• R E F E R A T I Mavzu: Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari,o’quv metodik va Dasturiy taminot. Reja 1.Kirish
  • Referat I mavzu: Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari,o’quv metodik va Dasturiy taminot. Reja




    Download 26.51 Kb.
    bet1/3
    Sana01.03.2024
    Hajmi26.51 Kb.
    #164991
    TuriReferat
      1   2   3
    Bog'liq
    Do\'smatov N. IOM Mustaqil Ish
    2 5458579274854301983, 1670576942 (2), 8 Марта – международный женский день, Ultratovush- tozalash uchun texnologiya va jihozlarni o\'rganish., Sertifikatlashtirish kundalik hayot va tijorat amaliyotiga nisbatan, 2-21, Umumiy kimyo 1 Mundarija-fayllar.org, Photoshop dasturini o’rnatish, 26 PAPKA000, 10 та вариант ОРАЛИК

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QO`QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


    Fizika-matematika fakulteti Matematika-informatika yo’nalishi 02-20 guruh talabasi
    Do’smatov No’monjonning informatika o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan


    R E F E R A T I


    Mavzu: Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari,o’quv metodik va Dasturiy taminot.
    Reja
    1.Kirish
    2.Informatika o’qitish metodikasi.
    3.Fanni o’qitish mazmuni shakllari va metodlari.
    4.O’quv metodik va dasturiy taminot
    MAVZU MAZMUNI KIRISH
    Informatika (nemischa: Informatik, fransuzcha: Informatique, inglizcha: computer science - komputer fani (AQShda), computing science - hisoblash fani (Buyuk Britaniyada)), axborotshunoslik — ilmiy informatsiya (axborot, xabar, maʼlumot)ning mohiyati, umumiy xossalari va krnu-niyatlarini, shuningdek, ilmiy kommunikatsiya tizimi (oʻsha ilmiy informatsiyani tarqatish usullari va vositalari majmui)ni oʻrganish bilan shugʻullanadigan ilmiy fan; inson faoliyatining EHM, kompyuterlar bilan bogʻliq boʻlgan sohasi. Ijtimoiy fanlar jumlasiga kiradi. Uning markaziy tushunchasi — ijtimoiy hayotning istalgan sohasi va tarmoqlaridan olinadigan maʼlumotlar, yaʼni ilmiy informatsiya.
    „Informatika“ atamasi 1960-yillarda Fransiyada yuzaga kelgan boʻlib, information va automatique degan farang soʻzlarining birlashmasidan kelib chiqqan. Bu atama maʼlumotni avtomatik ravishda qayta ishlashni oʻrganuvchi sohani nomlash uchun oʻylab topilgan.
    Ilmiy informatsiyani olish va undan foydalanish sohalari hamda vazifasiga ko'ra, u turli xillarga boʻlinadi. Masalan, sohalar boʻyicha — biologik, siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, kimyoviy, tibbiy va boshqa, vazifasiga koʻra — ommaviy, maxsus informatsiya va h. k. Ilmiy informatsiyaning toʻgʻriligi, yangiligi va foydaliligi mezonlarini ishlab chiqish Informatika vazifasiga kirmaydi. Informatika kibernetika, kutubxonashunoslik, lingvistika, matematik mantiq va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. U ilmiy maʼlumotlarni yigʻish, ishlab chiqish (oʻrganish), saqlash, izlash va tarqatish jarayonlari majmuini oʻz ichiga oladi. Informatika termini 20-asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan. Bu davrda koʻpchilik tadqiqotlar axborotlarni qidirish muammolari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Ayni shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. Informatika yuzaga kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning oʻrni beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi yordamida qayta ishlanadi.
    Keng maʼnoda maʼlumotlarni izlab topish, qayta ishlash va ilmiy izlanish natijasi sifatida qayd qilib qoldirish ishlari bilan olim va mutafakkirlar qadimdan shugʻullanishgan. Masalan, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari shunday asarlar jumlasiga kiradi. Informatika ilmiy fan sifatida rasman shakllanishi 1895 yildan — Bryusselda xalqaro bibliografiya instituti (1938 yildan — Xalqaro hujjatnomalar fede-ratsiyasi) tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-asr 60-yillari oxiriga qadar "Informatika" termini oʻrniga "hujjatnomalar" yoki "hujjatnoma va informatsiya" termini ishlatilgan. Fantexnika inqilobi, EHM, informatsiya texnikasi vo-sitalari (mikrofoto suratga olish, nusxa koʻchirish texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo boʻlishi Informatika fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa, kompyuterlar tarmogʻi va u bilan bogʻliq ravishda internet ti-zimining rivojlanishi umuman Informatika , xususan, Informatika kommunikatsiya tizimining yanada taraqqiy etishiga sabab boʻldi. Izlab topilgan, toʻplangan, qayta ishlangan "tayyor" informatsiya — maʼlumotlarni keng tarqatishda tah-ririyatnashriyot va matbaa jarayonlari, ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, kutubxona-bibliografiya faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish; arxiv ishi va, albatta, ilmiy-informatsion faoliyat, radiotelevideniye, internet tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika asosiy yoʻnalishlari: hisoblash texnikasining nazariy asoslari, informatsiya nazariyasi, hisoblash eksperimenta, programmalash, sunʼiy intellekt, informatsiya texnologiyasi va boshqa Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda Informatika termini oʻrniga "computer sciense" ("hisoblash fani") termini ishlatiladi.
    2.INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI
    «Informatika o’qitish metodikasi» fani umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo’lim hisoblanadi.

    • Informatika fanini o’qitish qo’yidagi maqsadni ko’zda tutadi:
      bo’lajak o’qituvchilarni informatika fanini ijodiy o’qitish va o’zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;
    • bo’lajak o’qituvchilarni informatika sohasi bo’yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishga tayyorlash;


    • bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo’llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.



    Bo’lajak informatika o’qituvchisi o’sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.
    «Informatika o’qitish metodikasi» fani bo’yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo’lishi zarur:
    • informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;


    • informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;


    • informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari;


    • yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash.




    Download 26.51 Kb.
      1   2   3




    Download 26.51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat I mavzu: Informatika o’qitishning tashkiliy shakllari,o’quv metodik va Dasturiy taminot. Reja

    Download 26.51 Kb.