• Netscape bozorga chiqqan vaqtda taklif etgan edi. Smart-shartnoma
  • Smart-shartnomalar haqida tushuncha




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet78/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    Smart-shartnomalar haqida tushuncha 
    Moliya-kredit tizimidagi o‘zgarishlar sur’ati smart-shartnomalar paydo 
    bo‘lishiga va uning tobora ko‘proq ishlatilishiga hizmat qilmoqda. Hozir 
    ko‘pchilik kompyuter savodxonligiga ega bo‘libgina qolmasdan, yangi 
    texnologiyalarning nozik jihatlarini ham o‘rganib olmoqda. Blokcheynga 
    asoslangan smart-shartnomalarda tranzaksiyalarni qayd qilish masalasiga 
    keladigan bo‘lsak, bu yangi raqamli vosita o‘z xususiyatlari bo‘yicha qog‘oz 
    shaklidagi o‘tmishdoshlaridan jiddiy farq qiladi. Kriptograf 
    Nik Sabo
    aytib 
    o‘tganidek, ular nafaqat kengroq doiradagi axborot (
    xususan, til bilan bog‘liq 
    bo‘lmagan sensorik axborot
    ) qayd etishga qodir, balki dinamik hususiyatlarga ega 
    hisoblanadi ham. Smart-shartnomalar axborot uzatishi va ayrim turdagi qarorlarni 
    esaavtomatik tarzda qabul qilishi ham mumkin. 
    Sabo
    ta’rif berishicha, «
    raqamli 
    intellektual media hisob-kitoblarni amalga oshirishi, bevosita mashinalarni 
    boshqarishi va ayrim mulohazalarni odamlardan ham yaxshiroq bajarishi 
    mumkin
    ». Ushbu muhokamada biz 
    smart-shartnoma
    deganda, odamlar va 
    tashkilotlar o‘rtasida qayd qilingan bitimlarni kafolatlaydigan, nimalarnidir 
    bajarishga ruxsat etadigan va ularni ijro etadigan intellectual kompyuter 


    115 
    dasturlarini tushunamiz. Shunday qilib, smart-shartnomalar ushbu bitimlrani 
    muhokama qilish va tavsiflashda ham ishtirok etadilar. Sabo ushbu atamani 1994 
    yil, birinchi web-brauzer, 
    Netscape 
    bozorga chiqqan vaqtda taklif etgan 
    edi.
    Smart-shartnoma
    –shartnoma 
    shartlarini 
    ijroga 
    keltiradigan 
    kompyuterlashtirilgan 
    aqlli 
    tranzaksiya 
    protokolidir. 
    Smart-shartnomalar 
    sxemasining asosiy maqsadlari–umumiy muayyan shartlarni qondirish (
    masalan, 
    to‘lov shartlarini, garov huquqlarini, mahfiylikni, hatto sanksiyalar kabi shartlarni 
    ham
    ), ataylab qilingan va tasodifiy istisnolarni minimal holatga keltirish, ishonchli 
    vositachilarga ehtiyojni pasaytirishdan iborat. Bunday kontraktlar o’zaro 
    bog‘langan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshiradi, firibgarlik tufayli yo‘qotishlarni 
    minimallashtiradi, arbitraj va majburiyatlarni majburiy ijro etish harajatlari va 
    boshqa tranzaksiya harajatlarini pasaytirishni o‘z ichiga oladi.Smart-shartnoma 
    g‘oyasi tajribaga asoslanmagan, sinalmagan bo‘lib ko‘ringan bir paytda hech qaysi 
    mavjud texnologiyalar uni Sabo tavsiflaganidek amalga oshirishga imkon 
    bermagan bo‘lardi. Strukturalangan axborotni sotuvchilar va xaridorlar 
    kompyuterlari orasida uzatish uchun standartlarni ta’minlaydigan elektron 
    ma’lumot almashinish (
    EDI

    Elektronic Data Interfeys
    ) kabi kompyuter tizimlari 
    bo‘lgan, lekin hech qanday raqamli texnologiya bungacha qadar real to‘lovlar bilan 
    ishlash tashabbusi bilan chiqmagan va bevosita pul mablag’lari almashinishni 
    amalga oshira olmagan.Bitkoyn va blokcheyn tizimi bun xolatni tubdan o’zgartirib 
    yubordi. Endi tomonlar o’zaro bir tomonlama yoki ikki-uch tomonlama bitimlar 
    tuzishi va bitim shartlari bajarilgandagina bitkoinlarni avtomatik ravishda sotishi 
    mumkin. Oddiy misol: agar siz akangiz billan xokkey o‘yini natijasi borasida 
    garov boylashgan bo‘lsangiz, u to‘lovdan qochib qola olmaydi. Murakkabroq 
    misol: agar siz aksiyalar xarid qiladigan bo‘lsangiz, bitim darhol tartibga solinadi 
    va aksiyalar shu ondayoq sizga o‘tkaziladi. Yanada murakkab bir misol: pudratchi 
    tadbirkorga mos keladigan daturiy kod jo‘natishi bilan u avtomtik ravishda to‘lov 
    oladi. Cheklangan smart-shartnomalarni amalga oshirishning texnologik vositalari 
    hozirda mavjud va bir qancha platformalarda ishlab ham turibdi. Demak, bunday 
    smart-shartnomalar –uni amalga oshirishning qonuniy yo‘li bilan avtomatik 


    116 
    ravishda ta’minlanadigan, shartnoma shartlarini intellectual ravishda avtomatik 
    holda bajara oladigan, blokchyn tarmoqlarida mavjud bo’lgan hamda dastlabki 
    muhokama va sinovdan o‘tgan virtual qiymatlar almashinishiningaqlli elektron 
    texnologiyasidir, desak yanglishmaymiz. 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish