• Federativ model
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet272/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    Barclays
    banki on-layn bankingni tadbiq 
    etgan birinchi banklardan biri bo’lgan: natijada endi mijozlar bank filiallariga bir 
    oyda bir marta kelayaptilar, shu vaqtning o’zida mobil bank hizmatlaridan oyiga 
    18 marta foydalanmoqdalar. Banklarning ichki jarayonlarini transformatsiya qilish 
    ham bank sektorining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Mijozlarga 
    yo’naltirlgan raqamli texnologiyalarning tadbiq qilinishi bilan bir qatorda, 
    boshqaruv, rahbarlik va nazorat funktsiyalarini ham yanada mukamallashtirish 
    lozim. Banklarning to’laqonli raqamli transformatsiyasini amalga oshirish 
    yo’lidagi asosiy to’siqlardan biri hizmat ko’rsatuvchi personalda raqamli 
    iqtisodiyot sharoitlarida ishlash ko’nikmalarining yo’qligidir. Mijozlar bilan 
    ishlashni mukammallashtirishda 
    CRM
    (
    Customer Relationship Management



    387 
    tizimi banklar raqamli transformatsiyasini amalga oshirishning muhim 
    elementlaridan biridir.
    Banklarning raqamli transformatsiyasi raqamli strategiyani ishlab chiqish va 
    qo’llash bilan bog’liq kompleks yondoshuvni talab qiladi. Transformatsiya moliya-
    kredit faoliyatini yuritishning barcha jihatlarini, shu jumladan, bankning boshqaruv 
    mexanizmini raqamlashtirishni ham qamrab oladi va samaradorlikni maksimal 
    ravishda oshirishga yordam beradi. Raqamli strategiya quyidagi to’rt asosiy 
    masalani hal qilishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak: 

    Raqamli texnologiyalarni ish faoliyatiga tadbiq qilish; 

    Hizmatlar bahosi yaratilish jarayonining transformatsiyasi; 

    Raqamlashtirishning moliyaviy aspekti; 

    Tashkiliy tuzilmaning o’zgarishi. 
    Raqamlistrategiyaningmuvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilishi uchun 
    yuqorida sanab o’tilgan rivojlanish yo’nalishlarini koordinatsiya qilish talab etiladi. 
    Bu esa ko’p jihatdan bankning operatsion modeli qandayligiga bog’liq bo’ladi. 
    Ammo barcha banklar uchun yagona operatsion model mavjud emas, shuning 
    uchun bankning qandayligiga bog’liq ravishda quyidagi raqamli strategyalardan 
    foydalanish mumkin: 
    1.
    Federativ model
    – bunday operatsion modelni raqamli transformatsiyani asta-
    sekin amalga oshiradigan yirik banklarda qo’llash mumkin bo’lib, unda 
    raqamlashtirish faoliyat yo’nalishlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bunda ba’zi 
    bir tashkiliy bo’limlar raqamli texnologyalarga bo’lgan harajatlar oqimini 
    mustaqil ravishda nazorat qilib turib va hodimlarga yangi ko’nikmalarni 
    singdirigan holda raqamli strategiyani amalga oshirishda ishtirok etadilar. 
    Lekin boshqa bo’limlar raqamli transformatsiyada ishtirok etmasliklari ham 
    mumkin. Bunda vaqt o’ishi bilan barcha hodimlr raqamli iqtisodiyotning 
    afzalliklarni ijobiy baholagan holda bu jarayonda ishtirok etishga harakat qila 
    boshlaydilar. Bunday operatsion modelga misol bo’lib, elektron hujjat 
    aylanishiga o’tishni ko’rsatish mumkin. Ya’ni bu modelda yangiliklar bir 


    388 
    bo’limdan boshqasiga o’tib boradi va vaqt o’tishi bilan bank faoliyatiga doimiy 
    asosda tadbiq qilinadi. 
    2.

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish