|
- rasm. Ammiakatlar ishlab chiqarish sxemasi
|
bet | 4/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 348,11 Kb. | | #233129 | Turi | Referat |
3- rasm. Ammiakatlar ishlab chiqarish sxemasi
1 - reaktor; 2 - qattiq tuzlarni kiritish uchun uzatgich; 3 - markazdan qochma nasoslar; 4 -sovutgich; 5 - ombor; 6 - gidrozatvor.
Ammoniyli va kalsiyli selitralar asosidagi ammiakatlar olish uchun reaktorga ammoniy nitrat bilan bir vaqtda 75-80% li kalsiy nitrat eritmasi yoki kristall mahsulot kiritiladi. Xuddi shunday tarzda karbamid tutgan suyuq o‘g‘itlar tayyorlanadi.
Tarkibida karbamid va ammoniy karbonat tutgan karboammiakatlar karbamid ishlab chiqarish siklidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinadi. Eritma tarkibida 19-28% (NН2)2СO, 20-25% NН3 13,7-12% SO3 bo‘lishi kerak; undagi azotning umumiy miqdori 29% dan kam bo‘lmaydi. Qattiq fazaning ajralish harorati 10°С ni tashkil etadi. Ammiakatlar ishlab chiqarish uchun jihozlar zanglamaydigan po‘latdan, alyuminiydan yoki ilastik massadan tayyorlanishi kerak. KAS eritmalari - boshlang‘ich komponentlarning turlari farqlanadigan turli xil usullarda:
donadorlangan karbamid va ammoniy nitratdan;
suyuq oraliq mahsulotlar (suyuqlanmalar) dan;
integral sxema bo‘yicha - karbamid suyuqlanmasidan va nitrat kislotani karbamid sintezida ta’sirlashmagan ammiak bilan neytrallanishidan hosil qilingan ammoniy nitrat suyuqlanmasidan olinadi.
Birinchi usul uncha katta bo‘lmagan masshtabda qo‘llaniladi, chunki boshlang’ich donador mahsulotlar tannarxi KAS eritmasidagi azotning tannarxini oshirib yuboradi.
Ikkinchi usul turli variantlarda amalga oshiriladi; u etarlicha keng tarqalgan. Masalan, karbamid sexidan olinadigan 117°Сharoratdagi ((NН2)2СO ning 70% li eritmasi va ammiakli selitra sexidan olinadigan 130-145°Сharoratdagi NН4NO3ning 82-91%li eritmasi nasadkali quvurda uzluksiz aralashtiriladi. Eritma aralashtirgichdan issiqlik almashtirgichga tushadi, u yerda 40°С gacha sovutiladi, so‘ngra unga korroziya ingibitorlari - gaz holatdagi ammiak va ammoniy fosfatlari eritmasi yoki fosfat kislota qo‘shiladi.
Uchinchi usulning ustunligi - karbamid suyuqlanmasi ishlab chiqarish qisman (sirkulyasiyasizli jarayongacha) soddalashtirilgan, ammo nitrat kislotani SO2 gazi ishtirokida ta’sirlashmagan ammiak bilan neytrallash qiyinchiliklar keltirib chiqaradi va donadorlangan ammoniy nitrat ishlab chiqarishdagidan soddaroq bo‘lsada maxsus qurilmali inshootlarni talab etadi.
|
| |