|
Suyuq suspenziyalashtirilgan fosforli selitra olish texnologiyasi
|
bet | 5/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 348,11 Kb. | | #233129 | Turi | Referat |
3. Suyuq suspenziyalashtirilgan fosforli selitra olish texnologiyasi
Jahon qishloq xo‘jaligi amaliyotida ekinlarga tiniq va suspenziya xoldagi suyuq o‘g‘itlarni uzoq yillardan buyon muvaffaqiyatli qo‘llab kelmoqda. Chet mamlakatlarda o‘simliklarga beriladigan o‘g‘itlarning 60% - ni suyuq o‘g‘iti formasida asosan maxsus texnika yordamida ekinlarning ildiziga beriladi.
Oxirgi yillarda Respublikamiz fermer xo‘jaliklarida o‘g‘itlar suspenziyasi bilan o‘simliklar bargini oziqlantirish qo‘shimcha agrotexnik tadbirga katta ahamiyat berilayapti. Chunki natija juda ham yaxshi.
G‘alla ekinlarini barg orqali oziqlantirishni to‘liq to‘plash, naychalash va gullash oxirgi sut - pishish fazasida olib borish maqsadga muvofiqdir. Ekinlarini barg orqali oziqlantirish jarayonida o‘g‘it turlarini to‘g‘ri tanlash juda katta axamiyatga ega. G‘alla ekinlarining yaxshi rivojlanishi va mo‘l hosil olish uchun o‘g‘itlar eritmasida oltita makrokomponent (azot, fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy va magniy) elementlari bo‘lishi kerak. O‘g‘itlar suvda yaxshi eriydigan bo‘lishi shart. Chunki ozuqa moddalar suv orqali ekinlar bargi va tanasiga shimiladi. Suvda yaxshi eriydigan o‘g‘itlarga karbamid (46% N2), ammoniy sulfati (21% N2, 24% oltingugurt), ammofos (10% N2, 46% Р2O5), ammoniy sulfatfosfat (15% N2, 23% Р2O5, 35% oltingugurt), oddiy superfosfat (1-1,5% N2, 11-12% Р2O5).
2008 yildan boshlab “Samarqandkimyo” AJda suyuq suspenziyalashtirilgan fosforli selitra (SSFS) o‘g‘iti ishlab chiqarilmoqda. Bu o‘g‘it tarkibida 7% Р2O5, 7 % N2 7% СaOsuv.er. bor. O‘g‘it tarkibidagi kalsiy elementi kalsiy nitrati holda suvda eriydigan shaklda bo‘ladi. Kalsiy nitrati qo‘llanilganda o‘simliklar bargi va tanasi baquvvat bo‘lib rivojlanadi, shuningdek sovuqqa chidamliligi ham oshadi. Bundan tashqari kalsiy elementi o‘simlikning fosfor elementini yaxshi o‘zlashtirishiga ham yordam qiladi.
Suyuq suspenziyalashtirilgan kompleks fosforli selitra o‘g‘iti fosfat xomashyosini past me’yordagi nitrat kislotasi bilan parchalash asosida olinadigan nitrokalsiyfosfat bo‘tqasiga ammoniy selitrasi eritmasini aralashtirish orqali olinadi.
Qo‘yidagi jadvalga asosan suyuq suspenziyalashtirilgan kompleks fosforli selitra o‘g‘iti o‘zinig fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha TSh 88/16-44:2008 me’yoriy talablariga javob berishi kerak (15.1–jadval).
O‘g‘itning tashqi ko‘rinishi sariq to‘q jigar rangga ega bo‘lgan suspenziyalashtirilgan suyuqlikdan iborat bo‘lib, uning suyuq fazasi Сa(NO3)2, NH4NO3 va Ca(H2PO4)2 singari suvda to‘liq eriydigan tuzlar eritmalaridan tashkil topgan. Qattiq fazasi esa sitrat va limon eritmalarida eruvchi СaНРO4 i Сa3(РO4)2tuzlaridan tashkil topgan. Suyuq suspenziyalashtirilgan kompleks fosforli selitra o‘g‘iti sifati uning tarkibidagi umumiy azot, sitrat eruvchang fosfat va suvda eruvchang kalsiy miqdorlari bilan baholanadi.
|
| |