Suyuq azotli o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy xossalari




Download 348,11 Kb.
bet2/7
Sana14.05.2024
Hajmi348,11 Kb.
#233129
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7

1. Suyuq azotli o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy xossalari

Suyuq, ammiak tarkibida 52,3% N bo‘ladi va chet ellarda, ayniqsa AQSH da keng qo‘llaniladigan eng konsentrlangan azotli o‘g‘it hisoblanadi. Atmosfera bosimida ammiak -33,3°С haroratda qaynaydi va -77,7°С da muzlaydi. Suyuq ammiak ustidagi bug‘ bosimi:


Harorat, 0С -30 -10 0 10 20 30 40
Bosim, MPa 0,119 0,289 0,427 0,612 0,853 1,161 1,546

Suyuq, ammiyak germetik rezervuarlarda bosim ostida yoki izotermik idishlarda saqlanadi va 2 MPa gacha bosimga bardoshli po‘lat sisternalarda tashiladi, shuningdek ammiak uzatish quvurlari orqali etkazib beriladi. Belgilangan Davlat standartlariga binoan, suyuq ammiak uch xil markada: A - ishlab chiqarish extiyoji uchun; A- eksport qilish uchun va ammiak quvurlari orqali yetkazib berish uchun; B-o‘g‘itga qayta ishlash uchun va qishloq ho‘jaligida azotli o‘g‘it sifatida foydalanish uchun ishlab chiqariladi. Uning tarkibida markasiga muvofiq ravishda: 99,96, 99,6 va 99,6% dan kam bo‘lmagan NН3 0,04, 0,2-0,4 va 0,2-0,4% dan ko‘p bo‘lmagan suv (bug‘latilishidan keyingi qoldiq). 2,2 va 8 mg/l moy, 1,1 va 2 mg/l temir bo‘lishi kerak.


Ammiak suvda juda yaxshi eriydi: 0°Сharorat va NН3 ning parsial bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘lganda 1 xajm suvda 1176 xajm (n.sh. da), 20°С da esa - 702 xajm ammiak eriydi. Atmosfera bosimida ammiakli suvdagi ammiakning miqdori O0Сharoratda 46,7% ga, 500С da esa 18,6% ga teng. Ammiakning suvda eruvchanligi, uning eritmasi ustidagi bosim va harorat bilan bog‘liqligi 15.3- rasmda tasvirlangan.


0,05 0,10 0,15 0,20 bosimi, MPa
1- rasm. Ammiakning suvda eruvchanlik izotermalari.
Texnik ammiakli suv Davlat standarlariga muvofiq ikki xil markada: A - (oliy va birinchi nav) - ishlab chiqarish maqsadlari va erkin savdo uchun hamda B - qishloq xujaligi uchun ishlab chiqariladi. A marka uchun N1-13 ning eritmadagi ulushi (25% dan kam emas) va uchmaydigan qoldik miqdori (0,07 va 0,2% dan kun emas) me’yorlangandir; B markali mahsulot uchun - NН3 miqdori 25% dan kam emas (yozgi davrlarda - 22% dan kam emas), SO2 8 g/l dan ko‘p emas va mis 10 mg/l dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ammiakli suv ustidagi bug‘ bosimi nisbatan kam (masalan, 25% NН3) va 20°С dagi umumiy bosim -0,045 MPa bo‘lganligi tufayli uni yopiq po‘lat sisternalarda yoki 0,15-0,2 MPa bosimga mo‘ljallangan sisternalarda saqlanadi va tashiladi. 25% li ammiakli suvning 20°Сharoratdagi zichligi 907 kg/m ga tengdir. 25% li eritmaning muzlash harorati —56°С ga, 22% li eritma uchun esa —33°С ga teng.
Ishchi xonalar havosida ammiakning belgilangan me’yordan ortiqcha bo‘lishi yuqori nafas olish yo‘llari va kuzning shilliqpardalarini zararlaydi. Hidini sezish chegarasi 37 mg/m ga teng. Ishlab chiqarish xonalari atmosferasidagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyasi - 20 mg/m ga teng. Tarkibida 15-28% (xajmiy) NН3 bo‘lgan ammiakning xavo bilan aralashmasi yong‘in uchun xavflidir. Suyuq ammiak teriga sachraganda kuydiradi va tuzalishi qiyin yara hosil qiladi.
Qattik amminlar (ammiakatlar) - ayrim qattiq tuzlarni (yoki ular suvli eritmalarini) suyuq yoki gaz holatidagi ammiak bilan ta’sirlashishidan hosil bo‘ladigan kompleks kristall birikmalar ko‘rinishida bo‘ladi. Ulardagi azot uch atom vodorod bilan bog‘langandir (NН3). Bu birikmalar amminokomplekslar deyiladi, aminobirikmalar (amidlar) dan farqli ravishda, ulardagi azot aminogruppa NН2 tarzida bo‘ladi. Ammoniy nitrat asosida olingan ammiakatlar tarkibi
4NO3·nNН3·mН2O formulaga muvofiq keladi; kalsiy va ammoniy nitratlari asosidagi ammiakatlar Сa(NO3)2*xNН4NO3*nNН3*mН20 tarkibga egadir. Qattiq ammoniy nitrat -15 dan 25°С gacha haroratda gaz holatdagi ammiakni shiddatli biriktiradi va suyuq xolatga o‘tadi - Dayvers suyuqligi deb ataladigan suyuqlikni hosil qiladi. -10°Charoratda uning tarkibi NН4NO3·2NH3 formulaga javob beradi. Haroratning ko‘tarilishi bilan ammiakning ajralishi kuzatiladi va 28°Сharoratda qattiq tuz NН4NO3*NН3 hosil bo‘ladi, u osonlik bilan ammiakni yo‘qotadi. O‘g‘it sifatida ishlatiladigan suyuq ammiakatlar - NН4NO3,(NH2)2CO, Ca(NO3)2, (NH4)2CO3 ning ammiakli suvdagi eritmalari - ochiq rangli eritmalar ko‘rinishida bo‘lib, zichligi ular tarkibiga bog‘liq holda 900-1250 kg/m chegarasida bo‘ladi. Ammiakatlar ustidagi bug‘ bosimi suyuq ammiakdagiga nisbatan anchagina past bo‘ladi. Nitratlardan tashqari ammoniy karbonatlari bo‘lgan eritmalar karboammiakatlar deyiladi. ammiakatlarning kristallanish harorati - ular tarkibidagi ammiak miqdorining ortishi va suv miqdorining kamayishi bilan pasayadi.
Keyingi paytlarda karbamid va ammiakli selitraning suvli eritmalari (KAS eritmalari) hammasidan ham ko‘proq ishlatilmoqda. Unga korroziya ingibitori sifatida hammasi bo‘lib 0,5% NН3 va 0,2% Р2O5 ammoniy fosfatlari tarzida qo‘shiladi. Ular, tarkibida 28, 30, 32 va 34% umumiy azot tutgan mahsulot sifatida ishlab chiqariladi. Masalan, KAS-28 tarkibida 30,0% va 40,1% NН4NO3 ( bo‘lib, 15,6°С dagi zichligi 1283 kg/m ga teng va -18°Сharoratda kristallanishi boshlanadi. KAS-32 tarkibida 36,4% (NН2)2СO va 43,3% NН4NO3 bo‘lib, uning zichligi 1327 kg/m3 ga va kristallanish harorati -2°С ga tengdir. Yong’in uchunxavfsiz bo‘lishi uchun KAS eritmalaridagi NН4NO3 miqdorini 45% dan oshirilmasligi kerak.
KAS eritmalarining amminlar eritmalari va suyuq, ammiakdan afzalligi shundaki, ular tarkibida oz miqdordagi uchuvchan ammiak bo‘lganligi uchun azotning yo‘qotilishi kuzatilmaydi. Shu tufayli ularni yuqori bosimga mo‘ljallanmagan va arzon uglerodli po‘latlardan tayyorlangan po‘lat rezervuar va sisternalarda saqlash va tashish, ancha sodda usullarda tuproqqa solish mumkin.
Nisbatan yuqori kristallanish haroratiga ega bo‘lgan suyuq o‘g‘itlar mavsumiy hisoblanadi (ular 1 martdan 1 noyabrgacha ishlatiladi).

Download 348,11 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 348,11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suyuq azotli o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy xossalari

Download 348,11 Kb.