Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish




Download 29,44 Kb.
bet2/5
Sana13.06.2024
Hajmi29,44 Kb.
#263475
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyas-fayllar.org

Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish


Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish

Kasbiy psixologiya fanining o’ziga xos ilmiy o’rganish metodlari mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o’rganish metodlari («metod» yunoncha so’z bo’lib, «biror narsaga borish yo’li» degan ma’noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig’indisidir. Kasbiy psixologiya muxandislik psixologiya sohasining ob’ektiv qonuniyatlarini o’rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o’zining maqsadi va yo’nalishiga qarab tasniflanadi.Individual-psixologik xususiyatlarni o’rganishning instrumental metodlariga avvalo eksperiment metodining turli variantlari, shuningdek, har xil testlar o’tkazish, anketalar,so’rovnomalar kiradi. Ularning mazmuni psixodiagnostikaga oid asosiy qo’llanmalarda berilgan.


Metodlarning ushbu guruhi insonning ayrim ruhiy xususiyatlarining doimiyligi yoki o’zgaruvchanligi darajasi, tuzilishini aniqlash uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Biroq, psixologik metodlar yordamida olinadigan materiallarda ayrim xatolar ham bo’lishi muqarrar. Ushbu xatolar inson shaxsini psixologik o’rganishning o’ziga xos «artefaktlari» hisoblanadi. U eksperiment tadqiqotining barcha bosqichlarida maxsus o’rganish va hisobga olishni talab qiladi. Kasbiy psixologiyaning o’rganish sohalariga, jumladan, tek- shirilayotgan shaxsning inson-texnika munosabatlari sharoitidagi holatlari kiradi. Shaxs harakat qiladigan bu sharoitlar shaxsning odatdagi tadqiqot sharoitida yo aniqlash juda qiyin bo’lgan, yo umuman ko’rinmaydigan tomonlarini ko’rsatadi.
Shaxsning ong osti holatini chuqur va har tomonlama o’rganishga imkon beradigan psixoanaliz metodi kasbiy psixologiya uchun muhim hisoblanadi. Psixoanaliz xatti-harakat motivlari, murakkab nizolarning haqiqiy sabablarini tadqiq etish darajasini aniqlashda keng qo’llaniladi.
Anketa metodi. Bu metodga tadqiqotchini qiziqtiruvchi faktlar haqida bir qator materiallar olish uchun nisbatan ko’p sonli shaxslar guruhiga beriladigan savollarning bir xilligi xos. Materiallarga statistik ishlov beriladi va tahlil qilinadi.
Suhbat (intervyu) metodi. Ushbu yordamchi metod tadqiqqotning eng boshida umumiy yo’nalish olish va ishchi farazlarni yaratish maqsadida qo’llaniladi. Bu erkin, majburiy bo’lmagan suhbat.Suhbat (intervyu) anketa tadqiqotlaridan keyin ham qo’llanishi mumkin. Bunda anketa tadqiqotlari natijalari suhbatlashish orqali chuqurroq o’rganiladi. Suhbatga tayyorgarlik jarayonida savollarni berishga katta e’tibor qaratish lozim. Savollar qisqa, aniq va tushunarli bo’lishi kerak.
Qiyosiy metod («ko’ndalang kesim» metodi) turli guruhlarga mansub odamlarning yoshi, ma’lumoti, faoliyati va muloqotiga ko’ra taqqoslashdan iborat. Masalan, yoshi va jinsi bir xil bo’lgan odamlarning ikkita katta guruhi (talabalar va ishchilar) ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lish uchun bir xil tajriba metodlari bilan tadqiq etiladi va olingan ma’lumotlar o’zaro solishtiriladi.
Longityud metodi («uzunchoq kesim» metodi) tanlangan sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida qayta-qayta tekshirishdan iborat. Masalan, talabalarni oliygohda ta’lim olish vaqti davomida ko’plab marta tekshirish.
Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, xujjatli filmlar, videokamera tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi xujjati ham bolaning tug’ilganidan, ham to boshlang’ich ma’lumot olgunicha davr oralig’ida salomatlik darajasi qanday bo’lganligi to’g’risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi.
Biografiya metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam bo’radi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: sheriyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o’z ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o’tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan avlodlar o’rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg’unligini ta’minlaydi.
Sotsiometriya metodi Bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos solgan bo’lib, kichik (birlamchi) guruh a’zolari o’rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita o’rganish va darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatida kim bilan ishtirok etishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko’rinishini aks ettiradi xolos.

Download 29,44 Kb.
1   2   3   4   5




Download 29,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish

Download 29,44 Kb.