Referat lokal kompyuter tarmoqlari Topshirdi: Aminov Sh Qabul qildi: Xudayberganov. T urganch-2016




Download 167.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.07.2023
Hajmi167.51 Kb.
#76665
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Lokal kompyuter tarmoqlari
5-ma'ruza RBT, 2-MA’RUZA Fаоl tаjribа mа`lumоtlаri bo’yichа empirik mоdеllаrni qurish-конвертирован, Matematika test 40 talik oson test tub va murakkab sonlar, kasrlar, zafarbek, mexanika-3-m.i, 2-mavzu Quduqlarning turlari-fayllar.org, Sanoatda raqobatbardoshlik, З.Юсупова баён, Zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar. Ax, Mavzu Printerning maqsadi, printerlar turlari, qurilma xaqida, 6- Amaliyot topshiriq, anaerob bakteriyalar, employment, Akt (sirtqi) 3-kredit pdf
 
Kompyuter tarmog`i strukturasi. 
Hozirda informasion oqimni ortib borishi Kompyuterlarni qo`llashda 
ko`pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta`riflovchi tarmoqlarni 
tashkil etishni taqozo qiladi. Buni butun dunyo Kompyuter tarmog`i
xisoblanmish Internet misolida yaqqol ko`rish mumkin. 
Uzatish kanallari orqali o`zaro bog`langan Kompyuterlar majmuiga 
Kompyuter tarmog`i deyiladi. Bundan foydalanuvchilarni axborot almashuvi 
vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog`i resurslaridan jamoa bo`lib 
foydalanishni ta`minlaydi. 
Kompyuterlarni tarmoqga birlashishi qimmatbaxo asbob uskunalar - katta 
hajmli disk, printerlar, asosi xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturiy 
vositaga va ma`lumotga ega bo`lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli
olisdagi Kompyuterlarni apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday 
tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib axborot tarqatish va qabul qilish
jarayoni butunlay o`zgartirib yubordi, xizmat ko`rsatishning eng keng tarqalgan 
tarmog`i - elektron pochta orqali axborot almashuvini amalga oshirishdir. 
Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq
resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishni ta`minlash va ruxsat berilmagan 
kirishdan ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo`lib foydalanishni
tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o`rtasida ma`lumotlarni
uzatishnining qulay va ishonchli vositasini ta`minlash. Umumiy axborotlash
davrida katta hajmdagi axborotlar lokal va global Kompyuter tarmoqlarida 
saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda foydalanuvchilar 
ishlashi uchun ma`lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi. Global tarmoqlarda 
yagona ilmiy, iktisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni shakllantiriladi.
Ma`lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy 
ma`lumotlarni markazlashtirishda, ma`lumotlarni ma`lum masofaga uzatishda va 



ularni taqsimlab qayta ishlash borasida ko`pgina vazifalar mavjud. Bularga bir 
qancha misollar keltirish mumkin: Bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; 
bozorning axvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi ("talab-taklif"); ijtimoiy ta`minot 
tizimi; solik xizmati; masofadan turib Kompyuter ta`limi; aviachiptalarni zaxira 
qilib quyish tizimi; uzokdan turib tibbiy tasxishlash; saylov tizimi. Ko`rsatilgan 
ushbu barcha qo`shimcha ma`lumotlarni to`planishi, saqlanishi va undan 
foydalana olish (kirish) noto`g`ri ma`lumotlar bo`lishidan va ruxsat berilmagan 
kirishdan ximoyalongan bo`lishi kerak. Ilmiy, xizmat, ta`lim, ijtimoiy va 
ma`daniy xayet soxasidan tashkari global tarmoq millionlab kishilar uchun yangi 
xil dam olish mashg`ulotini yaratdi. Tarmoq kundalik ishni va turli soxadagi
kishilarning dam olishini tashkil etish kuroliga aylandi. 
Kompyuter tarmoqlarini ko`pgina belgilar, xususan xududiy taqsimlanishi 
jixatidan tasniflash mumkin bunga ko`ra global, mintakavaviy va lokal (mahalliy) 
tarmoqlar farqlanadi. 
Global tarmoqlar butun dunyo bo`yicha tarmoqlardan foydalanuvchilarni 
kamrab oladi va ko`pincha bir - biridan 10 - 15 ming kilometr uzoklikdagi EXM 
va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yuldosh orqali aloqa kanallaridan 
foydalaniladi. 
Mintakaviy tarmoqlar uncha katta bo`lmagan mamlakat shaharlari 
viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida ko`pincha 
telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10 - 1000 
kilometrni tashkil kiladi. 
EXM lokal tarmoqlari bir korxona, muassaning bir yoki bir qancha yaqin 
binolardagi abonentlarni bog`laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan. Chunki 
80 - 90% axborot o`sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari har
qanday tuzilmaga ega bo`lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi Kompyuterlar 
yuqori tezlikga ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog`langan bo`ladi. Barcha 
Kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo`lishi - lokal 
tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug`lik o`tkazgich inson 



sochi tolasi kalinligida yasalgan. U o`ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan 
kabel. 
Lokal tarmoqda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10km. gacha, 
radiokanal aloqasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot 
mulki hisoblanadi va ulardan foydalanishni osonlashtiradi. 

Download 167.51 Kb.
1   2   3   4   5




Download 167.51 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Referat lokal kompyuter tarmoqlari Topshirdi: Aminov Sh Qabul qildi: Xudayberganov. T urganch-2016

Download 167.51 Kb.
Pdf ko'rish