|
Rdb frezalash dastgohida detallarga ishlov berish operatsiyasini loyihalash
|
bet | 9/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,79 Mb. | | #240227 |
Bog'liq Avtomatlashtirish amaliy6-Amaliy mashg‘ulot
RDB tokarlik dastgohida detalga ishlov berishning boshqaruv dasturini ishlab chiqish
Ishning maqsadi – Dastgohlarning asosiy o‘lchamlari tokarlik avtomatlari va revolverli tokarlik dastgohlari bo‘yicha tasnifi.
Har bir turdagi dastgoh o’zining asosiy o’lchamiga ega bo’ladi, u ishlov beriladigan detal, asbob yoki dastgoh o’lchamini yoki o’lchamlarini xarakterlaydi. Tokarlik avtomatlari va revolverli tokarlik dastgohlari uchun bunday o’lcham bo’lib dastgoh shpendeli teshigidan o’tadigan chiviqning maksimal diametri xizmat qiladi. Karusel, doiraviy jilvirlash va tish frezalash dastgohlari uchun bunday o’lcham bo’lib ishlov beriladigan detalning eng katta diametri xizmat qiladi. Frezalash dastgohlari uchun stolning o’lchami va hk. Eng keng tarqalgan turdagi dastgohlar uchun o’lchamlar qatori ishlab chiqilgan. Har bir qator o’zichiga konstruksiyasi, kompanovkasi, ishlash prinsipi va hk. Bo’yicha o‘xshash bo’lgan, lekin bir-biridan ishlov beriladigan detallar o’lchamlari diapozoni bilan farq qiladigan dastgohlarni oladi. Masalan, tokarlik vint qirqish dastgohlarining o’lcham qatorini 1И611, 16Б16,16K20, 1M63, 164, 165, 168 va h.k. bo’lib, ular ishlov beriladigan detalning maksimal diametri bilan (250, 320, 400, 630, 800, 1000 mm va hk.) bir-biridan farq qiladi. Bitta o’lcham qatoridagi dastgohlar konstruksiyasi asosan bir yoki o’xshash unifikatsiyalangan uzel va detallardan tashkil topadi. Bu esa dastgohlarni loyihalash va tayyorlashni va foydalanishni osonlashtiradi.
Dastgohlarning xarakteristikalari guruhlari
Dastgoh murakkab texnik sistema bo’lib, juda ko’p xarakteristikalarga ega. Ularni to’rtta guruhga bo’lish mumkin
- geometrik xarakteristikalari;
- aniqlik xarakteristikalari;
- tezlik xarakteristikalari;
- kuch xarakteristikalari.
RDB dastgohida ishlov beruvchi detallar sonini tashkiliy texnik talablarni hisobga olingan holda aniqlash;
Chizmalarni texnologik nazoratdan o’tkazish;
Har bir ishlov berish uchun texnik sharoit ishlab chiqilib, so’ng texnologik jarayonning marshrutini loyihalash;
Zagotovkani o’rnatish sxemasini, dastgoh modeli va texnologik o’tishlarni hisobga olib, texnologik jarayonlarning operatsiyalarnini loyihalash.
Kesuvchi asboblarni tanlab, kesish ma‘romi hisoblanib olish o’tishlararo texnologik jarayonni loyihalash;
Keskichning harakatini hisoblash va uning trayektoriyasini qurish;
Hisob-texnologik karta (HTK)ni to’ldirish;
Boshqaruvchi dasturni kodlashtirish;
Dasturni qamrovchi sistemaga dasturni yozish;
Dastgohda dasturni nazorat qilish va sinovdan (sinash uchun olingan detalga ishlov berish orqali) o’tkazish.
Bosqichlarni mazmuniga asosan to’liq ko’rib chiqamiz. Tannarxni yuqoriligi, detallardagi egri chiziqlarni va shakldor yuzalarning mavjudligi, ularning shaklini murakkabligi boshqaruvchi dasturlarni tayyorlashni murakkabligi hisobiga bunday detallar, universal dastgohlarga nisbatan olinganda, RDB dastgohlarda ishlov berish maqsadga muvofiq, ya‘ni detalning shakli qancha murakkab bo’lsa, qoplash davri shuncha kam bo’ladi.
Bu borada zagotovkani dastgohga o’rnatish qulay bo’lishi va bu o’rnatishda uning bir necha tomonlariga ishlov berish imkonini yaratishga ahamiyat berish zarur. Detallarga ishlov berishni RDB dastgohiga o’tkazish natijasida, universal dastgohlar uchun tuzilgan texnologik operatsiyalar soni 3-4 va undan ortiq operatsiyalarga qisqartirilgan bo’lish kerak. RDB dastgohining aniqligi detal chizmalarini aniqligiga mos kelishi, ishlov berishda bajariladigan ishning hajmi, 0,1 soatni tashkil etishi ko’p dastgohdan foydalanish imkonini yaratadi. Shuni aytib o’tish kerakki, RDB dastgohida ishlov beriladigan partiyadagi detallarning soni 30-80 donani tashkil etib ularning bir yildagi qaytarilishi 8-10 marta bo’lishi iqtisodchilar tomonidan hisoblanib qulayligi isbot qilingan. Detallarning chizmalarini texnologik nazoratdan o’tkazib, uning alohida elementlarini o’zgartirish yo’li bilan RDB dasturiga kiritish va uni avtomatik ravishda ishlov berishga moslash uchun quyidagi o’zgartirishlar kiritish mumkin:
Tokarlik ishlov berish uchun dumaloq bo’rtiq (galtel) va Lx45 faska bilan almashtiriladi, hamma turdagi ariqchalar va shunga o’xshashlar bir ko’rinishga olib kelinadi;
Parmalash, texnik yo’nish va frezerlashda (texnik diametri va chuqurligi, aylanmalar radiusi va ularning konturlarini biriktirish va sh.o’.) ishlov beriladigan o’lchamlar bir ko’rinishga keltiriladi:
Yo’niluvchi teshiklarda ariqchalar, ichki toreslarga ishlov berish, M6 va undan kichik rezbalar uchun teshiklarni olish maqsadga to’g’ri kelmaydi.
RDB dastgohlarida detallarga mexanik ishlov berish texnologik jarayoni marshrutini loyihalashda har bir ishlov berilayotgan o’lchamning aniqligini, kesishlar ma‘romini va dastgohlarni tanlashda hisobga olinada. Boshqarish dasturini tayyorlashda va tuzishda detal konturi bo’ylab kesuvchi asbobni harakatini hisoblash va aniqlash asosiy bosqichlardan biri bo’lib hisoblanadi.
|
| |