|
Suyuq azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
|
bet | 3/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 348,11 Kb. | | #233129 | Turi | Referat |
2. Suyuq azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish
15.2- rasmda gaz holatdagi ammiakdan ammiakli suv olish sxemasi tasvirlangan. Gaz holatdagi ammiak ortiqcha 0,2 MPa bosimda ammiak sintezi sexidan yoki suyuq ammiak saqlagichidan yuboriladi. Shuningdek, sisternalarga suyuq ammiak to‘ldirishda ajraladigan gaz xolatdagi ammiakdan ham foydalanilishi mumkin. Ammiak tarelkali minoraga kiradi. Minoraning ostki qismi quvurli issiqlik almashtirgich ko‘rinishiga ega; undan ammiakning erishi natijasida ajraladigan issiqlikning anchagina qismi chiqarib yuboriladi. Issiqlik almashtirgich quvurlari orqali sovituvchi suv yuradi, quvurlar orasidagi bo‘shliqda ammiakning suvli eritmasi sirkulyasiyalanadi, uning qatlamlari orasidagi gaz holatdagi ammiak barbotajlanadi. Ammiakning to‘la yutilishi minoraning yuqori qismidagi qalpoqli tarelkalarda amalga oshadi. Minoraga qattiqlik tuzlarining o‘tirib qolishini oldini olish maqsadida kimyoviy tozalangan suv beriladi. Ammiakli suv nasos yordamida ombor 5 ga yuboriladi.
Ammiak eritmasini saqlashda urab turuvchi havo issiqligi va quyosh radiatsiyasi ta’sirida undan ma’lum miqdordagi ammiak ajralib chiqadi, uni minora 3 da absorbsiyalashga qaytariladi.
1 t NН3 ni ammiakli suv tarzida ishlab chiqarish uchun 3 m3 kimyoviy tozalangan suv, 200 m3 aylanuvchi suv va 28,8 Mj elektroenergiya talab etiladi.
15- rasmda ammiakatlar ishlab chiqarish uchun qurilma sxemasi tasvirlangan.
Avtotsisternadan
2- rasm. Ammiakli suv olish sxemasi
1,4 - yig‘gich; 2- markazdanqochma nasoslar; 3 -kolonna; 5 -ombor; 6 -himoya kollonalari;
Asosiy jihozlari - suyuq o‘g‘itlar tayyorlanadigan reaktor 1 va tayyorlanadigan eritma u orqali sirkulyasiyalanadigan suvli sovutgich 4 dan iborat. Suvli sovutgichda o‘g‘it komponentlari eritilishidan hosil bo‘ladigan issiqlik ajratib olinadi va eritma harorati 20-25°С darajasida ushlab turiladi.
Ammoniy nitrat asosidagi ammiakat tayyorlash uchun reaktorga dastlab belgilanmagan tarkibdagi ammiakat olish uchun qancha suv talab etilsa, shuncha suv to‘ldiriladi va u orqali 10-15% li ammiakli suv hosil bo‘lguncha ammiak gazi o‘tkaziladi. Yutilmagan ammiak skrubberda tutib qolinadi. Sirkulyasiyali ammiakli suvga muntazam ravishda NIF jixozidan keladigan ammoniy nitratning qaynoq 75-85% li eritmasi qo‘shiladi. Belgilangan tarkibdagi eritma hosil bo‘lgach, uni ombor 5 ga uzatiladi.
|
| |