• ^ 12.3. Standart potencial haqida tushuncha
  • Referat mavzu: Elektrokimyo asoslari Bajardi: Tekshirdi: Elektrokimyo asoslari. Reja




    Download 70.6 Kb.
    bet2/3
    Sana17.02.2023
    Hajmi70.6 Kb.
    #42569
    TuriReferat
    1   2   3
    Bog'liq
    Referat mavzu Elektrokimyo asoslari Bajardi Tekshirdi Elektro
    Документ Microsoft Word (5)-3, BIR JINSLI JISMLARNING OG\'IRLIK MARKAZINING KOORDINATALARI, 222222222, акбаралиев т, “Ustoz uchun” aksiyasining shartlari, O‘zbekistonda elektron hukumat to`grilangani (3, Африка
    ^ 12.2. Gazli elektrodlar

    Gazli elektrodlar gaz va gaz ioni bo‘lgan eritma bilan to‘qnashib turadigan biror noaktiv metall o‘tkazgich (Rt) dan iboratdir. Metall o‘tkazgich elektronlar okimini hosil qiladi, uzi esa eritmaga ion bermaydi. Masalan, normal vodorod elektrodni kurib chikaylik. Platina plastinkasini aktiv vodorod ionlar koncentratsiyasi 1 mol/l bo‘lgan 2 n sulfat kislota eritmasiga tushirib, eritmadan 1 atmosfera bosim (25°S da) vodorod utkazsak, vodorod platina plastinka sirtiga yutilib, vodorod plyonkasini (parda) hosil qiladi. Buning natijasida elektrolit (H2SO4) eritma platina plastinka bilan tuknashmasdan vodorod plyonkasi bilan tuknashadi va vodorod elektrod hosil bo‘ladi.

    Vodorod elektrod metall elektrodlar kabi eritmaga uz ionini buradi:

    Natijada eritma bilan vodorod elektrodi orasida potenciallar ayirmasi hosil bo‘ladi va uni normal vodorod elektrod potenciali deyiladi. U shartli ravishda nolga teng deb qabul qilingan. Shunday qilib, eritmaga kation beruvchi gazli vodorod elektrod hosil bo‘ladi. Gaz elektrodlardagi reaksiyalarda gazlar ishtirok etgani uchun, bu elektrodlar potenciallari gazlarning parcial bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Vodorod elektrod uchun Nernst tenglamasini 298K da quiydagicha yozish mumkin:

    0,059 a2n+

    EH+/H = ---------- lg -----------

    1 Pn2

    Bu yerda : Pn2 –vodorod parcial bosimi, a2n+ -elektrolitdagi H+ ionning aktivligi.



    ^ 12.3. Standart potencial haqida tushuncha

    Aloxida olingan elektrodning potenciali absolyut potencial deyiladi. Lekin uni ulchash juda qiyin. Shuning uchun amalda nisbiy elektrod potenciali bilan ish kuriladi. Buning uchun solishtirilayotgan elektrodlarning birini absolyut potenciali nolga teng deb qabul kilngan.

    Elektrodning standart potenciali (Eº) deb , aktiv ionlar koncentrasiyasini 1 mol/l ga teng bo‘lgan, 25 0C da uz tuzi eritmasiga tushirilgan elektrod potenciali bilan standart vodorod elektrod potenciali orasidagi ayirmaga aytiladi. Standart elektrod potencial qiymatini aniqlash uchun Galvanik element tuziladi.

    Bu Galvanik elementda standart vodorod elektrod, ikkinchi elektrod sifatida potencial qiymati aniqlanishi kerak bo‘lgan metall plastinka olinadi masalan, ruxning normal potencialini aniqlashda aktiv rux ionlari koncentratsiyasi 1 mol/l ga teng bo‘lgan ZnS04 ning 1M eritmasiga tushirilgan ruxli elektrod standart vodorod elektrodi bilan tutashtiriladi. Hosil kilingan Galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi ulchanib, E=E1-E2 formula asosida ruxning standart elektrod potenciali topiladi. Demak, Galvanik elementda rux elektrod potenciali bilan standart vodorod potenciallarining ayirmasi 0,766 V ga teng. Rux elektrod manfiy bo‘lgani uchun undagi elektronlar tashqi zanjir orqali vodorod elektrodga utadi. Metallarning standart elektrod potenciali ulardagi metall ioni bilan valent elektronlar orasidagi bog‘lanishning mustaxkamligini ifodalaydi. Standart elektrod potencial qiymati qancha kichik bo‘lsa, bu bog‘lanish shuncha kuchsiz bo‘lib, metall atomi uz elektronini shuncha oson yo‘qotadi , ya’ni uning kimyoviy aktivligi yuqori bo‘ladi. Kimyoviy aktivligiga karab metallar kuchlanish qatoriga joylashadi.






    ^ Ruh elekrod potencial qiymatini aniqlash uchun tuzilgan Galvanik element sxemasi

    Metallarning kuchlanishlar qatoridan quyidagi xulosalar kelib chiqadi. Xar bir metall aktivlik qatorida uzidan keyingi metallni uning tuzidan sikib chikaradi.




    1. Vodorodni kislotalardan standart elektrod potenciallari manfiy qiymatga ega bo‘lgan metallar sikib chikaradi.


    2. Metallarninng standart elektrod potencialini musbat qiymati qancha katta bo‘lsa, uning ioni shuncha kuchli oksidlovchilik xossasiga ega bo‘ladi.





    Download 70.6 Kb.
    1   2   3




    Download 70.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat mavzu: Elektrokimyo asoslari Bajardi: Tekshirdi: Elektrokimyo asoslari. Reja

    Download 70.6 Kb.