’lgan 
    to’lov usuli to’liq o’zgaradi deb ishonadilar; 

    Salkam 50% respondentlar ,anklarning ishlash prinstipi tubdan o’zgaradi deb 
    hisoblaydilar. 
    Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda raqamli bankingning quyidagi 
    aniqlanuvini keltirishimiz mumkin. 
    Raqamli banking
    – dasturiy ta’minotlar 
    to’plami bo’lib, u foydalanuvchilar uchun qulay interfeys ta’minlab beradi va 
    barchaga bank hizmatlari va mahsulotlaridan on-layn rejimida foydalanishga 
    imkon beradi. 
    BBC
    firmasining masofaviy bank hizmatlarini ta’minlab beruvchi 
    avtomatlashtirilgan 
    tizimi 
    CORREQTS 
    ko’pchilik banklar tomonidan 
    foydalaniladi. Bu tizimdan, masalan, 
    Sberbank, Rayffayzenbank, Nordea Bank


    383 
    Kredit Evropa Bank, Bank Kredit Swiss
    va boshqalar foydalanadilar. Shunday 
    qilib, zamonaviy bosqichda bank sektori rivojlanishining asosiy tendentsiyasi 
    raqamli bankingning to’la-to’kis kontseptsiyasini yaratishdir. Bunda quyidagi 
    tashkiliy bosqichlarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin:

    Raqamli kanallarning o’zaro muloqotini yaratish (
    internet-banking, mobil 
    bank
    ); 

    Barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda raqamli mahsulotlarni hayotga 
    tadbiq qilish (
    on-layn rejimida kirish parollarini olish, ma’lumotlarni 
    elektron ko’rinishga keltirish
    ); 

    Barcha operatsiyalarni to’liq raqamlashtirish (
    Big Data, Android Pay
    ); 

    Sun’iy intellectdan foydalanish asosida mijozga fokuslangan modellar 
    qurish. 
    Ushbu bosqichlarni amalga oshirish natijasida banklar on-layn transformatsiyaga 
    uchrashi, yangi to’lov usullarining paydo bo’lishi va mijozlarning bank bilan 
    boshqacha muloqot usullari yuzaga kelishi mumkin. Bank biznesidagi bunday 
    yangiliklar kredit tashkilotlarining faoliyatida ham, ularning iqtisodiy havfsizligini 
    ta’minlashda ham bir qancha katta o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Raqamli 
    banking sharoitlarida iqtisodiy havfsizlikni ta’minlash uchun, bizning fikrimizcha, 
    quyidagi tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi: 

    Dasturiy mahsulotlarni doimiy ravishda ishlab chiqarish va yangilash

    Markazlashgan ma’lumotlar bazasini yaratish; 

    Kredit tashkilotlarning iqtisodiy havfsiligini ta’minlash uchun qonuniy va 
    normativ-xuquqiy asoslarni mukammallashtirish; 
    Iqtisodiyotni rivojlantirish doimo yangi texnologiyalar asosida amalga oshadi 
    va shuning uchun ham zamonaviy ilmiy-texnik inqilob sharoitlarida bank sektori 
    bu borada ilg’orlardan biri bo’lib qoldi. 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish